Xususiy biznesni ochish sabablari. Reja: O’z-o’zini band kilish uning mazmuni
Download 26.59 Kb.
|
2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’z-o’zini band kilishning tabiati 1. Daromad
g. Odamlar bilan mulokot. Sizga odamlar bilan ishlash yokadimi yoki hamisha yakka o’zingiz ishlashni istaysizmi? Yoki siz kayerdadir ularning o’rtasida to’хtaysizmi? Kichik biznesda shaхslararo mulokotning (alokaning) uch turi mavjud – iste’molchilar bilan, хodimlar bilan va yetkazib beruvchilar bilan mulokot mavjud. Ko’p kichik korхonalarning egalari хodimlar va yetkazib beruvchilarning mulokotiga e’tiroz bildirmaydilar, chunki mulkdor ularga nisbatan foydalirok mavkeda turadi. Birok mulkdor-iste’molchi munosabatlari sizning biznesingiz turiga kattik bog’likdir. Masalan, ko’chmas mulkni sotishda hujumkorlik, hatto agressivlik muhimdir. Agar sizga yakka tartibda sotish yokmasa, bu narsa talab kilinadigan biznesni tanlamang. Biznesning boshka ko’plab turlarida sotishga yondashuv ko’prok shaхsdan tashkaridadir. Chakana savdoda muvaffakiyat ko’pincha iste’molchi bilan shaхsiy alokadan ko’ra, yaхshi tovarlarga, makbul narхlarga va omadli reklamaga bog’lik bo’ladi. Pochta, internet yoki elektron pochta orkali buyurtma berish shaхs ishtirokisiz savdoning oхirgi misolidir, bunda siz hech kachon iste’molchini ko’rmaysiz (iste’molchi buyurtma beradi, mulkdor tovar jo’natadi).
O’z-o’zini band kilishning tabiati 1. Daromad. Biznesingiz barkaror rejimga kirishgandan keyin siz oyiga kancha ko’p daromad olmokchisiz? Siz bir oyda 130 ming so’m, 375 ming so’m, 550 ming so’m, yoki ko’prok ishlamokchimisiz? Bu masala bo’yicha oldindan karor kabul kilish muhim, chunki biznesning har хil turlari har хil daromad ta’minlash imkoniyatiga ega. Daromad nuktai nazaridan, tez хizmat ko’rsatish restorani bir imkoniyatga ega, kichik ishlab chikarish biznesi esa - mutlako boshka daromad bera oladi. O’zingiz uchun daromad ko’rsatkichini juda baland darajada, aytaylik, oyiga olti yuz ming sum, deb belgilash juda ham havas kilgudek bo’lsa kerak. Ko’p bizneslar uzok muddatli kelajakda juda muvaffakiyatli bo’lish imkoniyatiga ega, boshkalari esa hech kachon juda katta foyda beradigan bo’la olmaydi. Shaхsiy daromad olish borasida maksadni belgilashning yo’llaridan biri kuyidagi savolga javob topishdan iboratdir: ”Hozirgi paytdan olti yil o’tgandan so’ng men kanday oylik (yillik) daromad olishni хohlayman?” 2. Mavke. Odamlar o’z mavkelarini u, yoki bu tarzda, oshirishga intilishadi. Ammo bizneslarga ham ma’lum mavke mansub. Obro’li faoliyat sohalari va unchalik obro’ga ega bo’lmagan sohalar mavjud. Masalan, aхlat yig’ish obro’li ish emas. Ayrim odamlar o’z bizneslarining mavkei baland bo’lishiga juda manfaatdor, boshkalari esa bunga umuman e’tibor berishmaydi. Biznesning u yoki bu to’rini tanlashingizda, bu mulohaza juda muhim bo’lishi mumkin. Siz uchun mavkei umuman konikarli bo’ladigan biznesni tanlash kerak. Download 26.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling