Jadval 24
«O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi tomonidan xizmat ko‘rsatilgan xorijiy turistlar soni va bundan olingan daromadlar
Йиллар
|
Ўзбектуризм миллий компанияси томонидан хизмат кўрсатилган хорижий туристлар сони, минг киши ҳисобида
|
Ўзбек туризм миллий компанияси бўйича туризм соҳасидан олинган валюта даромадлари, минг АҚШ долл.и ҳисобида
|
Хизмат кўрсатилган ҳар бир хорижий туристдан ўртача олинаётган даромад, АҚШ долл.и ҳисобида
|
1993
|
92,0
|
5000
|
54,15
|
1994
|
60,9
|
7364
|
120,91
|
1995
|
92,0
|
8000
|
86,94
|
1996
|
173,8
|
14493
|
83,38
|
1997
|
252,9
|
18836
|
74,48
|
1998
|
272,0
|
20980
|
77,13
|
1999
|
274,0
|
25525
|
93,15
|
2000
|
278,0
|
27295
|
98,18
|
2001
|
231,4
|
22215
|
95,99
|
2002
|
196,7
|
21546
|
109,54
|
2003
|
230,4
|
23581
|
102,33
|
2004
|
262,7
|
28020
|
106,62
|
2005
|
241,9
|
28134
|
116,29
|
2006
|
273,2
|
42801
|
156,66
|
Manba: Ўзбекистон иқтисодиёти мустақиллик йилларида. Тошкент 2007
Respublikada xalqaro turizmni rivojlantirishda tarixiy-madaniy obidalar bilan bir qatorda dam olish va madaniy xordiq chiqarish uchun xizmat qiladigan turistik obyektlarning ham mavjudligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga misol qilib har yili o‘n millionlab turistlarni o‘ziga jalb kilib, muvaffaqiyat bilan ishlyotgan Yevropadagi parklarni olishimiz mumkin. Bular ichida Parij “Disleylend”ining faoliyatini tahlil qilganimizda har yili bu yerga o‘rtacha 15 mln ga yaqin turistlar tashrif buyurishining guvohi bo‘lamiz. O‘zbekistonda ham shu kabi parklar sonini ko‘paytirish imkoniyati yetarli hisoblanadi. Toshkentda 1997 yildan boshlab Disneylend va Akvapark faoliyat ko‘rsatib kelmokda. Lekin bunday parklar sonini ko‘paytirish, xizmat sifatini yaxshilash va faoliyatini yanada kengaytirish uchun chet el invistitsiyalarini jalb qilish, texnik imkoniyatlarini kengaytirishni talab qiladi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi bu yo‘lning eng samarali va kelajagi porloq ekanligidan dalolat beradi.
O‘zbekiston Respublikasida turizmni rivojlanishida turistik tashkilotlar va tadbirkorlarning o‘rni kelajakda yanada ortib borishi kutilmoqda. Buni «O‘zbekturizm” MK faoliyati misolida ko‘rish mumkin. Hozirgi kunda respublikada 450 dan ortiq turistik firmalar mavjud bo‘lib, ularning ish jarayoni Milliy Kompaniya tomonidan nazorat qilinib borilmoqda. Bizga ma’lumki, jahon tajribasida turizmni rivojlantirish uchun quyidagi iqtisodiy modellar qo‘llaniladi: markazdan boshqarish, bozor va monetar rivojlanish yo‘llari. Respublikamizda turizm asosan markazlashgan boshqaruv usulida rivojlantirilmokda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda turizm iqtisodiyotining bozor modeli qo‘llaniladi va bunda ko‘pgina ko‘rsatkichlar davlat tomonidan (soliqlar va meyoriy hujjatlar va normativlar orqali) boshqarilib turiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida turizm sohasining monetar boshqaruv modeli moliyaviy boshqarishga asoslanadi. Bunday boshqaruv turistik mahsulotning o‘sishiga olib keladi. Xalqaro turizmning bunday tartibga solinishi hozirda Yaponiya, Fransiya, Italiya kabi turizm rivojlangan mamlakatlarda yo‘lga qo‘yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |