Xususiy korxonada tikuvchi bo‘lib ishlayman
Download 33.59 Kb.
|
elmurod
Xususiy korxonada tikuvchi bo‘lib ishlayman. ventilyatsiya va isitish moslamalari mavjud bo‘lmagan 2x2,5 metr maydonni tashkil qiladigan xonada ishlayman Shu sharoitda ishlashim mumkin yoki mumkin emasligini qanday aniqlasam bo‘ladi? Men ishlaydigan fabrika rahbariyati menga imtiyozlari ko‘proq va ish haqi yuqoriroq bo‘lgan yangi ishga o‘tishni taklif qildi. Men albatta bunga rozi bo‘lgim kelayapti, lekin bu yerda biron bir ma’lumot yashirinayotgan bo‘lishi mumkin, deb shubhalanayapman. Mening yangi ish joyidagi sharoitlar to‘g‘risidagi savolimga, menga barchasini mehnat shartnomasiga imzo qo‘yganimdan keyin bilishimni aytishdi. Ushbu ma’lumotlar bilan yangi ishga kirishishimdan oldin tanishib chiqish huquqiga egamanmi? Men fizika o‘qituvchisi bo‘lib o‘rta ta’lim maktabiga ishga kirmoqchiman. Ishga kirish uchun mehnat shartnomasini imzolashim kerak, lekin undan oldin menga tibbiy ko‘rikdan o‘tishga yo‘llanma berishdi. Aytingchi, tibbiy ko‘rikdan o‘tmasam bo‘ladimi va buni rad qilsam qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? Men ikkinchi guruh nogironiman. Maktabda matematika o‘qituvchisi bo‘lib ishlayman. Menga yangi ish taklif qilishdi. Agar men o‘qituvchi bo‘lib ishga kirganimda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lsam, yangi ishga o‘tishimda yana tibbiy ko‘rikdan o‘tishim shartmi? Ertaga ishxonamizda xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari lozim. Men ham tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlar ro‘yxatidaman. Tibbiy ko‘rikdan o‘tish jarayonida shifokorlarning maslahatlari va xizmatlari uchun pul to‘lashim kerakmi? Ko‘zim yaxshi ko‘rmasligi sababli II guruh nogironi hisoblanaman. Men bir korxonaga kommutator operatori bo‘lib ishga kirmoqchiman. Korxonaga qo‘ng‘iroq qiluvchilarga javob berish va ularni mutaxassislar bilan bog‘lash — asosiy vazifam hisoblanadi. Men dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rikdan o‘tishni rad qilishim mumkinmi? Kadrlar bo‘limi boshlig‘i 17 yoshga to‘lgan shaxsni ishga qabul qilish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqib, ishga qabul qilishdan oldin majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerakligini aytdi. Uning bu harakatlari qonuniymi? Yana qanday turdagi ishchilar dastlabki tarzda majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari kerak? Onamning yoshi 56 da. Ish joyida tibbiy ko‘rikdan o‘tish shart bo‘lganligi uchun, uni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishmoqchi. U oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan bo‘lsa, u tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shartmi? Oxirgi paytlarda turmush o‘rtog‘im tez-tez kasal bo‘layapti. Fikrimizcha, uning sog‘lig‘i mehnat sharoiti bilan bog‘liq holda yomonlashgan. Biz uni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqchi bo‘ldik, lekin buning uchun ko‘p pul talab qilinsa kerak deb xavotir qilayapmiz? Menga tegishli bo‘lgan internet-kafeda tekshirish o‘tkazilganda, tekshiruvchilar xodimlarning texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qiganliklarini tasdiqlovchi hujjatlarni so‘radilar. Ularning harakatlari qonuniymi? Axir bizning faoliyatimiz xavfli ishlab chiqarish bilan bog‘liq emas. Mening qizim uydan ancha uzoq joyda ishlaydi va kech qaytadi. U mustaqil harakatlana olmasligi, nogironlik aravachasidan foydalanishini hisobga olib qizim rahbariyatidan uni ishdan ertaroq qo‘yib yuborishini so‘rashi mumkinmi? Otam II guruh nogironi. U olti oydan buyon haftasiga 40 soatdan ishlaydi. Otam ish soatini qisqartirishni so‘rab ish beruvchiga murojaat qildi. Lekin, ish beruvchi uning murojaatini rad qildi. Ushbu holatda otam sudga murojaat qilishi mumkinmi? Men ta’tilga chiqib, qishloqqa ota-onamning oldiga bormoqchiman. Mening II guruh nogironi ekanligimni inobatga olsak menga ta’til muddati bo‘yicha qanday imkoniyatlar berilgan? Tashkilotimizda bayram va dam olish kunlariga navbatchilik jadvali tuzildi. Ammo, navbatchilik jadvalida mening familiyam qayd etilmagan. Ushbu holat mening nogiron ekanligim bilan bog‘liqmi? Men ish vaqtida korxonamizning bir binosidan ikkinchisiga o‘tayotganimda muzga sirg‘anib qo‘limni qayirib oldim. Sudga murojaat qilmoqchiman, lekin ish beruvchi menga ushbu holatni tasdiqlovchi xujjatlarni berishni rad etmoqda. Ish beruvchining harakatlari to‘g‘rimi va men qanday qilib ish beruvchidan rasmiy javob olishim mumkin? «Ish joyi» va «ish o‘rni» tushunchalari bir xil ma’noni anglatadimi? Download 33.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling