Xulq-atvorning fiziologik asosi bo’lib shartsiz va shartli reflekslar sanaladi. Odamlarda behnat qilish faoliyati hamda jamoa bo’lib yashash bilan uzviy bog’liq holda ikkinchi signal sistemasi rivojlangan. Xulq-atvor ijtimoiy tarixiy – tajriba bilan bog’liq bo’lib. Odamning fe’l-atvori axloq-odob doirasida baholanadigan hatti-harakat sistemasidan iborat. Hayvonlarning o’zini himoya qilish, ozuqa topish, yakka yoki guruh bo’lib yashashi, o’z turiga mansub boshqa jins bilan jinsiy qo’shilishga bo’lgan moyillik va fe’l-atvorining boshqa ko’rinishlari shartsiz reflekslar instinktlar asosida tarkib topadi. Shu bilan birga murakkab tuzilishga ega hayvon fe’l-atvor hayot davomida orttirilgan befarq ta’sirlovchilar bilan shartsiz ta’sirlovchilarning navbatlashishi natijasida hosil bo’lgan tajribalar asosida shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |