Xvi bob. Evolyutsion ta’limotning amaliy va nazariy ahamiyati
Evolyutsion ta’limotning metodologik asosi
Download 35.37 Kb.
|
Evolyutsion ta’limotning metodologik asosi
Darvin organik olamning tarixiy rivojlanishi bilan birga organizmlarning muhitga moslanishini ham ilmiy asosda tu-shuntirib, biologiyaning keng ko‘lamda rivojlanishiga yo‘l ochib berdi. Evolyutsion nazariyaning ilmiy mohiyati shun-dan iboratki, u biologik evolyutsiyaning murakkab jarayon-larini irsiy o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish, alohidalanish kabi moddiy omillar yordamida izohlab berdi. Evolyutsiyani harakatlantiruvchi kuchlarning moddiyligini tan olish evolyutsion ta’limotning ilmiy nazari-yaga aylanishida muhim ahamiyat kasb etgan. Evolyutsiya jarayoniga olib keluvchi asosiy ziddiyat populatsiya tarkibiga kiruvchi sifat jihatdan farq qiluvchi individlar bilan muhit o‘rtasidagi ziddiyatlardir. Bu ziddiyat ichki ziddiyat bo‘lib, tuzilish darajasining yuksalishi bilan bu munosabatlar ku- 359 chaya boradi. Organizm bilan muhit o'rtasidagi ziddiyatlar yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish, mavjud va yangi moslanishlaming paydo bo'lishi bilan bartaraf qilinadi. Organik olamdagi evolyutsiya qarama-qarshilik kurashi mavjud tuzilish, forma va hokazolarni saqlash bilan, ularning yangi sharoitda o‘zgarishi o‘rtasidagi ziddiyatni bartaraf etish natijasi ekanligini qayd etish zarur. Evolyutsion ta ’limot or ganik olam doimo harakatda, o‘zaro munosabatda va qara-maqarshilikda ekanligini atroflama ochib berdi. Organik olamdagi tarixiy rivojlanish yuzaki qaraganda tasodifiy hodi-salarga, to ‘sat dan paydo bo‘ladigan o‘zgarishlarga asoslan-sada, aslida u tabiiy tanlanish orqali ma’lum yo'nalishga kiradi. Molekular genetik darajadagi muqarrar va qonuniy o‘zgaruvchanlik yashash uchun kurash individlarning qirilishi darajasida butun evolyutsion jarayon uchun qonuniy va yo‘nalishli bo‘ladi. Evolyutsion ta ’limotda rivojlanish jarayoni bir tomondan uzlukli, miqdor, ikkinchi tomondan, sekin va tez sodir bo‘luvchi sifat o'zgarishlarini almashlab turishi nati jasi ekanligini qayd etish kerak. Evolyutsiyani harakatlanti-ruvchi kuchlar rivojlanayotgan sistemalarning har biri, chunonchi, populatsiya, tur, biogeotsenoz ichida bo‘lishi is-honchli dalillar bilan tushuntirib berildi. Evolyutsiyaning boshqa ko'pgina muammolari, xususan, eski tuzilishning yangi tuzilishga o‘tishi, rivojlanishning yo‘nalishli va yo‘nalishsizligi, progress va regress, evolyutsi yaning qaytarilmasligi, qaytarilishi ham falsafiy tavsifga ega. Evolyutsiyaning asosiy yo‘nalishi mayda irsiy o'zgarishlar tanlanish tufayli yig'ila borishi hisobiga amalga oshadi. Shunday qilib, boshqa biologiya fanlariga nisbatan evolyutsion nazariya rivojlanishning umumiy qonunlarini o'rganuvchi falsafa (dialektika) bilan chambarchas bog'liqdir. Rivojlanishning dialektika konsepsiyasi evolyutsion nazariya uchun metodologik asos bo‘lishi bilan birga o‘zi ham evolyutsion ta ’limot m a’lumotlarini hulosalab takomillashtira boradi. 360 Evolyutsiya jarayonining hal qilinmagan ko‘pgina ma salalari bor. Ulardan biri turning bir ekologik sharoitdan boshqa ekologik sharoitga o‘tish sabablarini aniqlashdir. Ba’zi evolyutsionistlar ontogenetik reaksiya keng ko'lamda beqaror bo‘lishini, boshqalari preadaptatsiyani, uchinchilari о‘zgaruvchanlikning safarbarlik rezervini va tanlash hodisa-sini bunga asosiy sabab deb ko‘rsatmoqdalar. Evolyutsiya asosiy omillarining tabiiy tanlanishga bo‘lgan munosabatini aniqlashda ham olimlar orasida yakdillik yo‘q. Ba’zi olimlar evolyutsiyaning Download 35.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling