Xulq-atvorning psixofiziologik asosi
Download 67 Kb.
|
XULQ-ATVORNING PSIXOFIZIOLOGIK ASOSI
Modellashtirish metodi yordami bilan tadqiqot obyektiga kirgan shaxs psixikasiga aloqador barcha o‘zgarishlar, o‘ziga xoslik, o‘zaro bog‘liqlik va o‘zaro ta’sir, izchillik, uyg‘unlik o‘rtasida “gorizontal” yo‘nalishdagi munosabat o‘rganiladi. Jumladan, boshqa odamlar nutqini idrok qilish uchun sezgi, idrok, xotira, tafakkur jarayonlarining bir davrda birga qatnashishi bunga yorqin misoldir. Mazkur jarayonda har qaysi bilish jarayonining ulushi donalanadi yoki uning ahamiyati alog‘ida ta’kidalandi, ularning o‘zaro bog‘liqligi asoslab berildi.
Matematik statistika va extimollar nazariyasining psixologiya sohasida qo‘llanilishi va unda erishilgan muvaffaqiyatlar avvalo har bir metodning ishonchlilik darajasini aniqlash, qolaversa, to‘plangan ma’lumotlarning kay darajada asosli va valid ekanligini isbotlashga yordam beradi. Modellashtirish metodi kuzatish, so‘roq, eksperiment yoki boshqa usullar yordamida o‘rganilayotgan hodisaning tub mohiyati ochilmagan sharoitlarda qo‘llaniladi. Bunda o‘sha hodisaning umumiy xossasi yoki asosiy parametrlari modellashtirilib, usha model asosida tadqiqotchini qiziqtirgan jihat o‘rganiladi va xulosalar chikariladi. Modellar texnik, mantikiy, matematik yoki kibernetik bo‘lishi mumkin. Matematik model asosida o‘rganilgan hodisaga mashxur tadqiqotchilar Veber-Fexnerlarning sezgirlikning quyi va yuqori chegarasini aniqlashga qaratilgan matematik formulasi vash u asosda to‘plangan ma’lumotlar tahlilini misol qilish mumkin. Mantiqiy modellar yordamida ko‘pincha inson aqli va tafakkuri jarayonlari va qonunlarini hisoblash mashinalari va printsiplari bilan kiyoslash orqali tuzulgan g‘oyalar va simvollar ishlatiladi. Kibernetik modellashtirishda esa g‘oyalar psixologiyasini EHM dagi matematik programmalashtirish tamoyillariga moslashtirish nazarda tutiladi. Hozirgi zamon psixologiyasida ilmiy tadqiqot ishlari oldiga kuyiladigan yana bir muhim talab psixik faktlarni o‘rganishda genetik printsipga amal qilishdan iboratdir. Genetik metoddan psixologik tadqiqotda foydalanish namunalari L.S.Vigotskiyning ishlarida berilgan. Egotsentrik nutq kichkina bolaning uz-o‘ziga qaratilgan nutqidir. Aqliy hujum guruhlararo ishlarda qo‘llaniladigan, ko‘plab g‘oyalarni ishlab chiqish mumkin bo‘lgan metoddir.Bu haqiqatdan ham talabalarning o‘quv jarayonida faol ishtirok etishlari turli g‘oyalarni bayon qilish chogida boshqalarni ham kizgin ishga yllashlari, ilxom bilan ishlashlariga imkon beruvchi va unga rag`batlantiruvchi metoddir. aqliy hujum shuning uchun ham faollashtirishning muhim usuliki,unda tanho ishlash mumkin emas, birgina g‘oya guruhning barcha ishtirokchilarini bir xilda o‘ziga tortib oladi. O‘qituvchi mavzu yoki savolni ajratib olishi zarur, keyin esa o‘quv faolligi 5-10 daqiqa oralig‘idagi vaqt chegarasida yengillashtiriladi. Aqliy hujum turli tarzda qo‘llanilishi mumkin: Masalan,qandaydir mavzuni muhokama qilish uchun yangi savol qo‘yish yoki istalgan qandaydir muammoni hal etish uchun. Fikrlar hujumi bevosita jamoa bo‘lib (fikrlar xujumi) («mozgovaya ataka»)olib borish mumkin qadar katta miqdordagi g‘oyalarni yigish talabalarni ayni bir xil fikrlash inertsiyasidan xoli qilish, ijodiy vazifalarni yechish jarayonida dastlab paydo bo‘lgan fikrlarni yengishdir. Bu metod dastlab A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan. Bu metodning asosiy tamoili va qoidasi bahs ishtirokchilari ishlab chiqqan g‘oyalar tanqidini mutloq taqiqlash, har qanday luqma va hazil-mutoyibani rag‘batlantirishdir. Bu metoddan foydalanishning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan o‘qituvchi, ya’ni mashg‘ulot rahbariga bog‘liq. «Fikrlar hujumi» ishtirokchilari miqdori 15 kishidan oshmasligi kerak. Mashg‘ulotning davomiyligi bir soatni tashkil etadi. Yalpi «fikrlar hujumi». Bu metod J.Donal’d Filips tomonidan ishlab chiqilgan.U katta guruhlarda (10dan 20 tagacha bo‘lgan) Yangi g‘oyalar ishlab chiqish samaradorligini sezilarli darajada oshirishni ta’minlaydi. Barcha ishitrokchilar kichik-kichik 5 kishidan iborat guruhlarga bo‘linadi va har bir kichik guruh hal qilinadigan ijodiy vazifa va muammo bo‘yicha 15 daqiqa davomida mustaqil ravishda o‘zaro «Fikrlar hujumi» o‘tkazadi. Shundan so‘ng har bir kichik guruh vakili o‘z guruhlarida ishlab chiqilgan g‘oya haqida axborot beradilar va o‘qituvchi rahbarligida jamoa bo‘lib unga baho beradilar va ulardan eng yaxshilari, betakrorlari tanlab olinadi. Download 67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling