Xulosa va tavsiyalar
Mavzuning ishlanganlik darajasi
Download 399.17 Kb.
|
Bolaning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv ishining maqsadi
- Bitiruv ishining vazifasi
- Bitiruv ishining metodologik asosi
Mavzuning ishlanganlik darajasi.Barcha ta’lim muassasalarida, xususan, maktabgacha ta’lim muassasalarida, o`rta umumiy ta’lim maktablarida hamda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida musiqani idrok etishni tashkil etish muammolari o`zbek va jahon xalqlari musiqashunos olimlari, taniqli pedagoglar va psixologlar tomonidan o`rganilib kelinyapti. Bunda musiqa o`qitish metodikasini ishlab chiqqan mashhur kompozitor D.Kabalevskiy hamda o`zbek musiqashunos olimi, bastakor, mashhur pedagoglarimizdan biri bo`lgan D.F.Omonullayevning xizmatlari juda katta. Ular boshqa musiqashunoslar bilan birgalikda mahalliy uslublarga xos bo`lgan ko`plab o`zbek xalq qo`shiqlari, termalari, laparlari hamda turli bayram va marosim qo`shiqlarini o`rganib, maktabgacha ta’lim muassasalarida hamda o`rta umumiy ta’lim muassasalarida musiqa o`qitish metodikasini ishlab chiqqan edilar. Musiqani ongli idrok etish qonuniyatlari bo`yicha izlanishlarda psixologik yo`naltirish, aniq maqsad qo`yish nazariyasi katta ahmiyat kasb etdi. V.V. Medushevskiy psixologik maqsad qo`yish muammosini tinglovchiga nisbatan ko`rib chiqqan. Ilgarilovchi aks etish masalasida esa Anoxin, Bernshteyn, Sokolov, Feygenberg, Elkonin, Uznadze va boshqalar tomonidan tadqiqotlar olib borilgan Musiqani idrok etishni tashkil etish masalasi musiqa o`qitish metodikasining ajralmas tarkibiy qismi bo`lib, u o`rta umumiy ta’lim maktablaridagi musiqa madaniyati darslarining to`rtta tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida hamda o`rta umumiy ta’lim maktablarida musiqani idrok etishni tashkil qilish masalasi XX asrdan boshlab ancha rivojlandi. Bu borada musiqashunos olimlar tomonidan anchagina risolalar yozilib, ilmiy ishlar qilindi. O`zbekiston prezidenti va hukumati tomonidan musiqa san’atiga ko`rsatilayotgan e’tibor tufayli musiqani idrok etish ni o`rganish ishlariga tobora ko`proq olimlar, musiqashunoslar, sozanda va bastakorlar hamda mohir pedagoglar jalb etilmoqda. Mustaqillik yillarida musiqani idrok etishni tashkil etish uslublarini o`rganish va uni amaliyotda keng qo`llash ishlari tobora kengaymoqda. Bugungi kunda ijod qilayotgan san’atshunoslik fanlari doktori, professor Oqilxon Ibrohimov xalq og`zaki ijodini, xususan, mahalliy musiqa uslublarini o`rganishga katta hissa qo`shish bilan bir vaqtda, musiqa tinglash madaniyati, musiqani idrok etish masalalari bilan ham ijodiy shug`ullanmoqda. U o`z izlanishlarining natijalarini Jamil Sadirov bilan birgalikda 7-sinf uchun yozgan “Musiqa” darsligi (G`.Gulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, Toshkent-2004)ga kiritdi. Musiqani idrok etishni tashkil etish ishlari bo`yicha ko`plab kompozitorlar, musiqiy etnograflar, musiqashunoslar, pedagoglar, psixologlar va ijrochi sozanda hamda xonandalar tomonidan tinimsiz ijodiy izlanishlar olib borilmoqda. Hozirgi vaqtga kelib, butun jahon xalqlarining e`tiborini o`ziga qaratayotgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali 1997-yildan buyon har ikki yilda bir marta Samarqand shahrida o`tkazib kelinmoqda va yildan yilga an’anaviy tus olmoqda. Bu milliy musiqamizning jahon xalqlari tomonidan idrok etilib, e’tirof etilayotganligini bildiradi. Ushbu festivalda Sharq xalqlari musiqiy ijodi namunalari, an’anaviy uslubdagi milliy kuy-qo`shiqlari, mumtoz va zamonaviy milliy musiqa asarlariga xos bo`lgan kuy-qo`shiqlar ham ijro etilib, muvaffaqiyat bilan ishtirok etib kelmoqda. “Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivalida o`zbek xalqi musiqiy ijodi bilan bir qatorda barcha qardosh Sharq xalqlari musiqiy qadriyatlari e’zozlanadi va keng miqyosda targ`ib qilinadi. Shu bilan bir vaqtda “Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivali xalqlar o`rtasidagi madaniy aloqa va do`stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Yuqoridagi fikrlarni xulosalagan holda aytish mumkinki, musiqani idrok etishni tashkil etish ishlari bo`yicha ilmiy izlanishlar hali o`z nihoyasiga yetgani yo`q va bundan buyon bu boradagi ilmiy izlanishlar yanada yangi bosqichga ko`tariladi, deb ishonch bilan aytish mumkin. Bitiruv ishining maqsadi:Musiqani idrok etishni tashkil etish ishlari bo`yicha qilingan va qilinayotgan izlanishlarni, bu boradagi ilg`or pedagoglarning ish tajribasini o`rganish, tahlil qilish hamda musiqani idrok etishni tashkil etish bo`yicha yangi tavsiyalarni ishlab chiqish. Milliy musiqamiz mazmunini idrok etish orqali milliy qadriyatlar, tarbiyaviy-ta’limiy g`oyalar va qarashlarni aniqlash, tahlil qilish hamda ulardagi insonparvarlik va vatanparvarlik kabi dolzarb g`oyalarni yoshlar ongiga singdirish yo`llarini ishlab chiqish. Bitiruv ishining ob’yekti: Musiqani idrok etishni tashkil etish jarayonlarini tahlil etish mobaynida kuzatiladigan ish tajribalari, namunaviy darslar, musiqa mashg`ulotlari hamda shu paytgacha va hozirgi davrda qilinayotgan ilmiy-metodik izlanishlar tahlili. Bitiruv ishining vazifasi:Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqani idrok etishni tashkil qilish jarayonini va metodikasini o`rganish hamda tahlil qilish. O`rta umumiy ta’lim maktablarida musiqani idrok etishni tashkil qilish jarayonini va metodikasini o`rganish hamda tahlil qilish. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida musiqani idrok etishni tashkil qilish jarayonini va metodikasini o`rganish hamda tahlil qilish. O`rta umumiy ta’lim maktablaridagi sinfdan tashqari mashg`ulotlarda musiqani idrok etishni tashkil qilish jarayonini va metodikasini o`rganish hamda tahlil qilish. Kuzatilgan, o`rganilgan tashkiliy jarayonlarni umumlashtirrgan holda tahlil qilish va metodik tavsiyalar ishlab chiqish. Bitiruv ishining metodologik asosi:O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni (1997), “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997), O`zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari va boshqa asarlaridagi mavzuga aloqador bo`lgan zarur tavsiyalar va ko`rsatmalar, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining, O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Respublikada musiqa madaniyatini rivojlantirish bo`yicha chiqargan qarorlari va farmonlari, Prezidentimizning xalqimiz ma’naviy merosidan ijodiy foydalanish haqidagi qimmatli ko`rsatmalari, ilg`or pedagogik tajribalar tahlili va musiqashunos olimlarning shu borada qilgan va qilayotgan ilmiy- ijodiy izlanishlari. Download 399.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling