Xususiyatlar xulosa foydalanilgan adabiyotlar ròŸxati


Download 109.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana22.06.2023
Hajmi109.34 Kb.
#1649328
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5213210499063233153

 
 
 
5
Qayumov A., Nodir sahifalar. Navoiyning kam o‘rrganilgan ba’zi asarlari to‘g‘risida. – 
Toshkent: Fan, 1991. – 144b


18 
 
II- BOB NAVOINING NA‘T ĜAZALLARI VA ULARGA XOS 
XUSUSIYATLAR 


19 
XULOSA 
Hamd va na’t g‘azallari talqin va tahlillaridan ulug‘ shoir iymoni komillik darajasiga 
yetgani ko‘rinib turibdi. 
Navoiy hamd va na’tlarni shunchaki an’ana uchun yaratgan emas. Avvalo, ulug‘ 
mutafakkir falsafasida Olloh va payg‘ambar masalasi ayricha ahamiyatga ega. Uning 
dunyoqarashini aniqlashda Ollohga va payg‘ambarga munosabatini chetlab o‘tishning 
sira iloji yo‘q. 
Lekin, afsuski, shu paytgacha shoirning hamd va na’tlariga yetarli ilmiy e’tibor 
bermay kelinayotgan edi. Birinchidan, bu asar yo qismlarni Navoiy shunchaki hukmron 
mafkura ta’sirida yozgan, degan qarash bor edi. Ikkinchidan, ko‘p ommaviy nashrlarda 
aynan ana shu hamd va na’tlar qisqartirib tashlangan. 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin shoir ijodining ahamiyati ortdi. 
Chunki, bobokalonimizning har bir fikri, nuqtai nazari, hayot va odamzod, dunyo va 
oxirat haqidagi qarashi bugun o‘z qomatini qayta tiklayotgan xalqimiz uchun zarur. 
'Milliy istiqlol mafkurasini endilikda ana shu ulug‘ millatdoshimiz ijodisiz tasavvur 
qilish ham, yaratish ham amri mahol. Shu tariqa endilikda shoir merosining 
har bir satri, bayti, ishorasini ham talqinu tahlil etish davri boshlandi. 
Shuni dadil aytish mumkinki, hamd va na’tlar mohiyatiga yetmasdan Alisher 
Navoiyning olam, odam va Olloh haqidagi qarashlari tizimini anglab olish sira mumkin 
emas. 
Navoiy g‘azallarini tasniflarga bo‘lib o‘rganish shu asarlar mohiyatiga yetishni 
osonlashtiradi. Chunki har bir g‘azalning o‘z ichki badiiy-mantiqiy tizimi mavjud. 
Hamd g‘azallarda shoir Olloh u dunyoyu bu dunyoni yaratuvchi buyuk zot ekanligini 
ta’kidlab o‘tadi. 
Mana bu baytda Ollohning qudrati bilan otalar, onalar paydo bo‘lganligi aytilyapti: 
Bahona ummohot o‘ldiyu obo, yo‘hsa sun’ungdin Ato birla anog‘a ne atovu ne 
ano paydo. 


20 
(«Badoe’ ul-vasat», 2-g‘azal).
«Xazoyin ul-maoniy»ning birinchi devoni — «G‘aro- 
yib us-sig‘ar», ikkinchisi — «Navodir ush-shabob», uchin-chisi — «Badoe’ ul-
vasat», to‘rtinchisi — «Favoyid ulkibar». Devonlardagi g‘azallarni o‘rganish davomida 
shuni kuzatdikki, «Favoyid ul-kibar»ning so‘nggi g‘azali faqat shu devonninggina 
emas, butun «Xazoyin ul-maoniy»ning oxirgi g‘azali hisoblanadi. Gap shundaki, bu 
g‘azal devondagi an’anaga zid ravishda joy-lashtirilgan. «Xazoyin ul-maoniy»ning 
so‘nggi g‘azali_na’t. Shu tariqa «Chor devon» g‘azaliyoti Olloh hamdi bilan 
boshlanib, payg‘ambar na’ti bilan tugallanadi. 
Endi mana shu «Favoyid ul-kibar»ning so‘nggi g‘azalidan o‘qiymiz: 
Sening madoyihi na’tingda, yo Rosululloh, Tamom bo‘ldi Navoiy takallumi 
poki. 
(«Favoyid ul-kibar», 650-g‘azal).
Bu baytda shoir bevosita rasulullohga murojaat qilgan bo‘lib, sening madhingda na’t 
aytib, Navoiyning pok so‘zi tamom bo‘ldi, deydi. Shundan xulosa qilish mumkinki, bu 
g‘azalni Navoiy ana shu «Xazoyin ul-maoniy»ning so‘nggi g‘azali tarzida joylashtirish 
maqsadi bilan m a x s u s yozgan. Bu fikrimizni navbat- 
dagi bayt to‘la quvvatlaydi: 
Bu to‘rt daftarida hamdu na’t aro xalali, 
Gar etmish o‘lsa ayon tab’u kilki beboki. («Favoyid ul-kibar», 
650-g‘azal). 
Bu baytning mazmuni shuki, to‘rt daftar deganda shoir «Xazoyin ul-maoniy»ning 
to‘rt devonini ko‘zda tutgan. 
«G‘aroyib us-sig‘ar» devonidagi bir g‘azalda shoir na’t aytish ham ma’rifat 
ekanligini ta’kidlaydi: 
Sen kimu na’tin demak, til asrag‘il ko‘p nuktadin, Ey Navoiy, ma’rifatni qilma har 
ne bor xarj. 


21 
(«G‘aroyib us-sig‘ar», 94-g‘azal).
«Favoyid ul-kibar»dagi bir g‘azalda esa shoir na’t 
yozish ilm talab qilishini qalamga olgan: 
Chun Navoiy na’ting ayturg‘a tilar bo‘lg‘ay ilm, 
Ne ajab gar. bo‘lsa bot olimlar ichra a’lame. («Favoyid ul-
kibar», 575-g‘azal). 
Xulosa qilib aytish mumkinki, hamd va na’t g‘azallarni Navoiy «Qur’on»i karimdagi 
oyatlarga tayanib yozgan. 
Agar hamd g‘azallar kishilarni Olloh yagonaligiga, uning yo‘qdan bor, bordan yo‘q 
qiluvchi zot ekanligiga imon keltirishga da’vat etsa, na’t g‘azallar Muhammad 
payg‘ambardek mukammal, illatlardan xoli, komil inson bo‘lishga undaydi. 
Bu g‘azallar ma’naviy dunyomizni boyitishga xizmat qiladi. Chunki iymon ham 
mukammallik ham ma’naviyat-ga kiradi. 


22 

Download 109.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling