Xurramova madina abdunazar qizi annontatsiya


Download 127.42 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi127.42 Kb.
#1549694
1   2   3
Bog'liq
madiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiii

MUHOKAMA VA NATIJALAR.
Kuni kecha davlat rahbari boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarimizga bo‘lgan e'tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga urg‘u berildi. Turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma'naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Shu bois prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma'lumki, davlat rahbari ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan. Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.
Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash masalalarini nazarda tutadi. Prezidentning joriy yilda Sirdaryo hamda Namangan viloyatlariga qilgan amaliy tashrifi davomida mazkur hududlardagi tuman va shahar kutubxonalariga bir necha yuz ming nusxada badiiy adabiyotlar yetkazib berildi. “Ma'rifat karvoni” tashkil etildi. Yoshlar uchun 25 ming dona kitob, 80 turdagi sport jihozlari va musiqa asboblari yetkazib berildi. Mazkur 5 tashabbus keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Endilikda ushbu tajribani yurtimizning barcha hududlarida keng joriy qilish masalalari muhokama qilindi. Madaniyat vazirligi va Xalq ta'limi vazirligiga hokimliklar bilan birgalikda tuman va shaharlarda madaniyat markazlari va umumta'lim maktablarida yoshlarning qiziqishidan kelib chiqib, qo‘shimcha 1,5 mingta to‘garak tashkil etish vazifasi qo‘yildi. Tashabbuskor iste'dodli yoshlar va mahalliy homiylarni jalb etgan holda, madaniyat markazlarida badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari va “Yoshlar klublari” tashkil qilish zarurligi ta'kidlandi. Taniqli san'atkor va iste'dodli ijodkorlarni tumanlardagi madaniy ishlarga ko‘makchi sifatida biriktirish yaxshi natija berayotganini inobatga olib, bu tajribani butun mamlakatga yoyish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Unga muvofiq, taniqli artistlar tuman va shaharlarga ijodiy maslahatchi sifatida biriktirilib, o‘sha joylarda madaniyat va san'atni rivojlantirishga mas'ul bo‘ladi, tuman va shaharlar hokimlari esa ushbu ishlarga moddiy va tashkiliy jihatdan yordam beradi. Musiqa va san'at sohasida oliy ma'lumotli kadrlarni ko‘paytirish masalasiga ham e'tibor qaratildi. Oliy va o‘rta maxsus ta'lim hamda Xalq ta'limi vazirliklariga muayyan mavzular bo‘yicha tarix darslarini muzeylar, tarixiy obidalar, qadamjo va teatrlarda sayyor o‘tkazilishini tashkil qilish topshirildi. Ikkinchi tashabbusga doir masalalar muhokama qilinar ekan, diyorimizda 12 mingdan ziyod sport inshootlari borligi, lekin yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga qamrab olish darajasi yetarli emasligi qayd etildi. Umumta'lim maktablarining sport anjomlari bilan jihozlanish ko‘rsatkichi mamlakat bo‘yicha 56 foizni, jumladan, Surxondaryo viloyatida 12 foizni, Xorazmda 14 foizni, Qoraqalpog‘istonda 15 foizni tashkil etadi, xolos. Yig‘ilishda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish borasidagi chora-tadbirlar belgilab berildi. Tuman va shaharlar hokimlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga mutaxassislar bilan birgalikda yoshlarning sport turlariga qiziqishi hamda sport inshootlarining jihozlanish darajasini o‘rganib, shu asosda takliflar berish, Vazirlar Mahkamasiga ularni amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar manbasini aniqlash vazifasi yuklatildi. Olis va chekka qishloqlarda yengil konstruksiyali sendvich panellardan kichik sport zallari va sun'iy qoplamali maydonlar qurish, tashabbuskor tadbirkorlarga sport inshootlari tashkil etish uchun yer ajratish zarurligi ta'kidlandi. Bunday tadbirkorlarga O‘zmilliybank tomonidan “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratiladi. Joylardagi sport maktablariga xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘lgan taniqli sportchilarni rahbar etib tayinlash, shuningdek, sportchilarni oliy o‘quv yurtlarining maxsus sirtqi bo‘limlarida maqsadli o‘qitish yaxshi natija berishi qayd etildi. Bolalar va o‘smirlar sport maktablari sonini ko‘paytirish yuzasidan topshiriqlar berildi. Videoselektorda yoshlarni internetdagi zararli xurujlardan asrash, ularni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga o‘rgatish masalalariga ham alohida ahamiyat qaratildi. Kreativlik shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson tafakkuri, ma'naviyatining ajralmas qismi hisoblanadi, u shaxs ega bo'lgan bilimlarning ko'pqirrali ekanligida emas, balki yangi g'oyalarga intilish, o'rnatilgan stereotiplarni isloh qilish va o'zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo'ladi. Ya'ni, berilgan bilimlarni takrorlash orqali kreativlikka erishib bo'lmaydi, ijodiy fikrlash jarayonida yangi fikr, yangi g'oyaning paydo bo'lishi asosiy shartdir. Masalan, ingliz tilida so'zlarni yodlab, grammatika qoidalarini "suv qilib ichib yuborgan" bo'lsangiz ham, insho yozolmasangiz, barchasi bekor. Shuning uchun kreativ fikrlash jarayonida tasavvur muhim rol o'ynaydi. Albert Eynshteyn "Tasavvur - bilimdan muhim" deganida aynan mana shu jihatni nazarda tutgan. Ko'pincha noodatiy fikrlar, yechimlar kutilmaganda inson xayoliga keladi. Buning uchun, avvalo, fikrlash jarayonidagi bir xillikka, odatiylikka barham berilishi lozim. Ta’limning asosiy vazifalari shaxsni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat. Ta’lim inson faoliyatining bir turi sifatida bir necha ma’noni bildiradi. Ya’ni ta’lim oluvchilarda bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilish ularda dunyoqarash, fikr va e’tiqodlarni shakllantirish hamda ularning qobiliyatlarini o’stirishdir. Ta’lim orqali yosh avlodga insoniyat tajribasi orqali to’plangan bilimlar beriladi, zaruriy ko’nikma va malakalar hamda e’tiqodlar shakllanadi. Ta’lim o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo’lib, u ikki tomonlama xarakterga ega, ya’ni unda ikki tomon o’qituvchi va o’quvchi faol ishtirok etadi. O’qituvchi aniq maqsadni ko’zlab reja va dastur asosida bilim, malaka va ko’nikmalarni singdiradi, o’quvchi esa uni faol o’zlashtirib oladi. Bildirish, bilish murakkab, qiyin, ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda inson psixikasiga tegishli sezgi, idrok tasavvur va tafakkur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi va muhim rol o’ynaydi. Ta’lim berish yoshlarga bilim berish. Ularda ko’nikma va malakalarni hosil qilish, ya’ni haqiqatni ocha olishga qodir bo’lgan jiddiy mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir. Bugungi jadal rivojlanayotgan zamonaviy globallashuv va axborotlashuv davrida ta’limni yanada rivojlantirish va takomillashtirishni dars jarayonida innovatsiyalarning turli shakllaridan tatbiq etmasdan turib amaiga oshirish mumkin emas. Innovatsion ta’lim ta’limda birinchi navbatda, ijodiy qobilyatlar, o’z-o’zini rivojlantirish va kreativ fikrlash ehg muhim motivatsiyalardan hisoblanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ijodiy imkoniyatlarini aniqlashda, ularning kreativ fikrlash motivatsiyalarini rivojlantirishda ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyalardan to’g’ri va o’rinli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Kreativlik—lotincha so’z bo’lib, “ijod” yoki “yo’q narsadan yaratish” kabi ma’nolarni anglatadi.
Kreativlik –shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bo’lib, u o’zida muayyan yangilikni, yangi g’oyalarni aks ettirishi kerak. Kreativlik tushunchasi o’zida xilma-xillik, qiziquvchanlikni, tafakkur va noan’anaviylikni aks ettiradi. Bugungi kun boshlang’ich sinf o’qituvchisida ijodkorlik va kreativlik bo’lishi muhim ahamiyatga ega bo’lib, bu jixati uning ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarda ham ushbu sifatlarni shakllantirish va rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining kreativlik fikrlash qobilyati va ijodkorlik xususiyati uning ta’lim jarayonidagi muloqotida,tafakkurida, his-tuyg’ularida va muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi.Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Patti Drapeau nuqtai nazariga ko’ra kreativ fikrlash , ehg avvalo ,muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlashdir. Darhaqiqat, har tomonlama fikrlash o’quvchilardan berilgan turli topshiriq, masala va vazifalarni bajarishda ko’plab g’oyalarga tayanishni talab etadi. Ya’ni topshiriqni bajarish, masalani yechishda o’quvchi yechimning bir necha variantlarini izlaydi, so’ngra ular orasidan eng maqbul birgina to’g’ri yechimga to’xtaladi. Oqituvchining ham dars jarayoniga kreativ yondashuvi o’quvchilarning darsda berilgan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishlari, qo’llay olishlari uchun muhim omil sanaladi. O’qituvchining kreativligi darsda ikki holatni kafolatlaydi:
-Past o’zlashtiruvchi o’quvchilarni , darsda “bir xillik”dan zerikkan o’quvchilar e’tiborini dars jarayoniga jab etish va qiziqtirish
-O’quvchilarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyatni aniqlash va rivojlantirish, rag’batlantirish uchun imkoniyat yaratadi.
Boshlang‘ich sinflarda interfaol metodlar va ta'limiy o‘yinlardan, zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o‘rganganlarini hayot bilan bog‘lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O‘qituvchilarning bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg‘or pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta'lim-tarbiya jarayonini sifatini kafolatlaydi.O’qish darslarni tashkil e’tishda va o’quvchilarning darsda faolligi, qiziqishlarini oshirishda quyidagilarni hisobga olishni tavsiya qilaman:
- Yangi g’oyalar qabul qiling, bir xillikdan qoching, bu darsni boshlashingizdan tortib, o’tilgan mavzuni mustahkamlashda, yangi mavzuni bayon qilishingizda o’z aksini topsin. O’quvchi uchun yangilik bo’lsin. Bu o’quvchida a’lo kayfiyatni va darsga bo’lgan qiziqishini oshiradi.Sinf xonasi o’quvchiga yoqadigan bo’lishi kerak. Sinf xonasining o’quvchiga yoqadigan qilib bezatilishi uning o’zini erkin va qulay his qilishiga yordam beradi.
- Darsni audio va videolardan foydalanib o’tish kerak.
- Darsni hayotga bog’lab o’tish kerak. Oquvchi faqat sinfda o’tirishi kerak emas, vaqti bilan tashqariga olib chiqib dars o’tish ham yaxshi samara beradi. O’quvchi o’zi hayotida ana shu o’rganganlarini qo’llaydi.
- Darslarda sahna ko’rinishlardan foydalanish kerak. O’quvchi keng doirada o’zini tutishni o’rganadi.
Mavzuni o’rgatishda rasmlardan foydalaning. Masalan, bitta hikoya uchun 5 ta rasm. O’quvchi hikoyaning mazmuniga qarab rasmlarni o’rniga qo’yadi.
- Darslarda topishmoq o’yinlardan foydalaning. O’rganish jarayoni xursandchilik bilan o’tadi.
O’quvchini qiyinchiliklarni yengishga tayyorlaydi.
- Ijodkorligini oshirish uchun o’quvchi mavzuga mos ko’rgazmalarni ko’rib tursin, mavzudagi voqea-hodisani tasavvur qila olsin. Bu o’quvchining mavzuga bo’lgan qiziqishini oshiradi.
- O’quvchining diqqatini jalb qilishda ko’rgazmalardan keng foydalanish kerak. Masalan, prezidentasiya qilib ko’rsatish. Darsda o’quvchida oxirgi taassurotni qoldirish bu juda muhim.
- Darsni ertak sifatida olib borish, qiziqarli hikoyaga bog’lab o’tish, o’quvchining yoqtirgan filmiga bog’lab o’tish ham o’quvchining darsga qiziqishini oshiradi.
- Darsda o’quvchilarni turli xil g’oyalarga undang. O’quvchi fikrini erkin aytsin. Bunda guruhlar bilan ishlash metodidan foydalanish yaxshi natija beradi.
- Toqatli bo’lish kerak. Bu o’quvchiga darrov baho berib qo’yishdan saqlaydi. Yana kechirimlilik, mehribonlik, mas’uliyat va o’quvchini eshita olish-bu o’quvchini fanni sevishi va yaxshi o’zlashtirishiga yordam beruvchi omil hisoblanadi.
XULOSA. Xulosa qilib aytganda, har bir kreator va ijodkor boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’z o’quvchilarining kreativ fikrlash qobilyatlarini o’z vaqtida aniqlashi va doimo rivojlantirib borishi shart va zarur.Hozirgi kundagi muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning asosiy maqsadi ham o’quvchi va yoshlarning o’ziga xos kreativ qobilyatlarini aniqlash va rivojlantirishga va ularning bo’sh vaqtini mazmunli, samarali tashkil etishga qaratilgan. Ozod va obod Vatanimizning ertangi kelajagi bugungi o’quvchi yoshlarning qo’lida ekan, buni biz o’qituvchi pedagoglar doimo yodda tutishimiz va o’z kasbimizga sidqidildan yondashishimiz kerak. Ijodiy sermahsullik bazaviy resurs yoxud sohaga bog'liq qobiliyatlar, jumladan, bilim va texnik ko'nikmalar bo'lib, ularni yangicha usulda birlashtirish uchun kerak bo'ladigan qobiliyatlar tayyor qo'llanmalardan voz kecha olish kabi zarur motivatsiyani taqozo etadi. Bu to'rt komponent ham turg'un, ham takomillashtirish va muhitga moyil bo'lgan komponentlardan iborat. O'quvchilarning kreativ fikrlash ko'rsatkichlari ularning tadqiqotchilik qobiliyatlariga qanday bog'liq ekanligini tahlil etish ham o'rinlidir. Xuddi o'quvchi ishtiyoqini o'lchaydigan uslub kabi, uning tadqiqotchilik qobiliyatini ham kompyuterlashgan testdagi xatti-harakatini kuzatishdan olingan (telemetriya) ma'lumotlar asosida tahlil qilish mumkin. O'quv mashg'ulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz kechish, bo'lajak pedagoglarda tanqidiy,kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish,ularni ijodiy fikirlash, yangi g'oyalarni o'ylab topishga majbur qilish ta'lim olishga bo'lgan munosabatni o'zgartirish, ularni yutuqlarga erishishga rag'batlantirishda asosiy omil bo'ladi. O'qituvchining ijodkor va kreativ bo'lishi yoki bo'lmasligi emas, balki darslarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etish, yangi g'oyalarni ta'lim jarayonida sinab ko'rishga intilishi zarur.

Download 127.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling