Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mavzuning dolzarbligi
Statistik manbalar va davriy matbuot materiallari
Download 89.84 Kb.
|
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mavzuning dolzarbligi
3. Statistik manbalar va davriy matbuot materiallari.
Turkiston o‘lkasi chor Rossiyasining mustamlakasiga aylantirilgandan so‘ng, bu erda statistika xizmati yo‘lga qo‘yildi. Muntazam ravishda butun Turkiston general-gubernatorligi, viloyatlar va uezdlar miqyosida iqtisodiy va ijtimoiy xayotga doir ma’lumotlar yig‘ish yo‘lga qo‘yildi. Ayrim burjua tashkilotlari (birjalar, banklar, shirkatlar sarmoyadorlar uyushmalari) o‘z faoliyatlariga doir ma’lumotlar yig‘ishga va e’lon qilishga kirishdilar. Bu ma’lumotlarni bir qismi o‘sha davrda aloxida statistik to‘plamlar shaklida nashr etildi. Boshqa qismlari esa arxivlarda saqlanmoqda. Statistik manbalar aloxida axamiyati shundaki, ular juda ko‘p asosan miqdoriy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Bu davrga oid statistik ma’lumotlardan ilmiy maqsadda foydalanish qator qiyinchilik bilan bog‘liqdir. Birinchidan, ayrim statistik xisobotlarda «sanoat», «ishlab chiqarish», «korxona» singari atamalarda yagona yondashuv yo‘q. Ikkinchidan, statistik ma’lumotlar ba’zan bir yoki ikki viloyat miqyosida yig‘ilgan. Lekin butun o‘lkani qamrab oluvchi ma’lumotlar uchraydi. Uchinchidan, juda ko‘p statistik xisobotlarda bir xillilik xos emas. To‘rtinchidan, ayrim statistik ma’lumotlar ishonchli emas. Bunday ma’lumotlardan foydalanish tanqidiy yondashuvni talab qiladi1. Masalan, Rossiya «1897 yilgi Rossiya imperiyasi axolisini umumiy ro‘yxatga olish» nomli statistik to‘plamida Turkiston o‘lkasi axoli savodxonligi 2 foiz deb berilgan. Bunda maxalliy axolini arab yozuvini bilishi e’tibora olinmagan. YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklardan qa’tiy nazar, statistik manbalar Turkiston o‘lkasining bu davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy xayoti xususida eng ishonarli va keng ko‘lamli ma’lumotlar beruvchi muxim manbadir. Rossiya xukmronligi davrida Turkistonda gazeta va jurnallar nashr etish, matbaalar qurilib, kitob chop etish yo‘lga qo‘yildi. 1870 yilda «Turkestanskie vedomosti» gazetasi bilan bir vaqtda o‘zbek tilida birinchi ro‘znoma «Turkiston viloyatining gazeti» nashr qilina boshlandi. XX asrning boshlarida jadidlarning sa’y-xarakatlari bilan «Xurshid», «Taraqqiy», «Tujjor», «Sadoiy Turkiston», «Sadoiy Farg‘ona», «Buxoroiy SHarif» singari gazeta va jurnallar nashr etildi. 1905 yilda bolshevik Morozov «Samarqand» nomli gazetani nashr eta boshladi. Fevral inqilobidan so‘ng «Xurriyat», «Turk eli» va boshqa ro‘znomalar chiqarildi. Matbuot saxifalarida e’lon qilingan maqola va xabarlar Turkiston o‘lkasi xayotining turli masalalariga oid juda ko‘p ma’lumotlar beradi. Lekin davriy ma’lumot materiallari xam ayrim nuqsonlaridan xoli emas2. Birinchidan, juda ko‘p gazeta va jurnallar nashrlarining moliyaviy imkoniyatlari cheklanganligi sababli 1-2 yil, ayrimlari esa undan xam ozroq muddat davomida nashr qilingan xolos. (Mustamlakachi ma’murlar organi bo‘lmish «Turkestanskie vedomosti» va «Turkiston viloyatining gazetasi bundan mustasno). Ikkinchidan, matbuot organlarida ba’zi voqealar to‘g‘ri va ob’ektiv tarzda yoritilmagan. Masalan 1898 yilgi Andijon qo‘zg‘olonidan so‘ng, Turkiston viloyatining gazeti Duchki eshon shaxsiga salbiy baxo bergan, bir necha maqola bir she’rlar e’lon qildi. Bu xolni mazkur gazeta mustamlakachi ma’murlarning pozitsiyasida turgani bilan izoxlash mumkin. Demak, gazeta va jurnallar materialaridan foydalanilganda bu matbuot organlarining siyosiy pozitsiyasi va mafkuraviy yo‘nalishini e’tiborga olish zarur. SHunday bo‘lsada, davriy matbuot saxifalarida e’lon qilingan materiallar muxim tarixiy manbalar qatoriga kiradi. Mustamlakachilik davri tarixiga oid muxim manbalardan yana biri bu ko‘p jildlik «Turkestanskiy sbornik» nomli to‘plamdir. (594 jilddan iborat.) Ushbu davrda matbuot saxifalarida e’lon qilingan minglab materiallarni o‘z ichiga olgan mazkur to‘plam o‘lkamizning tabiiy sharoiti, tarixi, iqlimi, iqtisodiyoti, axolisi, xorijiy mamlakatlar bilan savdo aloqalari xususida nixoyatda boy ma’lumotlar beradi. Gazeta va jurnallar paydo bo‘lishi bilan ularning jamiyat hayotiga ta’siri yuqori bo‘lib kelmoqda. Shu tufayli tarixiy manbalar tizimida ham davriy matbuot muhim o‘rin egallaydi. Gazeta va jurnallar o‘zida davr voqeligini u yoki bu darajada ifoda etganligi sababli yangi va eng yangi davr voqealari tadqiq etilgan ko‘plab ishlarda davriy matbuot materiallariga murojaat qilingan. Ular asosiy manba sifatida boshqa manbalar bilan taqqoslash asosida ilmiy muomalaga tortilgan tadqiqot ishlari mavjud. Bu jihatdan S.B. Shadmanova, K.J. Rahmonov , V. Muhammadjonova kabi bir qator tadqiqotchilarning ishlarini aytib o‘tish mumkin. So‘nggi vaqtlarda davriy matbuotning alohida olingan bir janrini tadqiqot manbasi sifatida o‘rgangan ilmiy ishlar yaratildi. Mutaxassislar davriy matbuotda uchraydigan matnlar xilma-xilligidan tashqari, davriy matbuot janrlarining butun bir tizimi (maqolalar, ocherklar, obzor (umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumot, tahlil), felуeton, xabarlar, taqriz va boshqalar) mavjudligiga e’tibor qaratishadi. Davriy matbuot uyg‘un birlikka ega manba emas, o‘zida manbalar majmuini aks ettiradi. Unda hujjatli materiallar – qonun va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar, akt xarakteridagi (ish yuritishga oid) hujjatlar, shuningdek, hikoyaviy manbalar - davlat apparati, axborot agentliklari zamirida maxsus e’lon qilish uchun tayyorlangan shaxssiz axborot-yangilik hisobotlari, obzor (qisqacha umumlashtiruvchi ma’lumot), xabarlar, e’lonlar, qaydlar, solnoma va boshqa materiallar o‘z ifodasini topadi. Davriy matbuotda yozma manbalarning xilma xil turlaridan tashqari, tasviriy manbalar (fotografiya, karikatura, rasm) jamlangan. Asosiy “manbaviy” birlik sifatida gazeta sonlarining butun nashr materiallari emas, bosh maqolalari yoki fotoreportajlari olingan xorijiy tadqiqot ishlari mavjud. Gazeta materiallariga manba sifatida bunday alohida yondashuv davriy matbuotda e’lon qilingan materiallarning xilma-xil turlarini va ularning har birining tarixiy manba sifatidagi o‘ziga xosligini aniqlash imkonini beradi. Gazeta materiallaridan manba sifatida foydalanib, uning ma’lum bir turdagi janrini tizimli tahlil etish orqali jamiyat hayot faoliyati jarayonidagi muayyan hodisalar, qarashlar yo‘nalishini, tizimini, ularning xususiyatlarini aniqlash va bir turdagi muntazam chiqib turgan davriy matbuot materiallarini miqdoriy va tarkibiy tahlil usullari asosida tahlil qilib, aniq faktlarga ega bo‘lish, ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish mumkinligi turli ijtimoiy fanlar tadqiqotlarida o‘z isbotini topgan. Davriy matbuot ikkita imkoniyatni taqdim etadi: birinchidan, jamiyat hayot faoliyati jarayonida muayyan siyosiy, mafkuraviy yoki idoraviy yo‘nalish doirasida (tahririyat nashrlarning majmui va tartibini maqsadga yo‘naltirib belgilashi tufayli) shakllangan manbalarning ko‘pjihatli kompleksini tahlil etish, ikkinchidan, ochiq (e’lon qilingan) xarakterdagi axborotni egallash yo‘lidan bora turib, muayyan joy, tashkilot, odamlar guruhining hayot olamiga kirish. Gazeta materiallaridan foydalanish uning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olishni talab etadi. Gazeta janrlari tuzilmasida ikkita element ajratilgan: faktik materialning o‘zi va unga mualliflik sharhi. Bu ikki elementning turlicha birikuvida bir janrning ikkinchisidan farqi ko‘rinadi. Gazeta va jurnallar materiallarining sub’ektiv qismi, faktlar talqini, ularning sharhi ham tadqiqotchi uchun ahamiyatli deb e’tirof etildi. Janr davriy matbuot axborotining mazmuniga, to‘liqligiga va ishonchliligiga, faktlar bayonining chuqurligiga va umumlashtirishning hissasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqilgan janrga oid tasnif bilan bog‘liq holda axborot, tahliliy, badiiy-publitsistik janrlarni farqlash mumkin. Bu tasnifda maqolalar tahliliy janrlar turiga kiradi. Hatto voqea va yangiliklar ro‘yxatida ham yangiliklarni tanlash hamda ular bayonining ketma-ketligida sub’ektiv omil ishtirok etadi. Shu jihatdan qaraganda, maqola mazmunining faktligi masalasi undan qidirilayotgan aniq-tarixiy bilish vazifasiga ham bog‘liq. Masalan, aynan davriy matbuotdan o‘z davriga xos hodisalar, qarashlar, siyosiy konsepsiyalar, ma’lum yo‘nalishdagi ijtimoiy intilishlar, voqeliklar tizimini kuzatish va qayd etish vazifasi qo‘yilgan bo‘lsa, unda gazeta materiallariga chuqur va atroflicha tanqidiy qarash zarurati kamroq seziladi. Bir qator tadqiqotlarda gazetadagi asosiy manbaviy birlik sifatida tahririyat maqolalarining tanlanishi ularning maqomi, vazifasi (qoida tariqasida tahririyat maqolasida gazeta nomerining kalit mavzusi ko‘tariladi) va taxminan bir xil hajmi bilan bog‘liq. Masalan, N.B. Arnautovning ilmiy tadqiqotida gazeta sonlarining eng dolzarb mavzularini maksimal darajada ifodalovchi tahririyat maqolalari belgilandi. Tadqiqot uchun “Pravdaning” 1460 ta tahririyat maqolasi tanlab olingan1. Olingan ma’lumotlar to‘liq 1934 yil dekabrdan 1938 yil noyabrgacha bo‘lgan davrda “xalq dushmani” obrazining asosiy o‘zgarishlarini ifodalaydi. N.V. Razdinaning tadqiqotida “Za industrializatsiyu” gazetasining 1932 va 1937 yillar - dastlabki ikki besh yillik tugashi hamda 1940 yil uchinchi besh yillik nashrlari mazmunini xarakterlovchi, yilning anchagina taqdimotli mart va oktyabr oylaridagi barcha sonlari o‘rganilgan. Birinchidan, oy – maqolalar miqdoriga ko‘ra yetarlicha hajmli, har bir davr haqida qandaydir tasavvur berishga qodir vaqt bo‘lagi ekani, ikkinchidan, ko‘p hollarda matbuot tadqiqotchilarini jalb etgan mart va oktyabr oylarida umumlashtirilgan axborotlar hajmi nisbatan katta emas deb hisoblanishi e’tiborga olingan. Maqola jurnalistikaning asosiy janrlaridan biri bo‘lib, uning asosiy xususiyati hayot voqea, hodisalari, faktlar majmuasini chuqur tahlil va tadqiq etish, ulardan zaruriy nazariy, amaliy va publitsistik xulosalar chiqarishdir. Unda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ishlab chiqarish, madaniy-ma’naviy hayotning barcha muhim masalalari o‘z ifodasini topadi. Maqola uchun eng muhim talab uning shu kun uchun zarurligi, publitsistikligidir. Maqola istilohi keng ma’noda gazeta, jurnal, radio, televidenie, shuningdek, to‘plamlardagi ilmiy asarlarga nisbatan ham qo‘llanadi. Maqsadli vazifasiga bog‘liq holda maqolalar targ‘ibot, muammoli, tanqidiy, ilmiy va boshqa turlarda bo‘lishi mumkin. Partiya-sovet matbuoti amaliyotida bulardan tashqari maqolaning maxsus turlari – ko‘rsatma beruvchi (bosh) maqola, ilg‘or tajribani umumlashtiruvchi maqola va boshqalar paydo bo‘ldi. Bosh maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan maqola) tahririyatning eng mas’uliyatli maqolasi bo‘lib, unda ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni o‘quvchilar ommasiga etkazish vazifasi qo‘yilgan. Bunday maqola muayyan masala yuzasidan yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi, mavjud kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy yo‘lini belgilab berishi lozim bo`lgan. Rossiyada tahririyatning ichki va tashqi siyosatning turli masalalariga munosabatini bayon etuvchi bosh maqola janri 19 asrning 60-yillarida rivoj topdi. Bosh maqola axboriy materiallar bilan birga gazetalarning ajralmas qismiga aylandi. Bosh maqola qoida tariqasida, birinchi sahifaning ko‘rinarli joyida, doimiy belgi (ishora) bilan: masalan, joy, sana, oy, hafta kuni ko‘rsatilgan holda e’lon qilingan. Yirik obro‘li gazetalarda bosh maqolalar uzoq yillar davomida doimiy mualliflar tomonidan yozilgan. Bosh maqolalar gazetaning muayyan yo‘nalishga tegishliligini ko‘rsatgan. Shunday holatlar ma’lumki, siyosatning dolzarb masalalari bo‘yicha muayyan pozitsiyani egallashga moyil bo‘lmagan yirik gazetalarda bir paytning o‘zida bitta sonda ayni bir muammo yuzasidan turli nuqtai nazarlar bayon etilgan bir necha bosh maqola joylashtirilgan. Sovet davrida esa qayta qurishgacha, matbuot kommunistik qurilishning quroli hisoblangan paytda bosh (ko‘rsatma beruvchi) va targ‘ibot maqolalariga ustunlik berilgan. Sovet davri gazetalarida bosh maqola odatda birinchi sahifa chap tomonda joylangan. Bosh maqolaning mazmuni siyosiy ko‘rsatma funksiyasini bajarishi lozim edi. Uni yozishda bosh muharrir, tahririyat hay’ati a’zolari, partiya, davlat, jamoat arboblari jalb etilgan. Tahririyat (bosh) maqolasining vazifasi nafaqat (ayni payt uchun) muhim, dolzarb bo‘lgan masalalarni qayd etish, balki yuz berayotgan voqealarni baholashda yo‘nalish ko‘rsatishdan ham iborat bo‘lgan1. Gazetadagi bosh maqolaning alohida ahamiyati shu bilan shartlanganki, u qoida tariqasida partiya va sovet organlari qarorlariga bevosita asoslangan, bu qaror va choralarni targ‘ib etuvchi, ularni bajarishga yo‘naltiruvchi, o‘quvchilarni ularni amalga oshirishga faol chaqiruvchi maqola bo‘lgan. Partiya markaziy qo‘mitasining 1922 yil 7 iyundagi mahalliy gazetalarning rejasi haqidagi xatida bosh maqolaning vazifasi qayd etilgan. Maqola asosiga muayyan voqea va faktlar qo‘yiladi. “Bosh va ikkinchi maqola – deyiladi ushbu hujjatda, - yo‘riqnoma, yo‘nalish berishi, xulq-atvorning asosiy yo‘nalishini qayd etishi lozim. Bosh maqola va undan keyingi yetakchi maqola suhbat, muhokama emas, balki siyosiy ko‘rsatma, dasturdir”. Partiya matbuotining yetakchi nashrlari bosh maqolalarida partiyaning navbatdagi vazifalari, uning dastur va taktikalari, inqilobiy nazariyalar, kunning dolzarb deb hisoblangan chaqiriqlari qayd etilgan. Xususan, O‘zbekistonda qishloq kambag‘allari va batraklariga mo‘ljallab nashr etilgan “Kambag‘al dehqon” gazetasi 1925 yil - 1929 yil boshlarida partiyaga bag‘ishlangan mavzularni ko‘pincha yo‘l-yo‘riq berish xarakteridagi bosh va tahririyat maqolalari bilan taqdim qilgan. “Qishloq kommunisti va qishloq xo‘jaligi” (6 aprel 1925 y.), “Har bir kommunist – partiya qayta ro‘yxatiga tayyor bo‘l” (22 dekabr 1925 y.), “Yacheykalar byurosiga qayta saylovlar boshlanayapti” (26 aprel 1928 y.) va boshqalar aynan shunday maqolalardan bo‘lgan. “Qizil O‘zbekiston” gazetasida tahririyat bosh maqolalari Toshkent okrugining birinchi firqa konferensiyasi, O‘zbekiston ijtimoiy sho‘rolar jumhuriyati Markaziy ijroqo‘mining II chaqiriq III sessiyasi, butunittifoq kasaba uyushmalarining markaziy kengashi plenumi kabi davlat va jamoat tashkilotlari, organlari yig‘inlari yakuni bo‘yicha ham e’lon qilingan. “Qizil O‘zbekiston” gazetasida partiya markaziy gazetalari bo‘lgan “Pravda”ning, “Izvestiya”ning ko‘plab maqolalari o‘zbek tiliga tarjimalar shaklida nashr etilgan. Bu tarjimalar gazetaning bosh maqolalari o‘rnida ham berib borilgan. Shuningdek, bosh maqola sifatida F.Xo‘jaev, Y.Oxunboboev kabi davlat rahbarlarining respublika hayotining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan maqolalari e’lon qilingan. Ammo gazetada bosh maqola asosan tahririyat tomonidan yozilgan. “Qizil O‘zbekiston” gazetasining qishloq xo‘jaligi, paxtachilik ishlariga bag‘ishlangan bosh maqolalari ko‘pincha respublika xo‘jaligining asosiga aylantirilgan paxtachilik bilan bog‘liq partiya ko‘rsatmalarining, bu ko‘rsatmalardan kelib chiqib respublika rahbariyati ishlab chiqqan chora-tadbirlarning, vazifalarning ijro uchun e’lon qilingan publitsistik bayoni shaklida bo‘lgan. Bosh maqolalar orqali jamiyat hayotining turli dolzarb sohalari, bu sohalardagi shu davrga xos muammolar, ularni hal etish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar, takliflar bilan tanishish mumkin, shu bilan birga ularda ko‘tarilgan mavzular tizimida partiya yuritgan siyosatning asosiy yo‘nalishlari, asosiy g‘oyaviy konseptlari namoyon bo‘ladi. Jumladan, gazetaning 1927-28 yillar mart oyi bosh maqolalarida xotin-qizlarni ozod qilish, “Hujum” harakati bilan bog‘liq vazifalar va bu borada yuzaga kelgan muammolar, qozilik sudlari faoliyati cheklanib, ishlar asosan sovet sudlarida ko‘rilayotgani, ammo bu sohada kadrlar bilan, qonunchilikni amalga oshirish tajribasi va amaliyoti bilan bog‘liq qator muammo va kamchiliklar, mahalliy aholi orasidan kadrlar tayyorlash va ularni tegishli ish o‘rinlariga qo‘yish bilan bog‘liq vazifalar va muammolar, mahsulot narxini arzonlashtirish haqidagi qarorning iqtisodiy, siyosiy ahamiyati, bu borada sanoat va savdo tashkilotlarining o‘rni, vazifalari, bu borada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, partiya ta’sirini yanada mustahkamlash, xo‘jalik, madaniy va boshqa sohalardagi ko‘rsatmalarini joylarda samarali bajarilishini ta’minlash maqsadida partiya quyi tashkilotlari faoliyatini jonlantirish vazifalari, partiya maorifi ishlarining ba’zi bir yakunlari, muvaffaqiyat va kamchiliklari haqida, ko‘klam ekin kampaniyasi bilan bog‘liq vazifalar, ipakchilik sohasidagi kamchiliklar va ularni hal etish masalalari ko‘tarilgan va ularning yechimiga amaliy kirishishga chaqirilgan1. Gazeta sahifalaridagi bosh maqolalarda umumiy masalalar bilan birga mavsumiy ishlar, masalan, ipakchilik, qishloq xo‘jaligining bahorgi ekish ishlari, kuzgi yig‘im-terim, yerni shudgorlash ishlari borasidagi ko‘rsatmalar, o‘tgan yilgi kamchiliklar, bu yilgi vazifalar o‘z ifodasini topgan va bunday maqolalar odatda shu mavsumga yaqin sanalarda e’lon qilingan. Ularda xalq xo‘jaligining muhim sohalaridagi ishlarning holati va qishloq xo‘jaligi xodimlarining navbatdagi vazifalari haqida xabardor qilinadi. Gazeta bosh maqolalarida oktyabr voqealari inqilobiy hodisa sifatida talqin etilib, tarixan qonuniyatli yuz berganligi, partiya va sovet hokimiyati yuritayotgan siyosat to‘g‘ri ekanligi, uning proletariat dohiylari belgilagan bosh yo‘ldan og‘ishmay, to‘siq va kamchiliklarni bartaraf etib borayotganligi ta’kidlab borilgan. Ularda o‘rnatilgan senzura nazorati tufayli butun tizimning kamchiliklari haqida so‘z ham bo‘lishi mumkin emas edi. Shu tufayli barcha ko‘rsatilgan muammolar alohida tasodifiy holatlar sifatida, quyi tashkilotlarning, alohida mas’ul shaxslarning, “dushman” larning ayblari sifatida ko‘rsatilgan. Masalan, mansabdor shaxslar va muassasalarning fosh etilgan yirik jinoyatlari, shuningdek, qidirib topilgan “dushman”lar masalalari publitsistik shaklda tahlil etilgan. O‘rta Osiyo suv idoralari yo‘l qo‘ygan xatolar, unda pul isrofgarchiligi. Donbas ko‘mir konining shaxta rayonidagi mutaxassislarning ishlari haqidagi bosh maqolalar shular jumlasidan edi. Bulardan tashqari, o‘tgan yillarda erishilgan yutuqlar sarhisobi ko‘rinishidagi, atoqli sanalar munosabati bilan, masalan, fevral inqilobining “haqiqiy” inqilobga vosita sifatidagi talqini, ishchi-dehqon soqchilik xizmatining o‘n yilligi, 8 mart xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlar, 18 mart Parij kommunasi va MOPR – jahon inqilobchilariga yordam kuni targ‘ib etilgan tahririyat (bosh) maqolalari ham berib borilgan. Yana sovet davlatining xalqaro maydondagi o‘rni va rolini, o‘zini o‘zi himoya qila olishini, ta’minlay olishini, adolatli va tinchlikparvar siyosat tarafdori ekanligini ko‘rsatish, uqtirish maqsadida tashqi siyosat masalalari ham gazeta bosh maqolalarining diqqat markazida bo‘lgan. Bunda nafaqat sovet davlatining xorijiy davlatlar bilan munosabatlari, shuningdek, turli mamlakatlarda yuz berayotgan jarayonlar, qurolsizlanish bo‘yicha konferensiyalar kabi xalqaro masalalar talqinini ham kuzatish mumkin. Sovet davri matbuoti bosh maqolalari maqsad yo‘nalishiga ko‘ra shartli ravishda tezkor, umumsiyosiy va targ‘ibot maqolalariga bo‘lingan. Ularning har biri bo‘lim sarlavhalarida ifodalangan o‘ziga xosliklarga ega. Tezkor bosh maqolalar ayni vaqtda eng muhim bo‘lgan vazifalarga bag‘ishlangan: xo‘jalik, siyosiy va h.k. Ularda u yoki bu sohadagi ishning holati batafsil tahlil qilingan, kamchiliklar ochilgan, ilg‘orlar tajribasi asosida bu vazifalarni yechishning yo‘llari va usullari qayd etilgan. U yoki bu xo‘jalik-siyosiy kampaniyasining taqdiri haqida partiya va davlat tashvishlari – bunday bosh maqolalarga xos xususiyat bo‘lgan. Bu guruhga gazetada muayyan material yoki materiallarning (masalan, mavzuiy qator, maqsadli son) e’lon qilinishi bilan bog‘liq holda yoziladigan bosh maqolalar kiritilgan. Umumsiyosiy maqolalar atoqli sanalar, ichki va xalqaro hayotning taniqli voqealari bilan bog‘liq holda nashr etilgan. Targ‘ibot bosh maqolalari turli aniq vaj-sabablar bo‘yicha markscha-lenincha ta’limotni, vatanparvarlik, baynalmilallik, kommunistik axloq g‘oyalarini, fan va texnikadagi yangi yutuqlarni ommalashtirishga qaratilgan. Shu tariqa, sovet davrida bosh maqolaga maxsus vazifalar yuklangan bo‘lib, ular o‘zida partiya ko‘rsatmalarini ommaga, ularning ijrosi qaratilgan o‘quvchilar doirasiga tushunarli shaklda yetkazishga, gazetaning siyosiy yo‘lini, ayni paytning muhim masalalari bo‘yicha uning fikrini ifodalashga xizmat qilgan. Bosh maqolada alohida dolzarb mavzular, vazifalar aniq va lo‘nda ilgari surilib, ularning siyosiy mohiyati sovet tuzumi qarashlari talqinida ochib berilishi va asoslanishi, keltirilgan umumlashtirish, xulosa, dalillari bilan sovet davrida jamiyat oldiga qo‘yilgan vazifalarni, ko‘tarilgan muammo va masalalarni, jamiyat hayotidagi ular bilan bog‘liq real holatlarni tadqiqotchi tomonidan tadqiq etish imkonini beradi. Gazeta materiallarining alohida janrlarini asosiy manba sifatida o‘rganilishi bilan ijtimoiy fanlar sohalarida tadqiqotlar uchun masalalar doirasi birmuncha kengaydi. Bu jarayon gazeta materiallarining manba sifatida chuqur o‘rganilishiga, davriy matbuotning hokimiyat bilan o‘zaro munosabatlarini, uning ta’sir auditoriyasini, davriy jihatdan uning mavzu mundarijasini, bajargan ijtimoiy, mafkuraviy vazifalarini yanada aniqlashtirishga hissa bo‘lib qo‘shiladi. XIX asr ikkinchi yarmida mahalliy tarixchilar tomonidan qator asarlar vujudga keldi. Ular orasidan Muhammad Solihning “Tarixi jadidai Toshkand”, Avaz Muhammad Attor Ho‘qondiyning “Tarixi jahonnomayi”, Mirzo Olim Maxdum xojining “Tarixi Turkiston” kabi asarlarini alohida qayd etish lozim. Mazkur asarlarda muarrixlar asosan Toshkent shahrining chor qo‘shinlari tomonidan istilo etilishi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlarni yoritishga harakat qilganlar. Jumladan, tarixchi Muhammad Solih Toshkent mudofaasida shaxsan o‘zi ishtirok etgan va mazkur voqyealarning jonli guvohi sifatida asosan shahar himoyasi, shaharning podsho qo‘shinlari tomonidan egallanishi kabi voqyeiyliklarni ob’yektiv ravishda hikoya qiladi. “Tarixi Turkiston” asarida muallif kitobning birinchi qismida Toshkent bilan bog‘liq siyosiy jarayonlarga to‘xtaladi. Mirzo Olim xonliklar orasidagi ichki nizo va qarama-qarshiliklar natijasida shahar dushman tomonidan osongina egallandi deb hisoblaydi: “ bir-birlari ilan urush talosh qilishib, viloyatni barbot berdilar, ya’ni rusiyalar himoyasiz qolgan Toshkand shahrini bir necha kun qamab, oxiri 1865 yilda 15 iyunda subh vaqtida Kamolon darvozasidin fath qildilar”. Shuningdek, muxarrix shaharning XX asr boshidagi qiyofasi, bo‘lib o‘tgan o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar berib o‘tgan1. Ta’kidlanayotgan manbalar Toshkentning to‘liq manzarasini aks ettirmaydi. Shunga qaramay ushbu asarlar ilmiy qimmatga ega ekanligini qayd etish lozim. Poytaxtimizning XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy tarixini keng tahlil etishda boshqa manbalar qatorida statistik hisobotlar (materiallar) muhim o‘rin tutadi. Jumladan, 1866 yilda tuzilgan Turkiston statistik qo‘mitasi o‘z faoliyati davomida to‘plagan statistik ma’lumotlar asosida 1872-1879 yillarda 5 ta kitob nashr etdi. 1887 yildan boshlab, tugatilgan qo‘mita o‘rniga Sirdaryo viloyati statistik qo‘mitasi faoliyat ko‘rsata boshladi. Bu qo‘mita yil davomida “Sirdaryo viloyat statistikasi uchun materiallar to‘plami” nomida 14 ta to‘plam nashr etdi. Ular Toshkent va Toshkent viloyati tarixini o‘rganish bo‘yicha muhim manbalardan biri bo‘lib qolmoqda. Mazkur hisobotlar shaharning aholi soni haqida aniq ma’lumotlar berishi bilan ham qimmatlidir. Jumladan, 1913 yilga kelib faqatgina Toshkentning yangi shahar qismida yashayotgan aholi soni 82 851 nafar kishiga yetgan. Ular orasida tub millat vakillaridan ruslar, qozoqlar, tojiklar hatto mo‘g‘ul, buryat, dungan va xitoyliklar ham paydo bo‘lgan. Bu vaqtda shaharning eski qismida 100 mingdan ortiq aholi yashagan. XIX asr oxirida Toshkent shahri Turkiston o‘lkasining iqtisodiy markaziga aylandi va dastlabki yevropa tipidagi sanoat korxonalari tashkil topdi. Shahar sanoati va uning ahvoli statistik to‘plamlarda keng aks ettirildi. Dastlabki to‘plamda 1885-1887 yillar ma’lumotlari o‘rin olgan. Masalan, 1885 yilda 130 ishchi ishlaydigan 5 ta paxta tozalash zavodida 311 928 ta rublga teng mahsulot ishlab chiqarilgan edi. Yoki 1893 yil ma’lumotlari bo‘yicha 8 ta zavodda hammasi bo‘lib 1.663.400 rublga teng 263.400 pud paxta tozalangan1. Shaharda paxta tozalash zavodlaridan tashqari cho‘yan, ipak zavodi, tamaki va papiros ishlab chiqaruvchi fabrikalar ham faoliyat ko‘rsatgan. Sanoatning mazkur tarmoqlariga oid ma’lumotlar statistik to‘plamlarda jadvallar orqali fakt va raqamlarda berib borilgan. 1888 yil hisobotiga ko‘ra shaharda tamaki ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinni Pervushin fabrikasi egallagan. Eng ko‘p papirosni Bubnov fabrikasi (1500000 dona) ishlab chiqargan. Tadqiq etilayotgan manbalarning guvohlik berishicha, shaharda fabrika-zavod sanoati bilan bir qatorda turli ustaxonalar: etikdo‘zlik, chilangarlik, duradgorlik, bo‘yoqchilik, g‘isht teruvchilar, izvoshchi va boshqalar faoliyat ko‘rsatgan. 1886 yilda ustaxonalarning umumiy mahsuloti 186 086 rubl, ishchilar soni 677 tani tashkil etgan. Toshkent shahrining tadqiq etilayotgan davrdagi xalq maorifi ahvoli bo‘yicha ham statistik hisobotlar muhim ma’lumotlarni o‘zida aks ettirgan. Garchi, mazkur ma’lumotlar fakt va raqamlardan iborat bo‘lsa ham, o‘sha davrdagi shahar maorifini umumiy manzarasini yoritishga xizmat qiladi. 1886 yilgi statistik ma’lumotlarga ko‘ra shaharda xalq ta’limining yo‘lga qo‘yilishi va rivojlanishiga Duma o‘z hissasini qo‘shib kelgan. Duma uning faoliyatini nazorat qilish bilan birga maorif xarajatlariga mablag‘ ham ajratgan. Manbalarning guvohlik berishicha, 1886 yili Duma o‘z byudjetidan xalq ta’limiga 10410 rubl sarflagan. XX asr boshida xalq maorifi tarmoqlari yanada ko‘paydi. Shaharda erkaklar gimnaziyasi, ayollar bilim yurtlari, xususiy maktablar va rus-tuzem maktablari faoliyat ko‘rsata boshladi. Chunonchi, 1911 yil ma’lumotlariga asosan shaharda jami 48 ta turli xil o‘quv yurtlari mavjud bo‘lganligini bilish mumkin. Biroq, shuni ta’kidlash lozimki tahlil etilgan ushbu manbalarda asosan Toshkent shahrining yangi qismi hayoti keng yoritilgan bo‘lib, eski shahar to‘g‘risida ba’zi hollarda materiallar berib borilgan xolos. Shunga qaramay mazkur statistik hisobotlar Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy tarixini o‘rganishda muhim manbalardan biri bo‘lib qolaveradi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, Toshkent shahri Turkiston generalgubernatorligining markazi sifatida siyosiy hayotda ham muhim rol o‘ynadi. Bu haqdagi ma’lumotlar asosan arxiv fondlaridan o‘rin olgan. “Turkiston generalgubernatorligi kanselyariyasi” jamg‘armasi (1-fond), “Turkiston diplomatik amaldori” jamg‘armasi (2-fond) va boshqa jamg‘armalardagi xujjatlar shundan guvohlik beradiki, XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida poytaxtimiz xalqaro savdo va diplomatik aloqalar markazi sifatida o‘rin tutgan. Shaharda Buxoro va Xiva xonliklari elchixonalari faoliyat ko‘rsatgan. Xonliklar, yuqori doira vakillari ham tez-tez Toshkentga safarlar uyushtirib turishgan. Xulosa Statistik manbalar aloxida axamiyati shundaki, ular juda ko‘p asosan miqdoriy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Bu davrga oid statistik ma’lumotlardan ilmiy maqsadda foydalanish qator qiyinchilik bilan bog‘liqdir. Birinchidan, ayrim statistik xisobotlarda «sanoat», «ishlab chiqarish», «korxona» singari atamalarda yagona yondashuv yo‘q. Ikkinchidan, statistik ma’lumotlar ba’zan bir yoki ikki viloyat miqyosida yig‘ilgan. Lekin butun o‘lkani qamrab oluvchi ma’lumotlar uchraydi. Uchinchidan, juda ko‘p statistik xisobotlarda bir xillilik xos emas. To‘rtinchidan, ayrim statistik ma’lumotlar ishonchli emas. Bunday ma’lumotlardan foydalanish tanqidiy yondashuvni talab qiladi. Masalan, Rossiya «1897 yilgi Rossiya imperiyasi axolisini umumiy ro‘yxatga olish» nomli statistik to‘plamida Turkiston o‘lkasi axoli savodxonligi 2 foiz deb berilgan. Bunda maxalliy axolini arab yozuvini bilishi e’tibora olinmagan. YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklardan qa’tiy nazar, statistik manbalar Turkiston o‘lkasining bu davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy xayoti xususida eng ishonarli va keng ko‘lamli ma’lumotlar beruvchi muxim manbadir. Rossiya xukmronligi davrida Turkistonda gazeta va jurnallar nashr etish, matbaalar qurilib, kitob chop etish yo‘lga qo‘yildi. 1870 yilda «Turkestanskie vedomosti» gazetasi bilan bir vaqtda o‘zbek tilida birinchi ro‘znoma «Turkiston viloyatining gazeti» nashr qilina boshlandi. XX asrning boshlarida jadidlarning sa’y-xarakatlari bilan «Xurshid», «Taraqqiy», «Tujjor», «Sadoiy Turkiston», «Sadoiy Farg‘ona», «Buxoroiy Sharif» singari gazeta va jurnallar nashr etildi. 1905 yilda bolshevik Morozov «Samarqand» nomli gazetani nashr eta boshladi. Fevral inqilobidan so‘ng «Xurriyat», «Turk eli» va boshqa ro‘znomalar chiqarildi. Matbuot saxifalarida e’lon qilingan maqola va xabarlar Turkiston o‘lkasi xayotining turli masalalariga oid juda ko‘p ma’lumotlar beradi. “Qizil O‘zbekiston” gazetasining qishloq xo‘jaligi, paxtachilik ishlariga bag‘ishlangan bosh maqolalari ko‘pincha respublika xo‘jaligining asosiga aylantirilgan paxtachilik bilan bog‘liq partiya ko‘rsatmalarining, bu ko‘rsatmalardan kelib chiqib respublika rahbariyati ishlab chiqqan chora-tadbirlarning, vazifalarning ijro uchun e’lon qilingan publitsistik bayoni shaklida bo‘lgan. Bosh maqolalar orqali jamiyat hayotining turli dolzarb sohalari, bu sohalardagi shu davrga xos muammolar, ularni hal etish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar, takliflar bilan tanishish mumkin, shu bilan birga ularda ko‘tarilgan mavzular tizimida partiya yuritgan siyosatning asosiy yo‘nalishlari, asosiy g‘oyaviy konseptlari namoyon bo‘ladi. Jumladan, gazetaning 1927-28 yillar mart oyi bosh maqolalarida xotin-qizlarni ozod qilish, “Hujum” harakati bilan bog‘liq vazifalar va bu borada yuzaga kelgan muammolar, qozilik sudlari faoliyati cheklanib, ishlar asosan sovet sudlarida ko‘rilayotgani, ammo bu sohada kadrlar bilan, qonunchilikni amalga oshirish tajribasi va amaliyoti bilan bog‘liq qator muammo va kamchiliklar, mahalliy aholi orasidan kadrlar tayyorlash va ularni tegishli ish o‘rinlariga qo‘yish bilan bog‘liq vazifalar va muammolar, mahsulot narxini arzonlashtirish haqidagi qarorning iqtisodiy, siyosiy ahamiyati, bu borada sanoat va savdo tashkilotlarining o‘rni, vazifalari, bu borada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, partiya ta’sirini yanada mustahkamlash, xo‘jalik, madaniy va boshqa sohalardagi ko‘rsatmalarini joylarda samarali bajarilishini ta’minlash maqsadida partiya quyi tashkilotlari faoliyatini jonlantirish vazifalari, partiya maorifi ishlarining ba’zi bir yakunlari, muvaffaqiyat va kamchiliklari haqida, ko‘klam ekin kampaniyasi bilan bog‘liq vazifalar, ipakchilik sohasidagi kamchiliklar va ularni hal etish masalalari ko‘tarilgan va ularning yechimiga amaliy kirishishga chaqirilgan. Turkiston o’lkasiga oid statistik ma’lumotlar bugungi kunda arxivlarda saqlanib kelinmoqda. Ushbu hujjatlar o’lkaga oid muhim manbalardan hisoblanadi. Statistik materiallar o’sha davrda ham asosan jurnallarda, gazetalarda e’lon qilinib kelingan. O’sha davrda yuqori hukumat organlari, siyosiy partiyalar, davlat tashkilotlarining hujjatlari statistik ma’lumotlar qatoriga kirgan. Hozirda ushbu hujjatlarni o’rganishda ko’plab tarixichi olimlarizimizga dissertatsiyalarni yoqlashda, o’quvchi yoshlarni Turkiston o’lkasi haqida qimmatli ma’lumotlarni berib borishda foydalanilmoqda. Statistik materiallar davrni yoritib berishdagi asosiy hujjatlardandir. Download 89.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling