Xulqlarning afzali, insoniyatning fazilatidur
Download 47.71 Kb.
|
9-sinf Milliy reyting 3-matn
Afv nima? I . Afv deb kechurmakni aytilur. Bir kishi qilgan kamchiliglarini bo‘yniga olub, o‘kunub, kechurmakni so‘rasa, afv qilmak lozimdur. Chunki afv yaxshi xulqlarning afzali, insoniyatning fazilatidur. Janobi Haq Qur’oni karimda avfni maqtab madh qilmishdur. Olijanob kishilar uzrni qabul qilur. Bir kishi qusur va qaboxatini bo‘yniga olub uzr aytsa, afv qilur, kechirur. Kattalik va ulug‘likning lazzati birovdan o‘ch olmakda emas, balki afv qilmakdadur. II. Masalan, Ahmad Mahmudga bir yomon ish qilub dilini og‘ritdi. Mahmud Ahmaddan o‘chini oldi. Bas, Ahmad ila Mahmudning orasidagi yomonlikdagi farq na o‘ldi. Holbuki, har ikkisi ham bir-biriga yomonlik qildi. Har ikkisi ham g‘amlik va parishon bo‘ldi. Bir yomonlik ikki bo‘ldi. Agarda Ahmadning qabohatiga mahmud afv mukofotini bersa, ikkisi ham shod-u masrur o‘lur hamda Janobi Haq afv qiluvchilarni suyar. O‘zi ham afv, maxfirat qiluvchidir. No‘shiravon: “Bir gunoxkorni afv qilmakdan qanday lazzat olganimni hech kimga aytmayman”, – demish. (Abdulla Avloniy, “Turkiy guliston yoxud axloq”) 1-savol: Afv, xulq, afzal, madh qilmoq, uzr, qusur, masrur so‘zlaridan tavsiya etiladigan so‘zlar asosida ma’nodoshlik qatori hosil qiling: аxloq, tarbiya, odob, adab, xulq, xulq-atvor, yurish-turish, yaxshi, durust, tuzuk, maqtamoq, olqishlamoq, ko‘kka ko‘tarmoq, ta’rif-tavsif qilmoq, kechirim, ma’zur, nuqson, kamchilik, xato, yetishmovchilik, mast, shodon, xursand. 2-savol. Ushbu ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar gapda qanday gap bo‘lagi bo`lib kelyapti?
3-savol:Berilgan fikrlarni matn asosida to`g`ri yoki noto‘g`ri ekanligini tegishli ustunga ko`rsating.
Download 47.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling