Xulosa foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati ilovalar kirish


Download 118.52 Kb.
bet13/15
Sana21.11.2023
Hajmi118.52 Kb.
#1791233
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Mundarija kirish

XULOSA VA TAKLIFLAR
Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot har-bir rivojlangan va rivojlanayotgan davlat hayotida muhim vazifalarni bajaradi. Raqamli iqtisodiyot mamlakatda hufyona iqtisodiyotni oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy vositasi sifatida ko’ ongimizda gavdalanadi. Mazkur kurs ishida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha xorijiy davlatlar tajribasi bilan tanishib chiqdik. Olgan ma’lumotlarimiz tahlil qilish mumkunki, ilg’or davlatlar tajribasida mamlakatning bank tizimida amalga oshirilgan islohotlarni mamlakatimiz bank tizimida qo’llash o’rinli bo’lar edi/ hususan, respublikamiz bank tizimi resurs salohiyatini oshirish va "raqamli banking"ni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda quyidagi yo‘nalishlarda islohotlarni faollashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi deb o’ylaymiz:
respublikamiz bank sektorida asta-sekinlik bian davlatning monopolik ta’sirini kamaytirib borish va tijorat banklarining bozor institutlari sifatidagi mustaqilligini ta’minlash;
mamlakatimiz bank tizimiga xorijiy kapitalni faol jalb qilish, chet el banklarining turli ko’runishdagi filiallarini ochishni rag‘batlantirish;
bank tizimida zamonaviy raqamli axborot texnologiyalarini keng qo‘llash, internet sifati va tezligini oshirib borish, bank infratuzilmasini yanada rivojlantirish;
tijorat banklari o‘rtasida erkin raqobatni ta’minlash, nobank kredit tashkilotlarini rivojlantirish orqali moliya bozorida raqobat muhitini shakllantirish;
"raqamli bank" tizimini shakllantirishda muhim omil bo‘lgan zamonaviy bilimga ega dasturchi-moliyachi kadrlarni raqamli iqtisodiyot saaroitlarida ishlashga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish

Shunindek, adabiyotlar ro’yhatida keltirilgan ilmiy-amaliy adabiyotlarni va internet resurslarini har tomonlama o’rganish natijasida shuni taklif etishimiz mumkinki, O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan innovatsion kraudsorsingning asosiy ko’rsatgichlariga quyidagilarni kiritishimiz maqsadga muvofiq bo’ladi:


  • Ko’ngillilik asosida berilgan ishlarni bajaruvchi insonlar – kraudsorserlardir;


  • Kraudsorserlarning faoliyati internet tarmog’ida bulutli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi;


  • Kraudsorserlar respublikaning turli-tuman hududlaridagi insonlardan iborat bo’ladi;


  • Kraudsorserlrning ishlari natijasi iqtidodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bilan bog’liq innovatsion g’oyaning amalga oshirilishi (yechim, loyiha, mahsulot, mablag’ yoki xizmat) bo’lishi lozim;


  • O’zbekistonda amalga oshiriladigan kraud-loyiha uning kim yoki qaysi tashkilot tomonidan amalga oshirilishiga bog’liq ravishda tijorat yoki notijorat ko’rinishiga ega bo’lishi mumkin.


Oxirgi xulosa sifatida shuni aytishimiz lozimki, o’zbek milliy valyutasi – so’mni ham qisman yoki qandaydir chegaralangan optimal nisbatlarda kriptovalyutali ko’rinishga va uni bu bilan bog’liq bo’lgan blokcheynga o’tkazish mamlakatimizdagi bir qancha moliyaviy muammolarni muvaffaqiyatli ravishda hal qilish imkonini berar edi. Taklif va xulosalar sifatida quyidagilarni qayd qilishimiz mumkin:


  1. Raqamli iqtisod usul va vositalaridan foydalangan holda joriy bank operatsiyalarining shaffofligini va tezkorligini oshirish;


  2. Blokcheyn texnologiyalar


  3. Raqamli va bulutli texnologiyalar yordamida ikkilamchi va yashirin bank sektorini yo’q qilish yoki uni nazorat ostiga olish;


  4. Raqamli iqtisodiyot usullaridan foydalangan holda davlat apparatidagi byurokratiyani yengish va korruptsiyaga qarshi samarador kurashish;


  5. Blokcheynlardan foydalanib, soliqlar to’lash jarayonini mukammallashtirish orqali, soliq to’lamaslik holatlariga qarshi samarador kurashish;


  6. Raqamli iqtisodiyot usul va vositalari yordamida kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishiga yangi innovatsion imkoniyatlar yaratish;


  7. Kriptovalyutalar va raqamli texnologiyalarning turli mexanizmlari yordamida xalqaro valyuta-kredit resurslarini O’zbekiston iqtisodiyotiga keng miqyosda jalb qilish;


  8. Raqamli texnologiyalar vositasida iqtisodiyotga naqd pullar va boshqa turdagi valyutalar bosimini kamaytirish va shu asosda so’mning raqobatbardoshligini oshirish;


  9. Kraudsorsing va kraudfonding usullari vositasida korxona, tashkilot, xususiy tadbirkorlar hamda jismoniy shaxslar uchun yangi, qulay va samarador kredit mexanizmlarini ishga tushirib yuborish;


  10. Kriptovalyutalar va blokcheyn infratuzilmalarini yaratish orqali yangi ish o’rinlarini yaratish va zamonaviy intellectual information texnologiyalarni respublikamizga keng miqyosda jalb qilish;


  11. Innovatsion jarayonlarni raqamli iqtisodiyot texnologiyalaridan foydalangan holda yanada jadallashtirish;


Respublikamizda raqamli iqtisodiyotni mahalliy shart-sharoitlarga mos ravishda rivojlantirishning yana boshqa diqqatga sazovor imkoniyatlari sifatida blokcheyn texnologiyalardan foydalangan holda, davlat, korporativ, ijtimoiy va iqtisodiy xizmatlarni avtomatlashtirish jarayonini ham ko’rsatishimiz mumkin. Ammo buning uchun birinchi navbatda raqamli iqtisodiyot sohasida malakali kadrlar tayyorlashni yo’lga qo’yish zamona talablaridan biri bo’lib qoldi.



Download 118.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling