Xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi fanining predmeti va maqsadi


Download 36.5 Kb.
bet2/3
Sana12.02.2023
Hajmi36.5 Kb.
#1191104
1   2   3
Bog'liq
og\'ishgan bolalar psixologiyasi

Fanning vazifalari: Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasini o`rganuvchi metodlar, xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasini keltirib chiqaruvchi omillar, sabablar, xulqi og`ishgan bolalar guruhlari, ta`lim-tarbiya jarayonida ularga yondoshish, xarakter aksentuatsiyasi va uning tiplari, o`smirlardagi salbiy xulq-atvor guruhlari, agressiv xulq, agressiyaga ta`sir qiluvchi omillar, oilada bolalarni to`g`ri tarbiyalash shartlari bilan tanishtirish. Hozirgi zamon ta`lim-tarbiya jarayonida o`smirlar bilan ishlashning o`ziga xos tomonlarini, vositalarini, profilaktika qilish chora va tadbirlarining ahamiyati va o`rni, shaxsni biologik nuqsonlari, psixik kamolotidagi kamchiliklar, tarbiyasidagi nuqsonlar, bilish faoliyatidagi kamchiliklar, maktabdan tashqari muhitdagi nuqsonlarni o`rganish asosiy mezon ekanligini, xulqi og`ishgan bolalarning guruhlarini ajratish, ular bilan ishlash yo`llarini bilishi kerak;
Xulqi og`ishgan bolalarning o`qishga nisbatan salbiy munosabatini shakllanishida rol o`ynovchi qiziqish va o`quv motivlarini ajratish, xarakter aksentuatsiyasi va uning guruhlarini hamda o`smirlardagi salbiy xulq-atvor guruhlarini o`rganish, agressiya va unga ta`sir qiluvchi omillarni o`rganish, jinoyatchilikning kelib chiqish sabablarini voyaga yetmagan o`smirlarda aniqlash, ayblanuvchining ruhiyatini o`rganish ko`nikmasiga ega bo`lishi lozim. Xulqi og`ishgan bolalar bilan ishlash tadbirlarini o`tkazish va ularni qayd qilish, oilada bolalarni to`g`ri tarbiyalash shartlarini ko`rib chiqish, xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasining fiziologik va psixik o`zgarishlari haqida, xulqi og`ishgan bolalarni psixodiagnostika qilish usullari bilan ishlash malakasiga ega bo`lishi kerak.

  1. Me’yor va og’ishgan xulq.

Javob: Og'ishgan xulq
Og’ishgan xulq fenomeni mavjudligining o’zi "ozodlik yoki zaruriyat" dilemmasi faktini tasdiqlaydi, hatto jamiyatning umidlariga qarshi har bir odamning shaxsiy tanlovchi predmeti hisoblanadi. Yana bir ma’lummurakkablik shundaki, og’ishgan xulq muammosi bo’yicha ma’lumotlarni turli fanlar, masalan, sotsiologiya, tibbiyot, xuquq, psixologiya, pedagogikadan izlash lozimbo’ladi. Mavjud bo’lgan adabiyotlar, qoidadagidek, yoki o’ta ixtisoslashtirilgan, yoki o’ta ommaviy xarakterga ega. Og’ishgan xulq psixologiya bo’yicha adabiyotlar unga ta’sir qilishning samarali texnologiyalari ozligi kabi shubhasiz, yetishmaydi. Ushbu qismning asosiy vazifasi "shaxsning og’ishgan xulqi" tushunchasini ta’riflash hisoblanadi. Tushunchani ta’riflash -uning mazmunini ochish, ya’ni mavjud belgilar to’plamini ajratish demakdir. Ta’rifning birinchibosqichi turorqalitur tushunchalarininghajmi bo’yicha aniqlanayotgan tushunchani bir muncha keng yoritishdir.
Me'yor
J.Xodfruaning haqqoniy e’tirofi bo’yicha "Qanday axloqni me`yoriy deb hisoblash mumkin?" degan savol inson axloqini, shu jumladan, oshgan xulqni tushuntirish uchun markaziy hisoblanadi. "Noral", "anormal" axloq tushunchasining ma’nosiga qat’iy ta’rif berish murakkab, ular orasidagi chegara esa o’ta noaniq. Shunga qaramay, ilmda va kundalik hayotda ushbu tushunchalardan birgalikda foydalaniladi. Bunda normal axloq atamasi ostida, qoidadagidek, xafagarchshik bilan bog`liq bo’lmagan, shu bilan birgalikda, ko’pchilik odamlar uchun xarakterli bo’lgan me`yoriy-ma’qullangan axloq tushuniladi. Shunga o’xshash, me`yoriy axloqni quyidagicha bo’lish mumkin: me`yoriy-ma’qullanmagan, patologik. "Me`yoriy" deb qatiy mazmunda ushbu fanda ayni vaqtda qabul qilingan me`yor-etalonga muvofiq keluvchi barcha narsa hisoblanadi. Me`yorlarni olish usullarini ko’pincha mezon deb ataydilar. Eng ko’p tarqalgan va umumiy hisoblangan mezonlardan biri -populyatsiyada uchraydigan tez-tez takroralanishini hisoblash yordamida istalgan ko’rinish uchun me`yorni aniqlashga imkon beruvchi statistik mezon (usul) hisoblanadi. Matematik statistaka nuqtai nazaridan tez-tez, ya’ni 50% foizdan kambo’lmagan holatlarda uchraydigan hamma narsa me`yoriydir. Me`yoriy taqsimot qonuniga muvofiq ravishda 2-3% foiz odamlar "me`yoriy"dan ikki tomon bo’yicha ko’pchilik muayyan bir sifat bo’yicha (intellekt, muloqotchanlik, hissiy turg’unlik) axloqning yaqqol buzilishiga, har ikki tomondan 20 % foizi esa nisbatan katta bo’lmagan og’ishlarga ega.
Shubhasiz, axloqning aniq shakli(masalan, chekish) me`yoriy qabul qilinishi mumkin, qachonki u ko’pchilik odamlarda uchrasa. Haqiqatan, O`zbekistonda chekishni xulq og’ishishiga tegishli deyish o’rinsiz bo’lardi, sababi katta yoshli aholi o’rtasida chekuvchilar chekmaydiganlarga nisbatan ehtimol ko’proqdir.


  1. Download 36.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling