Lingofon kabineti va arab tili markazi faoliyat ko’rsatadi. Toshkent islom universitetini rivojlantirish jamg’armasi tashkil etilgan (1999).
Toshkent Islom Universitetida
AQSH, Angliya, Fransiya, Gollandiya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Misr Arab Respublikasi, BAA va boshqa davlat universitetlari hamda ilmiy tadqiqotlar markazlari bilan aloqalar o’rnatgan.
Diniy tashkilot - diniy ehtiyojlarni birgalikda qondirish yoki qondirishga ko’maklashish maqsadida tuziladigan va diniy marosimlarni ado etish asosida ish ko’radigan ixtiyoriy, teng huquqli va o’z-o’zini boshqaruvchi uyushma. Ayni vaqtda u fuqarolarning vijdon erkinligini kafolatlovchi tuzilmalardan hisoblanadi. Davlat tashkilotlarning ta’limoti, tarixiy an’analari, diniy uyushmalar tuzilishida tutgan o’rni va roli turli-tuman bo’lishi mumkin. Fuqaroning Davlat tashkilotlariga a’zoligi uning huquqiy maqomini, jumladan boshqa shaxslar bilan tengligini cheklab ko’ya olmaydi. D.t.larning eng muhim belgisi — ularning o’z-o’zini boshqarishidir, ya’ni, ular ma’muriy jihatdan davlat idoralaridan ajratilgan. D.t.larning faoliyati qonunlarga zid kelmasa, davlat ularning ichki aqidaviy ishlariga aralashmaydi. Ular o’z ustav (nizom)lariga muvofiq tashkil topish va ish yuritish, xodimlarni tanlash, tayinlash va almashtirish huquqiga egadirlar. D. t.larning ustavlari ularning tuzilishi, diniy ta’lim va faoliyatning boshqa masalalarini belgilab beradi. Ba’zi D.t.lar iyerarxiya tizimida tashkil topgan emas,
O’zbekiston musulmonlari idorasi, Rus pravoslav cherkovining Toshkent va O’rta Osiyo Yeparxiyasi masjidlar, cherkovlar, o’quv yurtlari, mahalliy tashkilotlar va o’z boshqaruv organlariga ega.
O’zbekistan Respublikasining "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida"gi (1998) qonunida ta’kidlanganidek, O’zbekistan Respublikasi fuqarolarining dinga e’tiqod qilish, ibodat, rasm-rusum va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan ko’ngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy o’quv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqalar.) D.t.lar deb e’tirof etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |