Xususiyatlarini bilish zarur
Qoidaga ko‘ra, chet el turistlik tashriflarida turistlarni sug‘urtalash o‘z ichiga qo‘yidagilarni oladi
Download 1.31 Mb.
|
Xususiyatlarini bilish zarur
Qoidaga ko‘ra, chet el turistlik tashriflarida turistlarni sug‘urtalash o‘z ichiga qo‘yidagilarni oladi:
chet el tashrifi davrida to‘satdan kasal bo‘lganda yoki baxtsiz holatlarda turistga birinchi tibbiy tez yordam ko‘rsatish; tegishli tibbiy nazorat ostida uni sifatli davolashga qodir bo‘lgan yaqin atrofdagi shifoxonaga eltib qo‘yish; ishonchli tibbiy nazorat ostida turistni doimiy istiqomat qiladigan davlatga qaytarish; shifoxonadagi nazorat va uning oilasini bu to‘g‘rida ogohlantirish; agar tibbiy preparatlarni shu joyda topish imkoniyati bo‘lmasa unga yetkazish; shifokor – mutaxassisning maslahat xizmatlari (zarurat bo‘lganda); betob bo‘lib qolgan turistni yoki uning jasadini u doimiy istiqomat qiladigan mamlakatga eltish bo‘yicha transport harajatlari to‘lovi; turist mulkini vataniga qaytarish; chet eldagi fuqarolik va jinoiy ishlarni tergov qilishda turistga huquqiy yordam ko‘rsatish. turist to‘satdan sog‘lig‘i yomonlashsa yoki uning oilasidan yaqin qarindoshlaridan biri yoxud o‘zi vafot etsa; turist mulkiga atrof muhit yoki uchinchi shaxs ta’siri natijasida zarar yetkazilsa; tashrif buyurishga mo‘ljallangan davrda turistni sud ajrimlarida ishtiroki; harbiy majburiyatni bajarish uchun chaqirilsa; hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha talablarni bajarishda tashrif ruxsatnomasini (viza) olmasa; shartnomada ko‘rsatilgan boshqa sabablar bo‘lsa. Yuqoridagilardan xulosa qilib, tajribaga ega bo‘lgan turist sug‘urta kompaniyasi bilan sug‘urta shartnomasini tuzishdan oldin qo‘yidagi masalalar bilan tanishib, qiziqib ko‘rish maqsadga muvofiqdir: mazkur sug‘urta tashkiloti chet el kompaniyalari bilan hamkorlikda ishlash to‘g‘risidagi shartnomaga egami? chet el sheriklari tomonidan o‘zbek turistlariga qanday xizmatlar, qanaqa shartnomalarda ko‘rsatiladi? Shaxsiy avtomobilida chet elga tashrif buyurganda «yashil karta» deb nomlanuvchi sug‘urtaning o‘ziga xos turi rasmiylashtiriladi (Sharqiy Yevropa davlatlarida «ko‘k karta»). Bu sug‘urta «yashil karta» to‘g‘risidagi shartnomaga a’zo ( davlatlar hududida kuchga ega hisoblanadi. Bu davlatlar barcha Yevropa va qator Sharq davlatlaridir, mazkur davlatlarga «yashil karta» siz turistlar qo‘yilmaydi. «Yashil karta» – agar turist yo‘l transport hodisasida aybdor bo‘lib hisoblansa, uchinchi shaxs hayoti va mulkiga yetkazilgan zararni sug‘urtalashdir. Tibbiy polisga va qo‘shimcha tarzda turist «avtomobil attestatsiyasi» haydovchiga yordam sug‘urtasini rasmiylashtirishi mumkin, unda mashina buzilgandagi harakatlar, yo‘l transport hodisasida, kasallik tufayli mashinani boshqara olmaslik (sug‘urta kompaniyasi haydovchi taqdim etadi) remont (ta’mirlash) shatakka tortish va h.k.lar qayd etiladi. Sayohatlarni sug‘urtalashni asosiy turlarini turistlarga turli imkoniyatlar beruvchi sug‘urta badallari ta’rifini uch vaziyatiga ega bo‘lgan «Travel Guard Gold ® Int» Amerika sug‘urta kompaniyasi misolida ko‘rib chiqamiz. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling