Qisman moslik (subkontrarlik) munosabatiga asoslangan holda xulosa chiqarish. Bu munosabat ju’ziy tasdiq (I) va ju’ziy inkor (O) mulohazalar o’rtasida mavjud bo'ladi. Bu mulohazalarning har ikkisi bir vaqtda chin bo’lishi mumkin, lekin bir vaqtda xato bo’lmaydi. Ulardan birining xatoligi aniq bo’lsa, ikkinchisi chin bo'ladi. Qisman moslik munosabati asosida xulosa chiqarish ; ; ; ko’rinishda bo'ladi.
Bo’ysunish munosabatiga asoslangan holda xulosa chiqarish. Bu munosabat sifatlari bir xil bo’lgan umumiy va ju’ziy mulohazalar(A va I; E va O) o’rtasida mavjud bo'ladi. Umumiy bo’ysundiruvchi mulohazalar chin bo’lsa, ju’ziy-bo’ysunuvchi mulohazalar ham chin bo'ladi. Lekin bo’ysunuvchi-ju’ziy mulohazalarning chinligidan bo’ysundiruvchi –umumiy mulohazalarning chinligi haqida xulosa chiqarib bo’lmaydi. Chunki bunday holda umumiy mulohazalar chin uoki xato bo’lishi mumkin. Shunga ko’ra,bo’ysunish munosabatiga asoslangan xulosa chiqarish quyidagi ko’rinishda bo'ladi:
; .
Yuqoridagi munosabatlarni umumlashtirgan holda, asos mulohaza va xulosaning chinlik darjasiga ko’ra, quyidagi holatlarni ko’rsatish mumkin.
Asos mulohaza va xulosa chin bo’lgan:
, .
Asos mulohaza chin va xulosa xato bo’lgan:
; ; ; ; ;
Asos mulohaza xato va xulosa chin bo’lgan.
; .
Mantiqiy rvadrat orqali xulosa chiqarilganda qarama-qarshilik munosabatidagi mulohazalardan biri xato bo’lganda, qisman moslik munosabatidagi mulohazalardan biri chin bo’lganda va bo’ysunish munosabatida ju’ziy mulohazalar chin bo’lganda ulardan chiqarilgan xulosa noaniq bo'ladi.
Bevosita xulosa chiqarish usullari bilishda mavjud farqni aniqlab olishga, uning mohiyatini to’g’ri tushunishga, shuningdek, bir fikrni turli xil ko’rinishda bayon qilishga, yangi bilimlar hosil qilishga imkoniyat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |