Xulosa foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati kirish. Mavzu dolzarbligi


Download 118.21 Kb.
bet2/7
Sana08.11.2023
Hajmi118.21 Kb.
#1757173
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
audit Mirjalol Re

ASOSIY QISMl:
1.Xalqaro audit standarlarining ahamiyati va ularning tarkibi.
Bozor infratuzilmasining unsurlari, avvalambor, auditorlik firmalari faoliyatining o’zimizga xos, milliy andozada ishlab chiqarish zaruriyatini tug’diradi. Shu bilan birgalikda bozor munosabatlarini jadallashtirishda respublikamizning jahon bozoriga chuqurroq integratsiyalashuvi iqtisodiy islohotlarni rivojlantirishni, iqtisodiy munosabatlarni yanada kengroq amalga oshirish uchun auditorlik faoliyatini xalqaro andozalarga moslashtirishni ham taqozo qilmoqda.
Mamlakatimizda asta-sekin auditning milliy andozalari ishlab chiqilmoqda. Auditning milliy andozalarini ishlab chiqishda, avvalo, xalqaro andozalarga murojaat etiladi. Auditning xalqaro andozalari Xalqaro buxgalteriya andozalari bo’yicha qo’mita (XBABQ) tarkibida doimiy qo’mita huquqlariga ega bo’lgan Auditorlik
amaliyoti bo’yicha xalqaro qo’mita tomonidan ishlab chiqiladi. Ushbu qo’mita 1973 yilda to’qqiz mamlakat, ya’ni Kanada, Avstriya, Germaniya, Frantsiya, Yaponiya, Meksika, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va AQShning professional buxgalteriya tuzilmalari tomonidan ta’sis etilgan.
Auditorlik amaliyoti bo’yicha xalqaro qo’mita Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi kengashi nomidan audit standartlarini chop etdi, shuningdek, audit tekshirishlarini o’tkazish bilan bir vaqtda qo’shimcha xizmat ko’rsatish bo’yicha xalqaro standartlarni ishlab chiqdi.
Hozirgi kunda 30 dan ortiq auditorlik faoliyatining xalqaro andozalari ishlab chiqilgan. Respublikamizda esa 10 dan ortiq auditorlik faoliyatining milliy andozalari ishlab chiqilgan. Bozor munosabatlarini erkinlashtirish va uni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiy integratsiyani rivojlanish sharoitida moliyaviy axborotlarning jahon miqyosida amaliyotga keng joriy qilish zaruriy va to’xtovsiz jarayonlardan biri hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda O’zbekiston suveren davlat sifatida audit bo’yicha hukumatlararo va xalqaro professional tashkilotlarga kirishi hamda auditning xalqaro andozalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etishi lozim. Bu esa milliy auditorlik andozalarini xalqaro andozalar bilan muvofiqlashtirish imkonini beradi. Bu tadbirlar oxir-oqibatda respublikamizning jahon iqtisodiy integratsiyasiga tobora chuqurroq qo’shilishiga imkon beradi.
Hozirgi kunda auditning xalqaro standartlari ro’yxati quyidagilardan iborat:
«Xalqaro audit standartlari va turdosh xizmatlarga izoh» - 100-son XAS
«Terminlar glossariysi» - 110-son XAS
«Xalqaro audit standartlarining kontseptual asoslari» - 100-son XAS
«Moliyaviy hisobotlar auditining maqsadi va uni tartibga soluvchi asosiy tamoyillar» - 200-son XAS
«Audit o’tkazish to’g’risidagi kelishuv xati» - 210-son XAS
«Audit sifatini nazorat qilish» - 220-son XAS
«Hujjatlashtirish» - 230-son XAS
«Aldash va xato» - 240-son XAS
«Moliyaviy hisobot auditi bo’yicha qonunlar va me’yoriy hujjatlarni ko’rib chiqish» - 250-son XAS
«Auditni rejalashtirish» - 300-son XAS
«Biznesni bilish» - 310-son XAS
«Auditda muhimlik» - 320-son XAS
«Tavakkalchilikni va ichki nazorat tizimini baholash» - 400-son XAS
«Kompyuter axborot tizimi sharoitida audit» - 401-son XAS
«Xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar xizmatlaridan foydalanuvchi sub’ektlar auditiga doir savollar» - 402-son XAS
«Auditorlik dalillar» - 500-son XAS
«Auditorlik dalillar – aniq moddalarga taalluqli qo’shimcha savollar» - 501-son XAS
«Dastlabki moliyaviy hisobot auditida boshlang’ich qoldiqlar bo’yicha auditorning ma’suliyati» - 510-son XAS
«Tahliliy amallar» - 520-son XAS
«Auditorlik tanlash va testlashning boshqa tanlash amallari» - 530-son XAS
«Hisob baholashlarning auditi» - 540-son XAS
«Manfaatdor tomonlar» - 550-son XAS
«Kelgusi davr moliyaviy ma’lumotlarini o’rganish» - 560-son XAS
«Uzluksiz faoliyat» - 570-son XAS
«Sub’ekt rahbariyatiga tushuntirish berish» - 580-son XAS
«Boshqa auditorlar ish natijalaridan foydalanish» - 600-son XAS
«Ichki audit xizmati ishini ko’rib chiqish» - 610-son XAS
«Ekspert xizmatidan foydalanish» - 620-son XAS
«Moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik xulosasi» - 700-son XAS
«Taqqoslanadigan ko’rsatkichlar» - 710-son XAS
«Tekshirilgan moliyaviy hisobotlarda boshqa axborotlar» - 720-son XAS
«Maxsus maqsaddagi audit shartnomasi bo’yicha auditorlik hisobot» - 800-son XAS
«Istiqbolli moliyaviy ma’lumotlarni tekshirish» - 810-son XAS
«Moliyaviy hisobotning sharhi bo’yicha kelishuv» - 910-son XAS
«Moliyaviy hisobotga taalluqli amallarni bajarish bo’yicha kelishuv» - 920-son XAS
«Moliyaviy ma’lumotlarning kompilyatsiyasi bo’yicha kelishuv» - 930-son XAS Auditni xalqaro talablarga muvofiq o’zgartirish keyingi vaqtlarda O’zbekiston
uchun tobora dolzarb ishga aylanmoqda. Bozor munosabatlarini jadallashtirishda respublikamizning jahon bozoriga yanada chuqurroq kirib borishi iqtisodiy islohotlarni rivojlantirishni, iqtisodiy munosabatlarni yanada kengroq amalga oshirish uchun auditorlik faoliyatini xalqaro standatlarga moslashtirishni taqozo qilmoqda. Bu borada auditorlik faoliyatining milliy standartlari ishlab chiqilmoqda. XX asrning ikkinchi yarmi hamda XXI asr dastlabki yillari jahon mamlakatlari o’rtasida o’zaro hamkorlik va integratsiya jarayonlarining kuchayishi bilan izohlanadi. Xalqaro maydonda iqtisodiy munosabatlarning tobora chuqurlashib borishi jahonning turli mintaqalarida erkin iqtisodiy zonalarning vujudga kelishiga va transmilliy korporatsiyalar faoliyatining kuchayishiga turtki berdi.
Biznes va aloqalarning jahon mamlakatlari bo’ylab baynalmilallashuvi buxgalteriya hisobi va audit tizimining ham xalqaro ko’rinishga ega bo’lishiga olib keldi. Shunday bir sharoitda transmilliy korporatsiyalar va ularning jahonning boshqa mamlakatlaridagi bo’linmalari o’rtasida hisob va audit tizimini yuritishda yangicha tartib ishlab chiqilishini taqozo qildi. Turli mamlakatlarda auditorlik faoliyatiga turlicha yondoshilishiga qaramasdan, jahon xo’jaligi va moliya bozorlarining baynalmilallashuvi kuchayib borayotganligini aks ettiruvchi unifikatsiyalangan qoidalarni ishlab chiqish zarur.




Download 118.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling