Xujjatlarni rasmiylashtirishda davlat
Download 171.21 Kb. Pdf ko'rish
|
4-topshiriq
Shaffof to'lovlar
Har bir sohada bo'lgani singari pul bilan bog'liq masalalarda, to'lov jarayonlarida ham aniqlik, oshkoralik va shaffoflik kerak. Davlat xizmatlari ko'rsatilishida to'lovlar haqida sms-xabar yuborilishining joriy qilinishi aholiga engillik berish bilan birga tizimga nisbatan ishonchini ham oshirdi. Hozirda davlat xizmatlari ko'rsatishning xar bir bosqichida to'langan pul mablag'lari haqidagi ma'lumot murojaat mualliflarining telefon raqamlariga sms-xabar tarzida kelib turadi. Tizim shaffof bo'lishida xodimlarning ishga yondashuvi ham katta rol o'ynaydi. SHuni hisobga olib korruptsiyaga yo'l qo'ymaslik, bunga shart- sharoitlar yaratilishini oldini olish, shuningdek, tizimda faqatgina halol va pok xodimlar faoliyat yuritishini ta'minlash maqsadida e'tiborga molik ishlar amalga oshirildi. Xususan, respublika bo'yicha 1 438 nafar Davlat xizmatlari markazlari xodimlari navbatdan tashqari attestatsiyadan va qayta attestatsiyadan o'tkazilib, jami 260 nafar markaz xodimlari egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topildi. Bo'sh o'rinlarga malakali va mehnatsevar xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tizimi yo'lga qo'yildi. Ayni vaqtda Fuqarolik holatlari dalolatnomalarni yozish (FHDYO) organlari xodimlarini navbatdan tashqari atestatsiyadan onlayn tarzda o'tkazilmoqda. SHuningdek, Davlat xizmatlari agentligi hamda Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandum doirasida davlat xizmatlari ko'rsatish sohasida korruptsiyaviy huquqbuzarliklarni o'z vaqtida aniqlash, ularga barham berish, ularning oqibatlari, ularga olib keluvchi sabablar va shart- sharoitlarni bartaraf etish, korruptsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi tamoyilini ta'minlash choralarini ko'rish va boshqa ishlarni amalga oshirish rejalashtirildi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborilgan arizalar ko'rib chiqilishida vakolatli organlar tomonidan qonunbuzilishiga yo'l qo'yganlik holati bo'yicha fuqarolar tomonidan mustaqil ravishda Agentlikka xabar berish imkoniyati ham faoliyatda shaffoflikni ta'minlashga xizmat qilmoqda. Download 171.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling