Xv – XVII asrlarda Fransiya Reja: XVI xvii asrlarda Fransiya davlatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tuzumi
Download 58 Kb.
|
XV – XVII asrlarda Fransiya
XV – XVII asrlarda Fransiya Reja: XVI - XVII asrlarda Fransiya davlatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tuzumi XVI asrda Fransiyada siyosiy feodal tuzum va iqtisodiy hayot XVI-XVII asrlarda Fransiyada mavjud bo'lgan siyosiy hokimiyatning mazmuni qo'yidagi iborada o'z ifodasini topgan edi: «Xudoning irodasi shuki, har qanday qaram bo'lib tug'ilga o'ylab o'tirmasdan bo'ysunmog'i lozim». Fransiyada mutloq monarxiya qaror topishi bilan General shtatlar o'zini avvalgi ahamiyatini yo'qotdi. Qirollarning o'ziga qolsa, vakillik organlarini butunlay yo'q qilardilar. Biroq buning iloji yo'qligi uchun ularning mamlakat siyosiy hayotiga ta'sirini kamaytirishga urinar edilar. Bunga erishganlar ham. Angliya parlamentidan farqli o'laroq, Fransiyada General shtatlar doimiy faoliyat ko'rsatuvchi davlat organiga aylana olmadi. Keyinchalik u juda kamdan-kam holatlarda, faqat kuchli zarurat tug'ilgandagina chaqiriladigan bo'ldi. 1614 yildan boshlab butun XV asr davomida esa biror marta ham chaqirilmadi1. Bu hodisa Fransiyada qirol hokimiyati Angliya qiroli hokimiyatidan ham kuchliroq boiganligini isbotlaydi. Lyudovik XIV bekorga «davlat - bu men» demagan edi2, qirol qarorgohidagi bog'larga o'rnatilgan haykallar ham uning buyukligini eslatib turishi lozim bo'lgan. Hatto Yupiter haykali Lyudovik XIV ning yuziga o'xshatib ishlangan. Fransiya qirolligida har ikki cherkov ham faoliyat ko'rsata boshlaydi. XV asr boshlarida Lyuter ma'lumotiga mos g'oya tarqaldi. Mamlakatda «Injil»ning fransuzcha tarjimalari paydo bo'ldi3 . Ibodatxonalarda duolar ona tilida o'qila boshlanadi. Shu tariqa vaqtlar o'tishi bilan Fransiya ichki dushman lagerga - katoliklar va protestantlar lageriga bo'linib qoldi. Fransiyada protestantlar, gugenotlar deb atalgan. Mamlakat shimoli va qirol xonadoni katoliklar tomonida, Janubiy Fransiya esa gugenotlarniki bo'lib qoldi. Gugenotlar hammani o'z dinlariga tortishga intildilar. Ular maxfiy bosmaxonalar tashkil etib, varaqalar chop etdilar va uni butun mamlakat bo'ylab tarqata boshladilar. Reformatsiya Fransiyada shu tariqa kirib keldi. Katolik cherkovi protestantlikning tarqalishini dushmanlik bilan qarshi oldi. 1562 yilda qirolning qarindoshi, katoliklar rahnamosi gersog Giz o'zining ko'p sonli qo'riqchilari bilan Vassida potestant gimnini ijro etayotgan protestantlariga hujum qildi. Oqibatda 20 dan ortiq protestantlar o'ldirildi,100 dan ortig'i esa yarador qilindi. Bu voqiya Fransiyada 32 yil davom etgan diniy urushlarning boshlanishga turtki bo'ldi4. Bu diniy urush mamlakat boshiga katta kulfat keltirdi. Mamlakatda yovuzlik, jaholat kuchaydi. Gugenotlarga juda katta talofat keltirildi. Shunday bo'lsa-da gugenotlar qirolni yon berishga majbur etdilar. 1570-yilda tomonlar kelishuvga erishdilar. Qirol yarashish ediktiga imzo chekdi . Gugenotlarga katoliklar qatorida davlat mansablarini egallash huquqi, diniy marosimlarni to'siqsiz yetkazish erkinligi berildi. Biroq bu erishilgan tinchlik uzoqqa chuzilmadi. Chet davlatlarning aralashuvi vaziyatni yanada chigallashtirdi . Urushning oldini olish uchun qirol Karl IX gugenotlar yetakchisi Genrixga o'z singlisi Margaritani turmushga berishga qaror qildi. To'y marosimi 1572- yilning avgustiga belgilanadi. Biroq katolik mutaassiblari shu voqiyadan foydalanib, gugenotlarning barcha rahbarlarini qirib tashlashni zimdan rejalashtirdalar. 24 avgust kechasi gugenotlar qirg'ini uyushtirildi. 3 kunlik qotillik davomida 30 ming kishi -qurbon boidi. Bu voqeya Fransiya tarixiga «Varfolomey kechasi» nomi bilan kirdi. Shu voqealardan keyin Fransiyada protestantlik taqiqlandi . Rim Papasi bu xabarni quvonch bilan kutib oldi. «Vorfolomey kechasi»mamlakatdagi diniy urushga chek qo'ymadi. Urushning davom etishi muqarrar edi. Chunki gugenotlar taqdirga tan bermadilar. Gugenotlar Fransiyani bo'lib tashlashga qaror qildilar va mamlakat janubida o'z davlatlarini tuzdilar. Bu davlatni qirol xonadonining qarindoshi, gugenot Genrix qarindoshi, gugenot Genrix Navarsskiy boshqardi. Gugenotlar yaxshi qurollangan qo'shin tuzishdi. Genrix Giz esa qattiq harbiy intizom o'rnatilgan katolik liga tuzdi5. Katoliklar fitna tayyorlay boshladilar. Unga ko'ra, qirol olib qochilar va majburan monax qilinardi. Taxtni esa Genrix Giz egallashi lozim edi. Biroq qirol Genrix III Genrix Gizni o'ldirtirishga muvaffaq bo'ldi. Katolik cherkovi Genrix III ning bu ishini kechira olmas edi. O'ldirilganlar «azob chekkan avliyolar» deb e'lon qilindi. Cherkov dindorlarga fuqarolarning Genrix III ga sodiqlik qasamyodidan ozod qilinganliklarini e'lon qildi. 1589 yilda Genrix III o'ldirildi. Taxtni protestantlikdan chiqib, katolik mazhabiga o'tgan Genrix Navarsskiy Genrix IV nomi bilan egalladi (1589- 1610). U katolik mazhabini qabul qilmasdan Parijga borib taxtga o'tira olmasligini yaxshi bilardi. Genrix IV o'zining kuchi, qobiliyati va ta'siridan har ikki cherkov qavmlarini qo'shib tashladi. Diniy urushlarni to'xtatish va mamlakat yaxlitligiga erishish uchun 1598 yilda Nant ediktini imzoladi. Ediktda katoliklar davlat dini deb e'lon qilingan bo'lsa-da gugenotlar quvg'in qilinmaydigan bo'ldi. Mamlakatda diniy murosasozlikka erishildi. XV-XVII asrlardan Fransiyada iqtisodiy rivojlanish davri boshlandi. Feodal munosabatlari yemirilib, sanoat va qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish munosabatlari rivojlana boshlandi. Feodallarning siyosiy ta'siri pasayib, Fransiya qirollarining hukmronligi kuchaydi. XVII asrga kelib Fransiya G'arbiy Yevropaning eng kuchli feodal absolyutizm davlatiga aylandi. Uning mustamlakalari Amerikada (Kanada, Vest-Indiya) va Hindistonda paydo boidi. XVIII asrda savdo-sotiq va sanoat yanada rivojlanishi bilan mahalliy hukmdorlar shu qadar mustahkamlandiki, endi u dvoryanlarning tanho hukmronlik qilishini hohlamay qo'ydi. Feodal tartiblar, qishloq xo'jaligining rivojlanishidagi asosiy to'siqqa aylana boshladi, sanoatning rivojlanishini qiyinlashtirdi. (Inqilob arafasida Fransiya aholisi 25 milionga yaqin edi . Uning asosiy qismi 84 % i qishloq aholisi. Shaharlarda atigi 2 million kishi yashardi. Jami daromadning 3|4 qismidan ko'prog'ini qishloq xo'jaligi berardi. Yerlarning deyarli hammasi dvoryanlarning va cherkovning mulki edi). Senyordan ketish yoki uning ustidan hech yerga arz-dod qilib bo'lmas edi. Senyor dehqonlarni o'zi yoki o'zi tayinlagan izmiga yuradigan sudyalar sud qilardi. Barcha dehqonlar cherkov foydasiga ko'p miqdorda soliqlar to'lar yoki pul va natura tarzida hosilning o'ndan bir qismini berardilar. Davlat soliqlari ham haddan tashqarii ko'p edi - har yili yer hosilining yigirmadan bir qismi - jon solig'i va tuz puli undirib olinardi6. Dehqonlarning feodal to'lovlari va senyor foydasiga ishlab berish, davlat soliqlari va hosilning o'ndan biri cherkovga to'lanishi dehqonlar daromadining kata qismini o'marib ketar, ularni xonavayron qilar, qashshoqlikka solar, ekinzorlarni kengaytirish va yaxshilash vositasidan mahrum qilar edi. Shu tariqa feodal tartiblari qishloq xo'jaligini o'stirish uchun to'siq bo'lib qoldi. (1774 yilda qirol Lyudovik XIV vafot etgach, o'rniga nabirasi Lyudovik XVI taxtga o'tirdi) Lyudovik XVI qirol sifatida o'ta layoqatsiz va kamhafsala kimsa edi. Uning xotini qirolicha Mariya -Antuanetta Avstriya imperatorining singldisi edi. Qirol Lyudovik XVI irodasiz bo'lganligi uchun qirolicha Mariya-Antuanetto ta'siri ostida edi.(zamondoshlarning ma'lumotiga ko'ra, Lyudovik XVI qirolligi davrida oddiy fuqarolarning, ayniqsa dehqonlarning ahvoli nihoyatda og'ir bo'lgan. Mamlakatda tez-tez ocharchiliklar tufayli isyonlar bo'lib turgan.) 1777 yilgi hisob-kitoblarga qaraganda, Fransiyada bir million yuz ming atrofida qashshoqlar va gadolar bo’lgan7. Yersiz va kam yerli dehqonlarning ahvoli o'ta ayanchli boigan, ular dvoryanlar va ruhoniylarga ko'plab soliqlar toiashga majbur boiganlar. qirol va qirolicha xazina bo'shab qolgach, xalqqa yangi-yangi soliqlar solganlar. Mariya- Antuanetta xalq orasida «Defitsit xonim» laqabini olgan.Lyudovik XVI xalqdan pul undirish yo'llarini izlab, nima qilishini bilmay, 1789 yil may oyida General shtatlarini (XIV-XVII asrlarda Fransiyadagi tabaqachilar hukumatining oliy organi) chaqirishga majbur boidi. O'z tarkibiga ko'ra General shtatlari Angliya parlamentiga o'xshab ketadi. Ular o'rtasidagi farq shundaki Angliya parlamenti deyarli vaqt-vaqti bilan chaqirilib, bir necha yuz yillardan beri faoliyat ko'rsatib kelgan, General shtatlari esa tez-tez chaqirib turilmagan. Agar Angliya parlamenti ikki palata - jamoa palatasi va lordlar palatasidan iborat bo'lsa, General shtatlari bir palatadan iborat bo'lib, uch toifa -ruhoniylar, dvoryanlar va uchinchi - o'rta tabaqalarga mansub kishilardan tashkil topgan. 1789 yil 4 mayda qirol Lyudovik XVI Versalda General shtatlari majlisini ochdi. Ammo uchinchi toifaga mansub boigan deputatlar ingliz parlamentining qirol Karl I ga qarshi olib borgan kurashi tajribasi hamda Shimoliy Amerika Kongressining (lotincha «kongressus» uchrashuv, majlis ma'nosini anglatadi. Bu yerda so'z AQSH ning qonun chiqaruvchi organi, parlamenti to'g'risida ketyapti) Angliya qiroli va parlamentiga qarshi kurashiga tayanib, qirol Lyudovik XVI dan xalqdan General shtatlarining ijozatsiz soliq yigishni mann qilishni talab qilishdi. Bu Lyudovik XVI uchun qattiq zarba edi. Qirol General shtatlarini chaqirganligiga pushaymon boidi, ammo vaqt o'tgan edi. Qirol deputatlarni zaldan haydab chiqarishni buyurdi, ammo uchinchi tabaqa deputatlari konstitutsiya ishlab chiqilmaguncha tarqalib ketmasligiga tantanali ravishda qasamyod qildilar. Dvoryanlarning ilg'or qismi uchinchi tabaqaga qo'shildi. Iyun oyida uchinchi tabaqaga mansub deputatlar o'zlarini Millat majlisi deb, ko'p o'tmay Ta'sis majlisi deb e'lon qildilar8. Endilikda bu majlis ham qonunlar chiqarishga davo qilayotgan edi. Lyudovik XVI podsholigi davrida Fransiyada absolyut (cheklanmagan) monarxiya ravnaq topib, so'ngra inqirozga keta boshlagan edi. Parij yaqinida Lyudovik XIV buyrug'i bilan hashamatli Versal saroyi qurilgan edi. Feodal zodagonlar qirolga qarshi isyon ko'targan zamonlar o'tib ketgan edi. Endilikda zodagonlar Versalda to'planib, mansab-martaba, pensiya, mukofotlar so'rab olmoqda edilar va o'zlarining g'ujg'on o'ynashlari, dabdabali unvonlari, serhasham liboslari bilan podshoning qudratini namoyish qilmoqda edilar. Saroy amaldorlarining libosi qimmatbaho narsalar bilan shu qadar bezatilgan ediki, ba'zan uning og'irligi 20 kilogrammdan oshib ketardi. Saroydagi ko'pdan-ko'p mansablar orasida qirol hassasining qo'riqchisi kabi mansablar ham bor edi. Bu mansablarni egallagan amaldorlar oladigan maosh bilan kichikroq bir shahar aholisini boqishi mumkin edi. Saroy hayoti bazmlar va o'yin kulgular bilan to'lgan bo'lib, ularda qatnashuvchilarning hashamli zeb-ziynati ko'zni qamashtirardi. Saroy hushomadgo'ylari Lyudovik XIV ni "Quyosh qirol» deb atardilar . O'ziga juda ham ortiq bino qo'ygan korolning o'zi esa «Davlat - bu mening o'zim der edi"9. Lyudovik XIV podsholik qilgan dastlabki o'n yil mobaynida feodal isyonlariga xotima bergan korol mutlaq hokimiyati Fransiyaning iqtisodiy yuksalishiga yordamlashdi. Lyudovik XIV ning ministri Kolber yirik manufakturalar tashkil etishini, dengiz floti hurishni, tashqi savdoni rivojlantirishni rag'batlantirardi. Fransiya muvaffaqiyatli urushlar olib borib, Flandriyaning bir qismini va Elzasni o'ziga qo'shib oldi. Biroq doimo olib borilayotgan urushlar, saroyning aqlsizlarcha zeb-ziynatga berilib ketishi Fransiyani zaiflashtirib qo'ydi. Xalq qashshoqlasha bordi. Lyudovik XIV bir qancha og'ir harbiy magiubiyatlarga uchradi. Korol o'lganda, xalq qahr-g'azabining toshib ketishidan qo'rqib , uni shosha-pisha dafn etdilar. Poytaxt uning evarasi Lyudovik XV ga o'tdi. O'zining sinfiy harakteri jihatidan absolyut monarxiya - dvoryan feodallar sinfming diktaturasi (kuchli hokimiyati) dir. Fransiya feodal monarxiyasi o'zining 500 ming kishilik armiyasi, Versalning dabdabasi, aristoktatlarning zeb-ziynati bilan 2 Semyonov V. O'rta asrlar tarixi. T. 1973, 6-553. 3 Semyonov V. O'rta asrlar tarixi. T. 1973, 6-554 4 Jo'rayev U., Farmonov R., Ergashev Sh. Jahon tarixi, T., 2006, 6-27. 5 Semyonov V. O'rta asrlar tarixi. T. 1973, b-542-543. 6 Farmonov R. Sodiqov O. Jahon tarixi, T., 2001, b-28. 7 Farmonov R. Sodiqov O. Jahon tarixi, T., 2001, b-29. 8 Farmonov R. Sodiqov 0. Jahon tarixi, T., 2001, b-30 9 Yefimov A. Yangi tarix. T., 1982, b-47. Download 58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling