Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar
Download 1.4 Mb.
|
detall tiklash
Mavzu: Yeyilishga ta’sir qiluvchi omillar. Reja: Mashinalar detallarining yeyilish mexanizmi va ularning kamchiliklari. Ezilish va uvalanish. Ishqalanuvchi sirtning sifati. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Mashinalar detallari sirtining yeyilish jarayoni murakkab bo‘lib, ko‘pgina omillarga bog‘liq. Bu omillar mashinalardan foydalanish sharoitlarida turlicha bo‘ladi. Ularga birinchi navbatda quyidagilar kiradi: detallar sirtiga tushadigan yuklanish; tutashmalar ishining harorat tartibi; moyning borligi, xarakteri va xossalari; moylash ashyosining mexanik aralashmalar bilan ifloslanganlik darajasi, aralashmalar tarkibi hamda oMchamlari; detallarning bir-biriga nisbatan joylashishi (qo‘zg‘aluvchan tutashmalar uchun); tutash juftliklarning boshqa ish sharoitlari (titrashga, korroziyaga uchrashi va hokazo). Mashinalarni loyihalash, tayyorlash va ta’mirlash bilan shug‘ul- lanuvchi mutaxassislar uchun yeyilishning asosiy omillari va qonuniyatlarini bilish katta ahamiyatga ega. Bu bilim detallami ta’mirlash usulini to‘g‘ri tanlash va foydalanish jarayonida ular tez yeyilishining oldini olish imkonini beradi. Mashinalardagi ishqalanuvchi detallarning yeyilish omillari quyidagi xillarga ajratiladi: 1)ishqalanuvchi sirtlardagi solishtirma bosim; 2)detallar sirtining qattiqligi; 3)ashyoning tuzilishi (strukturasi); 4)detallar sirtining sifati va hokazo. Ma’lumki, hatto sinchiklab ishlov berilgan sirtlarda ham notekisliklar qoladi. Ishqalanuvchi sirtlar bir-biriga nisbatan surilganda notekisliklaming ayrim chiqiqlari faqat qayishqoq deformatsiyaga uchraydi, yuklanish olingandan so‘ng bu deformatsiya yo‘qoladi. Notekisliklaming boshqa chiqiqlari esa plastik deformatsiyaga uchraydi (egiladi, eziladi, siljiydi). Bundan tashqari, tutashish sirti kichik bo‘lganidan ayrim chi- qiqlarga tushadigan haqiqiy solishtirma yuklanishlar hisobiy yuklanishlardan ancha katta bo‘ladi. Chunonchi, podshipnikka tushadigan hisobiy yuklanish 3 MPa ga teng boMganda sirtning ayrim nuqtalari- dagi haqiqiy solishtirma bosim 3 MPa ga yetishi mumkin. Katta solishtirma yuklanishlar tez paydo boMganda sirtning ayrim qismlari 450— 1000° C gacha qiziydi, bu esa ulaming erib, bir-biriga yopishib qolishga va keyin qotgan qismlarning uzilishiga olib keladi. Natijada sirtlarda erigan va olingan joylar paydo boMadi. Mashinalaring yangi yoki tiklangan detallari noto‘g‘ri siyqalantirilganda, shuningdek, detallarni tiklash va uzellarni yig‘ish texnologiyasi b uzilganda ko‘proq yuqoridagi hodisalar sodir bo`ladi (1-rasm). 1.-rasm Siyqalanish jarayonida detai sirtidagi notekisliklaming o'zgarishi: a — dag'al ishlov berilgan sirt; b — yaxshilab ishlov berilgan sirt: 1 — ishlov berilgandan keyin qolgan notekisliklar; 2 — siyqalangandan so‘ng qolgan notekisliklar. Ishqalanuvchi sirtlarning oddiy ko‘z bilan yoki mikroskop orqali aniqlanadigan yemirilishi alohida elementar jarayonlar ko‘rinishida sodir bo‘ladi. Bu jarayonlarning qo‘shilib ketishi sirtlarning ashyosiga va ishqalanish sharoitiga bog‘liq. Ishqalanuvchi sirtlar yemirilishining oddiy turlari quyidagilardan iborat: Siyqalanish, mikroqirqilish, ezilish, uvalanish, yopishib qolishlardir. Detallar ishlayotganda yeyilish bilan birga ezilish jarayo- ni ham yuz beradi. Bunda tutash detallarning sirtqi qatlamida me- tallning qayishqoq deformatsiyalanishi, qayirishi, sinishi va kesilishi sodir bo‘ladi. 2-rasmda paxta terish mashinalari shpindellarining tishlarini ishga yaroqsiz nuqsonlaridan namunalar ko‘rsatilgan. Ezilish jarayoni- ning boshida detallar o‘lchamlari o‘zgaradi, ammo massasi avvalgidek qoladi. Keyin sirtning deformatsiyalangan qismlaridan metalning ayrim zarralari ajraladi, natijada detallarning massasi ham, o‘lchamlari ham o'zgaradi. Rezbali birikmalaming detallar, shuningdek, qo‘zg‘almas birikmalardagi detallar (tutashuvchi detallar bo‘lgan dumalash podshipniklarining halqalari, traktor dvigatellari hamda ramalarining tayanch sirtlari va hokazo) ko‘proq eziladi. 2-rasm. Paxta terish mashinalari shpindellari tishlarining shikastlanish turlari: 1— egilish (qayirish); 2 —sinish; 3 — kesilish. Uvalanish — ashyo toliqib yeyilganda sirtida o‘nqir-cho‘nqirliklar paydo bo'lish jarayoni. Uvalanish sharikli va rolikli podshipniklarda ko‘proq uchraydi. Yeyilishning bu turida avval katta solishtirma bosim natijasida halqaning dumalash yo‘lchasida o‘yiqcha (sharik yoki rolikning izi) paydo bo'ladi. Zanjirli (gusenitsali) traktorlar yurish qismlarining detallari, tuproq qaziydigan mashinalarning detallari, yerga ishlov beruvchi mashinalarning ish organlari abraziv zarralar ta’sirida juda tez yeyiladi. Prof. M. M. Xrushchov abraziv yeyilishning quyidagi asosiy (fundamental) qonunlarini taklif etgan: 0 ‘zgarmas sharoitda yeyilgan qiymati ishqalanish yo'liga to‘g‘ri mutanosibdir: Boshqa o‘zgarmas sharoitlarda yeyilish qiymati ishqalanish tez- ligiga bog‘liq, ya’ni yeyilish tezligi ishqalanish tezligiga to‘g‘ri mutanosibdir: bu yerda — yeyilish qiymati, mm; — vaqt, soat; — mutonosiblik koeffitsienti; — yuklanish, kg; — tezlik, m/s. 3.Boshqa o‘zgarmas sharoitlarda yeyilish qiymati me’yoridagi yuklanish qiymatiga to‘g‘ri mutanosibdir: bu yerda — ishqalanish yo‘lining uzunligi, m. 4. Texnik jihatdan sof toblanmagan metallarning va yumshatilgan po'latlarning nisbiy yeyilishga chidamliligi ularning qattiqligi ga to‘g‘ri mutanosibdir: bu yerda — mutanosiblik koeffitsienti. Sirtning sifati deganda detal geometrik parametrlarining va ana shu detalni tayyorlashda ishlatiladigan ashyo sirtqi qatlami fizik xossalarining majmuyi tushuniladi. Geometrik parametrlar detalga ishlov berganda qoladigan izlar — toMqinsimon va g‘adir-budir (3-rasm, a), to'lqinsimon va silliq (3-rasm, b), tekis va g‘adir-budir (3-rasm, d), tekis va chiziqli (3-rasm, e) yo‘nalishi bilan belgilanadi. Detallarning fizik xossalariga tuzilish mikro qattiqlik, parchalanish chuqurligi, qoldiq zo‘riqish, issiqqa chidamlilik, moy bilan o‘zaro ta’sirlanish, kimyoviy vosita, kislorod va gazlar bilan o‘zaro ta’sirlanish va shu kabilar kiradi. Standartlarda detallarning mikrogeometriyasi, g‘adir-budirligi va sirtqi qattiqligi belgilangan, bu esa metall sirtqi qatlamining tuzilishi haqida fikr yuritish imkonini beradi. Tutash detallarning yeyilishiga faqat asosiy omillar hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ana shu omillami aniqlab olish lozim. Masalan, sirpanish podshipniklari (seyalkalar, kultivatorlaming tayanch g'altaklaridagi ishqalanuvchi juftliklar, paxta terish mashinasi shpindelining pastki tayanchi) uchun bunday omillarga yuklanishning kattaligi va ta’sir qi- lish xarakterini, detallar ishqalanuvchi sirtlarining sirpanish tezligi va ularning o‘zaro ta’sirlashadigan mintaqadagi muhitning holatini ko'rsatish mumkin. Traktorlarda mazkurjuftliklarga tirsakli val va taqsimlash valining podshipnikli uzellari misol bo‘ladi. Ishqalanuvchi juftliklarning yuklanish tartibi (rejimi) podshipnikka tushadigan solishtirma yuklanish bilan ifodalanadi. Uning o‘rtacha qiymati 4— 7 MPa ga, jadallashtirilgan dizellar uchun ko‘pi bilan 12—13 M Pa ga teng. Tutash detallarning sirpanish tezligi dvigatel tirsakli valining aylanish chastotasiga qarab 6—7 m /s atrofida (10 m/s gacha) bo‘ladi. 3-rasm . Notekisliklar turlari: a — to'lqinsim on va g’adir-budir; b — to'lqinsimon va silliq; d — tekis va g’adir-budir; e — tekis va chiziqli-silliq. Yemirilishning geometrik xarakteriga ko‘ra korroziya yaxlit (umumiy) va mahalliy, sirt osti, kristallitlararo, tanlama va boshqa turlarga bo‘linadi. Metallning muhit bilan o‘zaro ta’sirlashishi xarakteriga ko‘ra tok o‘tkazmaydigan muhitlarda (gaz, neft va hokazo) kechadigan kimyoviy korroziya hamda elektrolitlaming suvdagi eritmalarida (tuzli, kislotali, ishqor- li va boshqalar) kechadigan elektr-kimyoviy korroziya bo‘lishi mumkin. Korroziyalovchi muhitning turiga ko‘ra atmosfera, dengiz, yer osti korroziyalari farq qilinadi. Korroziyalovchi muhit ta’sir qilishi bilan bir vaqtda metallga ta’sir ko‘rsatadigan qo‘shimcha ta’sirlarining xarakteriga ko‘ra — kuchlanish ta’siridagi korroziya, ishqalanishdagi korroziya, o‘zaro ta’sirlashuvdagi korroziya, freting-korroziya, tashqi tok ta’siridagi korroziya, radiokimyoviy korroziya (radioaktiv nurlar ta’sirida), biokorroziya (mikroorganizmlar ajratadigan mahsullar ta’sirida) farq qilinadi. zalari mos ravishda korroziyaning mazkur turlariga duchor bo`ladi. Korroziya tezligi yoki darajasini baholash uchun bevosita va bilvosita ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Bevosita ko'rsatkichlarga quyidagilar kiradi: a) sirt birligiga bo'lingan massaning ortishi yoki kamayishi (vaqtga bo‘lingan bu ko‘rsatkich korroziya tezligini ifodalaydi); b) korroziya chuqurligi; d) sirtning korroziya mahsullari bilan band bo‘lgan qismi; e) sirt birligidan ajralib chiqqan vodorodning yoki yutilgan kislorodning hajmi; 0 korroziyaning birinchi manbayi paydo bo`lguncha o‘tadigan vaqt; g) korrozion darz paydo bo`lguncha yoki jism batamom yemirilguncha o‘tadigan vaqt; h) korroziya q iymati. 4-гasm. Po`latning korroziyadan yemirilishi turlari: a — bir tekis; h — notekis; d — tuzilish-tanlama; e — dog'lar ko'rinishidagi korroziya ; f— yarasimon korroziya; g — nuqtalar ko‘rinishidagi korroziya; h — kristallararo; j — korroziyadan yorilish; i — sirtqi. Metallar yemirilishiga qarshi kurash choralarini uchta asosiy omilga ajratish mumkin. 1. Metallga ta’sir ko'rsatish (legirlash, termik ishlov berish, turli xil qoplamalar va moylarni qoplash). 2. Muhitga ta’sir ko'rsatish. Inert yoki himoyalovchi gazlardan foy- dalanish, shuningdek, havoni maxsus adsorbentlar bilan quritish. 3 .Loyihaga (mashina konstruksiyasiga) ta’sir ko'rsatish. Bunda ashyo- lar va qistirmalarni tanlash yo‘li bilan o‘zaro ta’sir yemirilishining oldini olish; detallar kesimlarining qo‘shilib ketishini ta’minlash; bolt yordamida biriktirishga nisbatan payvandlab biriktirishni ko'proq qo‘llash; mashinalarni ishlatish hamda ta’mirlash jarayonida turli qoplamalarni pishirib yopishtirish va tiklash imkoniyatini ta’minlash zarur. 5- rasm . Mashina detallarining mexanik yeyilish namunalari: a — stanokning yo'naltiruvchi asosi-stoli, b — silindr (gilzа) ichki yuzasining yeyilishi, d— porshen, e, f g — val, j, к — tishli g‘ldiraklar, h—vint va gaykaning rezbasi, i-gardishli friksionli mufta. 1-stol, 2-asosi, 3— gilza, 4— peremichka, 5— porshen tubi, 6— aylanma tcshik, 7— podshipnik, 8— val bo'yini, 9— tirqish, 10— rezbali silindrik steijen, 11— qayka, v — yeyilish joylari. P — la'sir etuvchi kuchlar. Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. 1.Mirzayev A.A, Sotvoldiyev A.E “Mashinasozlik texnologiyasi asoslari” o`quv qo`llanma.nFarg`ona -2001. 2.S.M.Qodirov, O.V.Lebedev, A.M.Xakimov “Mashina detallarini tiklash texnologiyasi”. Toshkent -2001. 3.www.ziyonet.uz Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling