Xulq atvorning psixofiziologik asosi
Download 455.5 Kb.
|
Xulq atvorning psixofiziologik asosi
Tushlar – uyquda yuzaga keladigan ixtiyorsiz obrazlar bo`lib, ular tez unitilishi yoki uzoq muddatga saqlanishi mumkin.
Orzu – inson ongidagi real va noreal tasavvurlar bilan bog`liqdir. Aktiv xayol – insonning hayotiy rejalarini, xohish – istaklarini amalga oshirishda o`z aksini topadi. Masalan: yangi avtomabil yaratish, GESS qurilishi rejasini tuzish shularga misoldir. Reproduktiv xayolda aniq real vazifani amalga oshirish maqsad qilib qo`yiladi. Unda fantaziya elementlari mavjud bo`ladi. Produktiv (ijodiy) xayol - bizning tajribamizda mavjud bo`lmagan obraz va ob’ektlarni yaratish bilan bog`liq bo`lgan xayol turidir. Masalan: Ixtirochi, yozuvchi yangi narsa yaratadi. Ijodiy xayol - san’atning barcha turlarida ifodalanadi va aks etadi. Tasavvur xayoli deb hozir yoki o`tmishda aslida bo`lgan bo`lsada, lekin bizning tajribamizda hali uchramagan va biz idrok qilmagan narsa va hodisalar to`g`risida tasavvur va obrazlar yaratishdan iborat bo`lgan xayol turiga aytiladi. Xayol jarayoni natijasida xayol obrazlari yuzaga keladi. Ular ertak, ilmiy fantastik, mistik bo`lishi mumkin. Badiiy obraz yaratilish jarayoni ma’lum texnologiyaga ega bo`lib, avval obrazga asos solinadi keyin u ustida analitik ish olib boriladi, so`ng g`oya amalga oshiriladi. Ijodiy xayolda ruhlanish, ilhomning roli juda katta bo`lib, u psixik va nerv qo`zg`alishi, diqqatni maksimal to`plash, irodaga zo`r berish, fikrni aniqligi, xotirani tezligi bilan ifodalanadi. Real xayol tez amalga oshadi. Real bo`lmagan xayol hayotda o`z aksini topmaydigan, mantiqsiz, ma’nosiz obrazlar hisoblanadi. Obrazlarning mustakilligi va orginalligiga karab esga tushiradigan xayol buladi. Esga tushiradigan xael boshkalar tomonidan bajarilgan tasvirlashlar eki aks ettirishlar asosida paydo buladi. Biz kitob ukir ekanmiz, tabiat manzarasini tasavvur kilamiz, avtor tasavvur kilaetgan kishilarni fikran kuramiz. Esga tushiradigan xael xaetda, mexnatda va ukuv ishlarida zarurdir. 4. Xayol insonning barcha faoliyat turlarida (o`yin, o`qish, mehnat) muhim ahamiyatga ega. Xayolning o`ziga xos faoliyati xotira tasavvurlarini tahlil va sintezda namoyon bo`ladi. Xayolning jarayonlariga agglyutinatsiya, aksentirlash, sxematizatsiya, tipiklashtirish kiradi. Agglyutinatsiya – bir necha predmetlarni qismlarini alohida bir yagona obrazda birlashtirish (yopishtirish) dir (Suv pari - boshi, tanasi, ayol, dumi baliq, sochi suv o`tlari). Xayolning murakkab xususiyatlari adabiy obrazlarni yaratishda aks etadi. Xayol jarayonida xotira tasavvurlari kattalashtirish yoki kichiklashtirishda, predmet qismlarini ko`paytirishda ifodalanishi mumkin. Aksentirlashtirish – u yoki bu xususiyatlarga urg`u berish orqali yangi obrazlarni yaratish. Sxemalashtirish - biror bir obrazlarni tasvirlashda umumiy bosh xususiyatlarga to`xtalish. Tipiklashtirish - bir xilda qaytariluvchi faktlarni konkret obrazda namoyon bo`lish. Xayolning xususiyatlari shaxsning ma’naviy qiyofasi to`g`risida hukm chiqarish uchun ham ma’lum darajada imkon beradi. Faktlar hodisalar va boshqalarni ko`rsatishga buyurtirib yuborish yoki kamaytirishga moyillik ko`pincha xayol ustidan nazoratning yo`qligi tufayli ro`y beradi. Bu sifat ayrim bolalarda mavjud bo`lib ular yolg`on gapirganlarida ba’zan haqiqiy narsa bilan xayoldagi narsani aralashtirib yuboradilar. Lekin to`g`ri qo`yilgan tarbiya tufayli bu kamchilik yo`qoladi. Badiiy adabiyotni o`qish – xayolni rivojlantirishni eng yaxshi maktabidir, u xayolni tarbiyalashning kuchli vositasi ham. Xayol buyuk qadriyatdir. Ushbu xususiyatni yosh avlodda rivojlantirish – pedagogik amaliyotning muhim vazifasidir. Xulosa Xayol ong faoliyati bo`lib, mavjud tasavvurlar orqali yangi, hayotda mavjud bo`lmagan obrazlar, ob’ektlarni yaratishdir. Xayolning funktsiyasi – o`tgan tajriba natijalarini qayta ishlashdir. Hech narsasiz xayol mavjud bo`lishi va yaratilishi mumkin emas. Ushbu tasavvurlar xotiradan farq qiladi va xayol tasavvurlari deb ataladi. Xayol eki fantaziya, tafakkur kabi, yuksak bilish jarayonlari qatoriga kirib, kishining o`ziga xos insoniy xarakterga ega bo`lgan faoliyatlarida namayon bo`ladi. Mehnatning tayer natijasini xayolga keltirmay turib, ishga kirishib bo`lmaydi. Istalgan mehnat jarayoni xayolni uz ichiga qamrab oladi. Xayol inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo`lib, mehnatning oxirigi va oraliq mahsulotlarida o`z ifodasini topadi, shuningdek problemali vaziyat noaniqlik ko`rsatgan hollarda xulq atvor programmasini tuzishni ta’minlaydi. Download 455.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling