Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar


O`zbekiston Respublikasi davlat bayrog`i


Download 31.25 Kb.
bet2/3
Sana25.04.2023
Hajmi31.25 Kb.
#1396353
1   2   3
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasi Davlat Ramzlari

O`zbekiston Respublikasi davlat bayrog`i.

O`zbekiston davlat mustaqilligioga erishgach, o`zining xalqaro talablar va meyorlar doirasida qiyofasini ko`rsatmog`i, buning uchun esa o`zining butun imkoniyatlarini, o`ziga xos jihatlarini ifodalovchi davlat ramzlariga ega bo`lmog`i lozim edi. Odatda davlat ramzlari shunchaki ranglar yig`indisidagi shakllardan iborat emas, ular ayni shu davlatning va shu davlat fuqarolarining o`zligidan kelib chiqmog`i qolaversa, davlat siyosatining mazmun mohiyatini o`zida mujassam etmog`i lozim edi.
O`zbekiston o`z mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq ana shu muhim siyosiy hodisaga aloxida e’tibor bilan qaradi. Chunki juda qisqa fursatda o`z mustakilligini konun bilan mustahkamlab, uning jaxonhamjamiyatida tan olinishini, shunday mamlakat borligi e’tirof etilishining muhim yo`llaridan biri sifatida qaradi. Bir qator yosh mustakil mamlakatlarda turli siyosiy qarashlar jazavaga kelib, fikrlar chuvalashib, «kalavaning uchi topilmay qolgan» bir paytda O`zbekiston o`zining har bir kuniga va olis istiqboliga qat’iy ishonch bilan karadi. Shuning uchun shu, eng avvalo, davlat ramzlarini qabul qilib, dunyoga ko`z-ko`z etib, uni tan oldirish yo`lidan bordi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrida bo`lib o`tgan VIII sessiyasi «O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog`i to`g`risida» Qonun qabul qilindi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo`lgan g`oyat qudratli saltanatlar an’analariga mos keladigan ularning tug`larini ifoda etgan g`oyalarini davom ettiradigan, ulug` ajdodlarimizning haqida va maslaklariga mos keladigan, qarashlarini davom ettirgan holda millat tabiati va xalqimiz ruhiyatidan kelib chiqib, uning milliy va ma’naviy jihatlarini ham o`zida aks ettirmog`i kerak edi.
Bayroqdagi havorang zangori osmon va musaffo suv ramzi. Moviy rang — lojuvard — sharqda azaldan qadrlangan. Amir Temur ham o`z bayrog`iga shu rangni tanlagan.
Oq rang — tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat yo`lining o`ziga xos va beg`ubor bo`lishi uchun yaxshi niyat ifodasidir.
Qizil chiziqlar — bu har bir tirik jonning qon tomiri, unda jo`sh urib turgan hayotiy kuch, tiriklik ramzi.
Yashil rang — O`zbekistonning sahovatli va tabarruk tuppog`i, go`zal tabiati timsoli.
Yarim oy — o`zbek xalqining ko`p asrlik an’analariga mos keladi. Yarim oy va yulduzlar musaffo osmon va tinchlikning ifodasidir.
O`n ikkita yulduz tasviri — qadimdan mukammallik, barkamollik timsoli. Xullas mamlakatimiz davlat bayrog`i yurtimizning o`tmishi, bugungi kuni va kelajagining yorqin ramzi bo`lib qoldi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. Har bir en 40 santimetrga tengdir. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining o‘rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar o‘tkazilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va orqa tomonida dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida o‘n ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan.
Oq rangli yangi oy va o‘n ikkita oq rangli besh qirrali yulduzning tasviri moviy rangli yuqori enning o‘rtasidan 70x30 santimetrga teng to‘g‘ri to‘rtburchakka sig‘adigan qilib joylashtirilgan.
Oq rangli yangi oy vertikal holatda do‘ng tomoni dastaga qaratilgan, dastadan 20 santimetr masofada joylashtirilgan bo‘lib, diametri 30 santimetrli doiraga sig‘adi.
O‘n ikkita oq rangli besh qirrali yulduz diametri 6 santimetrli doiraga sig‘adi. Doiralar orasidagi masofa 6 santimetr. Yulduzlar uzunasiga va tikkasiga quyidagi tartibda joylashadi: yuqori qatorda uchta, o‘rta qatorda to‘rtta va quyi qatorda beshta yulduz.
Quyi qatordagi yulduzlar yangi oyning pastki uchidan 3,5 santimetr masofada joylashadi.




  1. Download 31.25 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling