Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi


Download 17.57 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi17.57 Kb.
#1533308
Bog'liq
7-variant Ro\'ziyeva


7-variant
Maxsus sirtqi bo’lim talabalari uchun “Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi” fanidan sessiya oralig`i nazorat ishi topshiriqlari


1 – topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang

  1. Nostandart axloq ko‘rinishi.

1) Nostandart axloq tafakkurning yangi shakli, yangi g’oyalar, shuningdek, axloqning ijtimoiy styereotiplari doirasidan chiquvchi harakatlarga ega bo`lishi mumkin. Bunday shakl garchi aniq tarixiy sharoitlarda qabul qilingan me'yorlardan chetga chiqsada, biroq jamiyatning kyelgusidagi rivojlanishida ijobiy rol o`ynovchi faollikni ko`zda tutadi. Nostandart axloqqa misol qilib, novatorlar, inqilobchilar, oppozitsionyerlar, bilimning qaysidir soqasini ilk ochuvchilarni kyeltirish mumkin. Ushbu guruh qat'iy ma'noda og`ishgan xulq dyeb tan olinishi mumkin emas.

  1. Ijtimoiy moslashmaganlik.

2) Og`ishgan xulqning xususiyatlaridan biri u ijtimoiy moslashmaganlikning
turlicha ko`rinishlari bilan birga boradi. Ushbu axloq kasallik yoki o`limga olib
kelishi shart emas, biroq u tabiiy suratda ijtimoiy moslashmaganlik xolatini
uyg’otadi yoki kuchaytiradi. Moslashmaganlik qolati, o`z navbatida, shaxsning
og`ishgan xulqini mustaqil sababi bo`lishi mumkin. Ko`pincha
“og`ishgan xulq” tushunchasini “moslashmaganlik” tushunchasi bilan
tenglashtiriladi. O`quvchini tarbiyalash va o`qitishning asosiy pyedagogik
vazifalari olamida maktab o`quvchisining og`ishgan xulqi maktabga
moslashmaganlik kabi ijtimoiy moslashmaganlik xarakteriga ham ega.

  1. Deviatsiyalarni namoyon bo‘lish darajalari.

3)Deviant xulq-atvor jamiyatda o’rnatilgan axloq me’yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisa bo’lib, yolg’onchilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, o’z jonigaqasd qilish va boshqalardir.
Sigaret tarkibida 196 xil zararli modda mavjud. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti(JST) tomonidan tamaki passiv narkotik deb e’lon qilingan.
Chekishning xavfli jihatlaridan biri shundaki, uning zarari tezda bilinmaydi. U organizmni sekin-asta zaharlab, uning qarshilik tizimini obdon ishdan chiqarib boradi. Sotsiologik tadqiqotlar ko’rsatishicha, odamla rrohat olish, o’tkir hissiyotlarga kirishish uchun giyohvand moddalarga berilib qoladilar. Giyohvandlar asosan yoshlar ichida ko’p uchraydi. Suitsid bu odamning o’zini-o’zi o’ldirishga harakat qilishdir. Ko’p hollarda suitsid chetga og’uvchi fe’l-atvor sifatida echilishi mumkin bo’magan muammolardan, umuman hayotdan qutulish usuli bo’lib keladi.

Download 17.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling