Xulosalar metall pullar nazariyasi pul muomalasmi tovar ayirboshlash bilan bir XIL hisoblaydi hamda oltin va kumush o‘z tabiatiga ko‘ra pul hisoblanadi deb ta’kidlaydi
Download 13.85 Kb.
|
narx-navo
XULOSALAR 1. Metall pullar nazariyasi pul muomalasmi tovar ayirboshlash bilan bir xil hisoblaydi hamda oltin va kumush o‘z tabiatiga ko‘ra pul hisoblanadi deb ta’kidlaydi. 2. Pulning nominalistik nazariyasida pullar faqat ichki qiymatdan mahrum boMgan shartti belgilar sifatida ko‘rib chiqiladi. Pulning tovar tabiati inkor etiladi, ulaming kelib chiqishi esa odamlar o‘rtasida ayirboshlash vositasi yoki davlatning qonun hujjatlari natijasi sifatida ko‘rib chiqiladi. Shu sababli pulning davlat nazariyasi nominal nazariyasining bir turi sanaladi. 3. Pulning miqdoriy nazariyasida ta’kidlanishicha, to‘lov vositalari miqdorining o‘zgarishi tovarlar narxi darajasiga bevosita va proporsional ta’sir ko'rsaladi. 4. Bu nazariyalarning har biri u yoki bu nazariya tarafdorlari qaysi funksiyani asosiy hisoblashiga qarab bir taraflamalikka duchor bo‘ladi. 5. Fisher formulas'! oltin tangali standart sharoitida to‘g‘ri bo‘lmaydi, chunki u pullaming ichki qiymatini hisobga olmaydi. Biroq oltinga almashtirilmaydigan qog‘oz pullar muomala qiladigan sharoitda u muayyan mazmun kasb etadi. Asosiy tayanch tushunchalar Merkantilistlar, metallistik nazariya» fiziokratlary oltin muomalasi, oltindeviz sistemasi, «neometallistlar,» nom inalistik nazariya, davlat puli nazariyasi, pulning G.F. Knapp nazariyasi, funksional y o ‘nalish, «boshqariladigan valuta» konsepsiyasi, maxsus o ‘zlashtirish huquqlari - SDR (Special drawing rights), pulning miqdoriy nazariyasi, D. Rikardo qiymatning mehnat nazariyasi, J.M . Keyns pulning m iqdoriy nazariyasi, Sey ayniyati va qonuni, I. Fisher tenglamasi. Nazorat uchun savollar /. Metall pullar nazariyasining mazmunini tushuntirib bering. 2. Merkantilistlarning pul haqidagi fikrlarini tushuntirib bering. 3. Pul bo'yicha nominalistik nazariyaning m azm unini tushuntirib bering. 4. Davlat puli nazariyasining mazmunini tushuntirib bering. 5. Urushdan keyingi davrda davlat puli nazariyasining evolutsiyasi qanday darajada bo'lgan? 6. Maxsus o'zlashtirish huquqlari — SDR (Special drawing rights) nimani anglatadi? 7. Pulning miqdoriy nazariyasi mazmunini qanday tushuntirish mumkin? S. Dj.M. Keyns pulning miqdoriy nazariyasini tushuntirib bering. 9. Sey qonunining mohiyati nimadan iborat? 10. Umumiy muvozanatda ¡.Fisher modelini tushuntirib bering. Download 13.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling