Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar


Jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlarida sog`lomlashtirish


Download 489.42 Kb.
bet10/11
Sana21.09.2023
Hajmi489.42 Kb.
#1683382
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Sport trenirovkasining vositalari va metodlai

Jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlarida sog`lomlashtirish
tadbirlari
Hozirgi vaqtda hamma joyda, shu jumladan, o`rta maktablarda jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlarining ahamiyati ancha ortib ketdi. Bunga sabab kishilardagi harakatli faoliyat kamayib ketganligidir. Avtotransportning keng rivojlanib ketganligi, ishlab chiqarish va turmushga ilmiy-texnika taraqqiyoti tufayli qo`lga kiritilgan yutuqlarning tatbiq etilishi, kommunal-turmush sharoitlarining yaxshilanishi muskul faoliyatining ancha pasayib ketishiga sabab bo`ldi. Hozirgi zamon maktab o`quvchisi o`zining 85% vaqtini o`tirib o`tkazadi. U sinfdan-sinfga ko`chgan sari harakat aktivligi pasayib boradi. Bu esa uning salomatligi va jismoniy rivojlanishiga salbiy ta'sir ko`rsatadi. Bunday kamchilikni yo`qotish uchun bolalarni juda kichik yoshdan boshlab muntazam ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan mashg`ul qilish lozim.
Salomatlik bilan jismoniy rivojlanish bir-biridan ajralmas omillardir. Jismoniy mashqlar organizmning holatiga, xususan suyak-muskul sistemalarining rivojlanishiga har tomonlama ta'sir ko`rsatadi. Xushbichim qaddi-qomatning shakllanishi ko`p jihatdan ana shu jismoniy mashqlarga bog`liqdir. Bu faqat estetik ahamiyatga ega bo`lib qolmay, shu bilan birga fiziologik ahamiyatga ham ega bo`lib, kishining ichki organlari me'yoriy holati va faoliyatini ta'min etadi. Jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish jismoniy va aqliy ish qobiliyatiga ijobiy ta'sir ko`rsatadi. Aqliy mehnatni jismoniy mashqlar bilan almashtirib turish o`quv ishlarini ancha engillashtiradi. Shuning uchun ham bu tadbir katta gigienik va pedagogik ahamiyatga molikdir.


XULOSA

Ertalteploregulyatsiyaga va shu singari funktsiyalarga yuksak talablar qo`yadi. Haddan tashqari nagruzkalar zarar keltirishi mumkin. Sport mashg`ulotlarining haddan tashqari shovqin-suron va hayajon bilan o`tkazilishi ko`pincha bolalardagi charchoq hissini bosib ketadi. Natijada bolalar me'yoriy funktsional imkoniyatlarga qaraganda ko`proq shug`ullana boshlaydilar. Mashg`ulotlar uchun eng qulay fursat umumta'lim maktablarida birinchi smenada o`qiydigan bolalar uchun 9 dan 12 gacha bo`lgan vaqtdir.


Jismoniy mehnat. Ijtimoiy foydali mehnat tarbiyaviy jihatdan ham, sog`lomlashtirish jihatdan ham katta ahamiyatga ega. Maktabda ratsional tashkil etilgan mehnat jarayoni sog`liq va jismoniy rivojlanishning mustahkamlanishiga yordam beradi. Bu borada ayniqsa ochiq havoda bajariladigan qishloq xo`jaligi ishlari juda foydalidir. Hunar-texnika maktablarida ishlab chiqarish mehnatiga keng o`rin berilgan. Biroq, bu jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlarining ahamiyatini kamaytirmaydi. Ishlab chiqarish faoliyatining ko`pgina turlari bir xil bo`lishi bilan ajralib turadi. Bunda muskullarning faqat muayyan guruhlari qatnashadi. Jismoniy mashqlar esa barcha a'zolari uchun foydali ta'sir ko`rsatadi. Bundan tashqari maxsus tanlangan mashqlar hamda sportning ayrim turlari bilan shug`ullanish u yoki mehnat faoliyatini bajarish uchun zarur bo`lgan harakat malakalarining rivojlanishiga yordam beradi. Bu amaliy jismoniy tayyorgarlik deb ataladigan vazifalar tarkibiga kiradi hamda o`quvchilar biror kasbni tezroq egallab olishlariga yordam beradi, ishlab chiqarishdagi mehnatning sifatini oshiradi. Bu esa umuman olganda katta iqtisodiy ahamiyatga egadir.
Ommaviy sog`lomlashtirish ishlari. Yozgi ta'til davri o`quvchilarning to`liq xordiq chiqarib, miriqib dam oladigan paytidir. Bu vaqt bolalar uchun o`quv yilini tugatganlaridan keyin o`z salomatliklarini mustahkamlash uchun zarurdir. Buning uchun ommaviy sog`lomlashtirish oromgohlari tashkil etiladi. Bunda bolalar oromgohlari ayniqsa katta ahamiyat kasb etadi. Bolalar oromgohi-shahardan tashqarida tashkil etiladigan va keng tarqalgan sog`lomlashtirish muassasidir.



Download 489.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling