Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Qimmatli qog‘ozlar tushunchasi va uning turlari


CHek. Depozit va jamg‘arma sertifikatlari


Download 126.5 Kb.
bet2/9
Sana27.06.2023
Hajmi126.5 Kb.
#1657275
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
tijorat banklarining qimmatli qogozla

CHek.

  • Depozit va jamg‘arma sertifikatlari.

  • Bankning taqdim qiluvchiga pul beriladigan jamg‘arma daftarchasi.

  • Konosament.

  • Obligatsiyalar.

  • Veksellar.

    Qimmatli qog‘ozlarning bu turlariga qisqacha ta’rif beramiz:
    AKSIYA – bu qimmatli qog‘oz bo‘lib:

    • xarakat muddati cheklanmagan;

    • huquqiy yoki jismoniy shaxs tomonidan Aksionerlik jamiyatiga muayyan hissa qo‘shgan ulushini va mazkur jamiyat mulkidagi ishtirokini guvohlovchi;

    • aksiya bo‘yicha divident ko‘rinishida foyda olish huquqini beruvchi aksiyadorning shu jamiyat boshqarish ishiga qatnasha olishini tasdiqlovchi yuridik hujjatdir.

    OBLIGATSIYA. «Obligo» – lotin tilida «qarz olish» mazmunini bildiradi. Emitentga obligatsiya egasi tomonidan ma’lum bir pul mablag‘ini kiritganligi va unda ko‘rsatilgan muddatda nominal qiymatini hamda qo‘shimcha foiz to‘lab berish majburiyatini guvohlovchi qimmatli qog‘ozdir. Obligatsiya uning egasiga emitentning ishini boshqarishda qatnashish huquqini bermaydi.
    XAZINA MAJBURIYATLARI – uning egasi tomonidan ma’lum bir pul mablag‘ini byudjetga kiritganligi va uning butun aylanish davrida aniq chegaralangan foizni to‘lab berish majburitini guvohlovchi qimmatli qog‘ozdir.
    DEPOZIT SERTIFIKATLARI jamg‘armachining bankka qo‘ygan pul mablag‘ini ifodalovchi va muomala muddati to‘gaganidan keyin qo‘ygan pul mablag‘ini hamda foyda sifatida ustama foizini huquq va imkoniyatini beruvchi qimmatli qog‘ozdir. Depozit sertifikati bank tomonidan beriladi.
    VEKSEL - qarz majburiyati bo‘lib, veksel beruvchining ushbu vekselni ko‘rsatilgan muddatda taqdim etganda, veksel ushlovchiga uning nominal qiymatini to‘lab berish guvohini beruvchi qimmatli qog‘oz va to‘lov vositasidir.
    QIMMATLI QO§OZLAR HOSILALARI – bular shunday qimmatli qog‘ozlarki, ularning foydasi yoki zarari bir nechta bozor ko‘rsatkichlari bilan, ya’ni bozor indekslari bilan bog‘liqdir. Qimmatli qog‘ozlar xosilalari – «opsion» yoki «fyucherslar» ko‘rinishida bo‘ladi.

    Download 126.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling