Xulosa chiqarish


Download 40.68 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.12.2022
Hajmi40.68 Kb.
#1048018
Bog'liq
Xulosa chiqarish - Vikipediya



Xulosa chiqarish
Xulosa chiqarish - tafakkurning asosiy mantikiy shakllaridan biri. Unda mantiqning maʼlum
qoidalari yordamida bir yoki bir necha hukm (asos)dan yangi hukm chiqariladi. Xulosa chiqarish
chin asoslarga tayansa va toʻgʻri mavhvnbntikiy kridalardan foydalansa, u vaqtda chiqarilgan
xulosa ham chin boʻladi. Bu prinsipga amal qilmaslik Xulosa chiqarishda xatoga olib keladi. Mas,
"hamma mustaqil davlatlar 
BMT
ga aʼzo" va "Oʻzbekiston mustaqil davlat" degan chin
asoslardan mantikiy qoidalarga rioya qilingan holda "Oʻzbekiston BMT ga aʼzo" degan toʻgʻri xul
osa kelib chiqadi. Voqelikni bilish jarayonida yangi bilimlarni hosil qilishning — Xulosa
chiqarishning turli usullari mavjud. Asoslarining soniga koʻra, bevosita va bavosita Xulosa
chiqarish, xulosaning chinlik darajasiga koʻra, zaruriy va ehtimoliy Xulosa chiqarish, fikrning
harakat yoʻnalishiga koʻra, deduktiv, induktiv va analogiya kabi turlarga boʻlinadi. Xulosa
chiqarishni fikrning harakat yoʻnalishiga koʻra turlarga ajratish nisbatan mukammalroq boʻlib, u
Xulosa chiqarishni boshqa turlari haqida ham maʼlumot berish imkonini yaratadi. Xususan,
deduktiv Xulosa chiqarish zaruriy Xulosa chiqarish deb, induktiv Xulosa chiqarish va analogiya
ehtimoliy Xulosa chiqarish deb karalishi, bevosita Xulosa chiqarish esa deduktiv Xulosa
chiqarishning bir turi sifatida oʻrganilishi mumkin.
Xulosa chiqarish nazariyasining yaratilishi va uni rivojlantirishda Aristotel, Forobiy, Ibn Sino, F.
Bekon, M.I.Karinskiy, L.V.Rutkovskiy va boshqa mantiqshunos olimlarning xizmati katta.
Yana q.


 
Soʻnggi tahrir 4 oy avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Xulosa_chiqarish&oldid=2862
983
" dan olindi

Download 40.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling