Xulq-atvor iqtisodiyoti


 Xulq-atvor iqtisodiyoti va inson faoliyati iqtisodiyoti Xulq-atvor


Download 107.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana16.11.2023
Hajmi107.23 Kb.
#1778005
1   2   3
Bog'liq
Xulq-atvor iqtisodiyoti

1.2. Xulq-atvor iqtisodiyoti va inson faoliyati iqtisodiyoti Xulq-atvor
iqtisodiyoti nima? Xulq-atvor iqtisodiyoti – shaxslar va institutlar qarorlariga
psixologik, kognitiv, hissiy, madaniy va ijtimoiy omillarning ta’sirini hamda bu
qarorlarning klassik iqtisodiy nazariya nazarda tutgan qarorlardan qanday farq
qilishini o’rganadigan fandir. Xulq-atvor iqtisodiyoti va inson faoliyati
3


iqtisodiyoti An’anaviy iqtisodiyotda asosiy sub’ekt “Inson faoliyati iqtisodiyoti”
yoki “Homo ekonomikus” deb ataladigan xayoliy xarakterdir. U o’zining
shaxsiy foydasini xudbinlik yoki oqilonalik bilan maksimallashtiruvchidir.
Aslida insonlar butunlay xudbin emas va ular juda oqil ham emas, chunki,
aksariyat insonlar o’z his-tuyg’ularini iqtisodiy qarorlariga ta’sir qilishiga yo’l
qo’yadilar. Biroq, an’anaviy iqtisodiyotda inson va inson faoliyati iqtisodiyoti
o’rtasidagi tafovut iqtisodiyotni o’rganishni rivojlantirishning muhim omili
hisoblanmaydi. Xulq-atvor iqtisodiyotiga oqilona va xudbin farazlarga
tayanmaydigan iqtisodiyotni o’rganish deb ham ta’rif berish mumkin.
Xulq-atvor iqtisodiyoti psixologiya, sotsiologiya, antropologiya, nevrologiya va
boshqa fanlarning “Homo economicus” yoki “Inson faoliyati iqtisodiyoti” –
ba’zi iqtisodiy nazariyalarda inson o’z manfaati uchun boylikka intiladigan
oqilona shaxs sifatida tavsiflanadi. Inson faoliyati iqtisodiyoti esa oqilona
mulohaza yuritish orqali keraksiz ishlardan qochadigan kishi xattixarakati
sifatida tavsiflanadi nazariyalari hamda natijalarini qo’llaydi, inson faoliyati
iqtisodiyoti haqidagi taxminlar va haqiqiy iqtisodiy qarorlar qabul qilish
o’rtasidagi nomuvofiqlikni ko’rsatish uchun empirik tadqiqotlar, shu jumladan
eksperimental tadqiqotlardan foydalanadi. Ratsional xudbin iqtisodchi faraziga
tayanadigan an’anaviy iqtisod doirasida hal qilib bo’lmaydigan muhim savollar
mavjudligi sababli, bu yangi yondashuv bu taxminni orqada inkor qilishga
xizmat qiladi. Iqtisodiyotning kichik sohasi sifatida xulq-atvor iqtisodiyotining
maqsadlaridan biri siyosatni baholashdir. Biroq, xulq-atvor iqtisodiyotining
asosiy maqsadi insonning xattiharakati va o’zaro ta’sirini chuqurroq o’rganish
hamda shuning uchun ular individual va guruhlarda o’zini qanday tutishini
anglashdir. Muayyan inson o’zining qimmatli vaqtini, daromadini yoki
mol-mulkidan qanday foydalanishni tanlashini kuzatish orqali tanlovini amalga
oshirayotgan shaxs haqida ko’p xulosa chiqarish mumkin. Xulq-atvor
iqtisodiyotida ushbu kuzatishlarni yaxshiroq talqin qilishda nazariyani yaratish
uchun psixologiya, antropologiya, nevrologiya va tegishli sohalarning tajribasini
4


qo’llaniladi. Agar ushbu bilimlarni o’qish orqali o’quvchi atrofdagi insonlar
yoki firmalar haqida chuqurroq tushunchaga ega bo’lsa, maqsadga erishgan
bo’lamiz. Chunki, insonlarni yaxshiroq anglash uchun avvalo ularni tushunish
lozim. Bu yerda ratsional xudbin maksimallashtiruvchi inson faoliyati
iqtisodiyoti haqidagi faraz bilan bog’liq uchta muhim qarashni muhokama qilish
o’rinlidir. Birinchidan, iqtisodchining tovarlar va xizmatlarga bo’lgan
afzalliklari ham ekzogen, ham barqarordir. Agar, imtiyozlar ekzogen desak, ular
iqtisodiy tizimdan tashqari omillar masalan, irsiyat bilan belgilanadi.
Ikkinchidan, inson faoliyati iqtisodiyoti xudbinka asoslangan bo’lsa, lekin hatto
an’anaviy
iqtisodiyotda
ham
ota-onaning
bolaga
nisbatan
altruistik
his-tuyg’ulariga ega bo’lgan holatlar mavjud. Bunday vaziyatda biz qaror qabul
qiluvchini o’zlariga va ularning avlodlariga nisbatan maksimal darajaga
ko’taradigan, xudbin insonning postulatsiyasini saqlab qolgan holda ko’rib
chiqamiz. Uchinchidan, inson faoliyati iqtisodiyotining ratsionalligi ta’rifi keng
tarqalgan ratsionallik ta’rifidan keskin farq qiladi. Shu munosabat bilan, ushbu
matnda biz ushbu farqni ta’kidlash uchun “Inson faoliyati iqtisodiyotining
ratsionalligi” atamasidan foydalanamiz. Ta’kidlash joizki, inson faoliyati
iqtisodiyotining afzalliklari tovar va xizmatlarning yakuniy iste’moliga nisbatan
bo’ladi va bu faqat yakuniy taqsimlashga tegishli degan taxminni o’z ichiga
oladi. Shuningdek, tovarlar kombinatsiyasiga nisbatan afzalliklarni belgilovchi
kichik modifikatsiya (masalan, nafaqat salat yoki gamburger, balki salat va
gamburgerni o’z ichiga olgan menyuga nisbatan) vasvasa va o’zini
modellashtirish imkonini beradi.

Download 107.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling