Xulosa Xulosa
Download 16.9 Kb.
|
xulosa
Xulosa Xulosa qilib aytganda biz bu kurs ishini bajarishimiz davomida tarmoq qurilmalari va ularning vazifalari haqida hamda ethernet, fast ethernet haqida ko’plab ma’lumotlarga ega bo’ldik. Ethernet texnologiyasining boshqa standartlari kabi optik tolali standart ham konsentratorlarni faqat daraxtsimon iyerarxik strukturada ulashga ruxsat etiladi. Konsentratorlar portlari orasida ixtiyoriy halqaga ruxsat etilmaydi. Vaqt o’tishi bilan 10 Mbit/s tarmoq tezligi kompyuter shinasidagi ma’lumot almashinish tezligiga nisbatan kamlik qilib (misol uchun PCI shinasi 133 Mbayt/s tezlikda ma’lumot uzatish imkonini beradi), bunda tarmoqda nafaqat serverlar balki ishchi stansiyalar ishi ham sekinlashishiga olib keldi. 10 Mbit/s standartning eng yaxshi sifatlarini saqlagan holda ishlov berish unumdorligini oshiruvchi yangi Ethernet texnologiyasini yaratish zaruriyati paydo bo’ldi. Natijada klassik standartlarning foydali xususiyatlarini, bundan tashqari CSMA/CD kirish usulini o’zida saqlagan holda 100 Mbit/s tezlikka ega bo’lgan Fast Ethernet texnologiyasi paydo bo’ldi. Fast Ethernet yutuqlari Ethernet texnologiyasining yuqori tezlikli variantiga qiziqishini orttirib yubordi. Uch yildan so’ng esa keyingi variant – Gigabit Ethernet standartlashtirildi. U CSMA/CD usulini qo’llagan holda ajratiladigan muhitlarda ishlay olish imkoniyatini saqlagan holda Ethernet 10 Mbit/s bilan yuqori darajali izchilligi bo’yicha farq qiladi. Faqatgina Ethernet texnologiyasining oxirgi – 10G Ethernet – o’zining ajdodlaridan batamom farq qiladi: xususiy holda u ajratiladigan muhitlarni qo’llab quvvatlamaydi. Shuning uchun ushbu va keyingi boblarda CSMA/CD erkin foydalanish usuliga asoslangan Fast Ethernet va Gigabit Ethernet texnologiyalari ko’riladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati V. Olifer, N. Olifer "Kompyuter tarmoqlari. Prinsiplar, texnologiyalar, protokollar. Foydalanuvchi" (2016), 5-nashr. E. Tanenbaum, D. Weatherall "Kompyuter tarmoqlari" 5-nashr. (2016) D. Kurous, K. Ross "Kompyuter tarmoqlari. Yuqoridan pastga yondashuv" 6-nashr (2016) A. Sergeev “Lokal kompyuter tarmoqlari asoslari” (2016 y.) D. Kurose, T. Ross "Kompyuter tarmoqlari. Tizim ma'muri uchun qo‘llanma" (2016) U. Odom "CCNA ISND2 200-101 sertifikatlashtirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish tizimining rasmiy yo’riqnomasi. Marsrutizatsiya va almashtirish" (2016) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling