Xususiy korxona


Download 17.22 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi17.22 Kb.
#1251716
Bog'liq
XUSUSIY FIRMA


Yagona Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona deb e’tirof etiladi. Xususiy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shaklidir.
Siz mamlakatimizdagi xususiy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni osongina ajratib olishingiz mumkin. Chunki mazkur mahsulotlarning ishlab chiqaruvchisi to‘g‘risidagi ma’lumotda firma nomidan keyin «xususiy korxona» degan so‘z yoki «XK» abbreviaturasi yozilgan bo‘ladi.
Xususiy korxona yagona mulkdor tomonidan tuziladi. Mulkdor xususiy korxonaga tegishli mol-mulk beradi va uning ustavini tasdiqlaydi.
Xususiy korxona ta’sischisi faqat jismoniy shaxs bo‘ladi. Bu bir shaxs tomonidan yaratilgan tashkilot bo‘lib, biznes faoliyati ta’sischining o‘z mulklari asosida amalga oshiriladi.
Xususiy korxona faoliyatining o‘ziga xos jihati shuki, u boshqa ta’sischilarning aralashuvisiz, bir kishining yagona rahbarligi ostida amalga oshiriladi. Xususiy korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi.
Xususiy korxona qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning muassisi bo‘lishga yoki ularning ustav fondida o‘zga- cha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar ochishga va filiallar tuzishga haqli
Muldor tomonidan mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, banklarda hisobvaraqlar ochadi, shtatlarni tasdiqlaydi, korxonaning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi
XUSUSIY KORXONANING AFZALLIKLARI

Xususiy korxonaning yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilishi va boshqarilishi

Xususiy korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqarishi natijasida qarorlar qabul qilish tezligining oshishi

Korxona rahbarining o‘zi vaqtinchalik bo‘lmagan taqdirda shu muddatga rahbarlik vazifasini boshqa jismoniy shaxs zimmasiga yuklash mumkinligi

Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laganidan keyin xususiy korxona mulkdori ixtiyorida qoladigan foyda summasiga soliq solinmasligi

Soliqqa tortishning umumbelgilangan va soddalashtirilgan soliq tizimi (yagona soliq to‘lovi)dan birini tanlash huquqiga egaligi

Xususiy korxona egasiga korxonani to‘lig‘icha mulk majmuasi sifatida sotishi yoki hadya etishi yoxud uni tugatib, mol-mulkini alohida sotish huquqi berilganligi

XUSUSIY KORXONANING KAMCHILIKLARI

Xususiy korxonalar faqatgina jismoniy shaxslar tomonidan tashkil etilishi, yuridik shaxs uning mulkdori bo‘la olmasligi

Yuridik shaxs uning mulkdori bo‘la olmasligi natijasida qo‘shimcha mablag‘larni jamlash orqali korxonani kengaytirish imkoniyatlarini cheklab qo‘yilganligi

Xususiy korxona mulkdori korxonaning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda korxonaning majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq to‘liq javobgar bo‘lishi

Korxona kasodga uchraganda barcha qarzlarni va boshqa to‘lovlarni ta’sischining o‘zi to‘laydi. Bu esa tadbirkorga cheklanmagan mas’uliyat yuklaydi

Xususiy korxonaning ustaf fondi eng kam bazaviy hisoblashning 10 baravarini tashkil etadi. Bu ustaf fondini bir yil muddatda shakllantirish lozim aks holda korxona tugatiladi.
Download 17.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling