Xulosa qilib, shuni aytib o`tish mumkinki, yuqorida aks ettirilgan har bir


Download 447.64 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.06.2023
Hajmi447.64 Kb.
#1645654
Bog'liq
kigu




Xulosa 
Xulosa qilib, shuni aytib o`tish mumkinki, yuqorida aks ettirilgan har bir 
mamlakat bozor iqtisodiyotiga o`tish rejimining turli fazalarida bo`lganlari uchun, 
mazkur davlatlardagi iste`mol va chakana narxlari orasidagi farqlar ichki va tashqi 
omillar ta`sirida juda o`zgaruvchandir. 
Inflyatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda sotsial va iqtisodiy 
jihatdan qarama-qarishliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun, davlat 
iflyatsiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish chora-tadbirlarini 
ishlab chiqadi. Inflyatsiyaga qarshi kurashning asosiy shakllari: pul islohati va 
inflyatsiyaga qarshi siyosat hisoblanadi. Pul islohati deb, muomalasini 
barqarorlashtirish maqsadida davlat tomonidan pul tizimini o`zgartirishga aytiladi. 
Jahon amaliyotida pul islohati metall pul muomalasi davrida, ikkinchi jahon 
urushidan keyin – oltin deviz, oltin dollar muomalasi davrida o`tkazildi. 
Inflyatsiyani ushlab turish uchun, eng avvalo, uning iqtisodiyot uchun naqadar 
muhimligini, mexanizm va omillarning harakatga keltirishlarini anglash lozim. 
Soliq siyosatining inflyatsiyaga real ta`siri. Bozor iqtisodiyoti sharoitida inflyatsiya 
mavjudligi tabiiy bo`lgani kabi, mamlakatning «soliq infratuzilmasi»da ham 
inflyatsiyaning qay darajada bo`lishi olib borilayotgan chora-tadbirlarga bog`liqdir. 
Inflyatsiyaning o`sish ko`rsatkichini 7-9 foiz darajasida saqlab turish 
mo`ljallanmoqda. Inflyatsiya va uning rivojlanishi alohida olingan mamlakatda 
ma`lum xususiyatlarga ega bo’lishi mumkin. Hozirgi davr inflyatsiyasi, o’tgan davr 
inflyatsiyasidan farq kiluvchi xususiyatlarga ega. Oldingi inflyatsiyalar vaqtinchalik 
bo’lib, ular odatda urush vaqtida harbiy xarajatlarni to’plash uchun qog’oz pullar 
chikarilishi natijasida yuzaga kelgan. Biror daromad olmasdan turib, ya`ni ishlab 
chiqarish va tovarooborot sur`atlarini oshirmasdan, yoki bu kursatkichlar kamayib 
ketgan holda davlat tomonidan buladigan xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy 
yullaridan biri qog’oz pullarni muomalaga chiqarishdan iborat bulgan. Natijada 
muomalaga chikarilgan pullar, muomala uchun zarur bo’lgan oltin miqdoridan oshib 
ketgan va pulning real qiymati uning nominal qiymatidan tushib ketgan, ya`ni, 
xaqiqatda pul birligi o’zida ko’rsatilganidan kam oltin miqdorini ifoda qila 



boshlagan. Oxirgi yillarda inflyatsiya tez-tez uchrab turadigan jarayon bulib sifati 
ham o’zgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: 
birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi qonunining 
buzilishi natijasida umumxo’jalik mexanizmining ishdan chiqishiga olib keladi. XX 
asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bo’lib qolmasdan, ishlab 
chiqarish va kayta ishlab chikarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadi. Xozirgi 
davr inflyatsiyasi birinchidan; pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul 
muomalasi qonunining buzilishi; ikkinchidan; - ishlab chikarishga ketadigan 
xarajatlar salmog’ining o’sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli 
pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi.
Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o`tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaga 
qarshi kurashish va milliy pul tizimini mustahkamlash uchun asosan quyidagi chora-
tadbirlar amalga oshirish lozim:
- milliy iqtisodiyotni sog`lomlashtirish, investitsiya faoliyatining tushib 
ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona darajasini ta`minlash;
- raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish va uni 
rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab chiqish hamda uni amalga 
oshirish;
- xalq iste`mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish 
fondlarining tarkibini o`zgartirish va unda zamonaviy texnika hamda 
texnologiyalarni joriy etish;
-tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini rag`batlantirish;
- soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo`nalishda asosiy e`tiborni 
soliqlarning rag`batlantiruvchi funktsiyasiga qaratish;
- davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash;
- mamlakat ichida mahsulotlar, valyuta, kredit, yer, ko`chmas mulk, mehnat va 
qimmatli qog`ozlarining yagona bozorini shakllantirish hamda uni rivojlantirish;
- pul-kredit siyosatini iqtisodiyotning rivojlanishi holatiga asosan o`zgartirib 
turish. 



Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati 
1. O`zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi T. 2017 yil 
2. O‘zbekiston respublikasi prezidentining “Pul-kredit siyosatini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3272-son sonli Qarori 
3. 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo`nalishi bo`yicha Xarakatlar strategiyasini “ Xalq bilan muloqot va inson 
manfaatlari yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturini o`rganish bo`yicha ilmiy-
uslubiy risola. T.: 2017y 
4. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning oliy Majlisga 
Murojaatnomasini o‘rganish va keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib etishga 
bag‘ishlangan ilmiy-ommabop qo‘llanma [Matn]. – T.: «Ma’naviyat», 2019. – 312 
bet.
5. Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon demokratik O`zbekiston davlatini 
birgalikda barpo etamiz. T.: O`zbekiston. 2017y 
6. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz 
bilan birga quramiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b. 
7. Abdullayeva Sh.Z. Bank risklari va kreditlash. T.: Moliya, 2002. 
8. Abdullayeva Sh.Z. Bank ishi. Darslik. - T.: Iqtisod-moliya, 2010. 
9. Rashidov O.Yu. va boshqalar Pul, kredit va banklar, Toshkent 2008 y. 
10. Omonov A.A., Qoraliyev T.M. Pul, kredit va banklar. T.: “IQTISOD-
MOLIYA” 2012 y 
11. Toymuxamedov I.R. «Bank ishi» ma`ruza matni, TDIU. 2010 y 
12. Tojiyev R.R., Yakubova Sh. «Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari»
ma`ruza matni. TDIU.2010 y 
13. X.S.Xadjayev, I.A.Bakiyeva, Sh.Sh. Fayziyev. Makroiqtisodiyot 
(O’quv qo’llanma) - T.: TMI, 2014, 268 bet. 
14. G.X. Nazarova. “Makroiqtisodiyot” fanidan ma’ruzalar matni. T.: 
Toshkent Moliya instituti, 2017-yil, 243 bet. 



Internet saytlari. 
http://www.press-service.uz - O’zbekiston Respublikasi Prezidenti axborot
markazi sayti 
http://www.gov.uz - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rasmiy 
sayti 
http://www.cbu.uz- O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti 
http://www.stat.uz - O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi
rasmiy sayti

Download 447.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling