Xvi XIX asrning birinchi yarmi


Download 460 Kb.
bet87/93
Sana23.02.2023
Hajmi460 Kb.
#1223658
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   93
Bog'liq
8 O\'zbek

Me'morchilik. Qo'qonda me'morchilik rivojlanib bordi.Buxorodan bir guruh binokorlar taklif etilib, ko'plab madrasa, masjid, maqbara, karvonsaroy, ko'piik va muhtasham binolar bunyod etiladi. Xalq orasida Madrasayi Mir nomi bilan mashhur bo'lgan Norbo'tabiy madrasasi, Daxmayi Jahon ansambli, Norbo'tabiy va Modarixon daxmalari hozirgacha saqlanib kelmoqda.
Umarxon Turkiston va lining atroflarini Oroldan Yettisuvgacha egallab, Oqmasjid (Qizil O'rda), Avliyoota (Jambul), Pishpak (Bishkak) qal'alarini bunyod etdi. Qo'qonda va boshqa shaharlarda ko'plab binolar qurilgan. Norbo'tabiy madrasasi (1798), Madalixon madrasasi, Madrasayi Kamol qozi (1820), Madrasayi Tunqotar, Madrasayi Haqquli mingboshi (1825), Madrasayi Miyon hazrat, Madrasayi Mohlaroyim, Madrasayi Hakim To'ra (1795), Madrasayi Xonxoja eshon (1789), Madrasayi Buzrukxoja (1801), Madrasayi Pirmuhammad yasovul (1802), Madrasayi Xojabek (1805), Madrasayi Oxund devonbegi (1805), Madrasayi Mingoyim (1802), Madrasayi Jome (1817) shularjumlasidandir.
XIX asrning birinchi yarmida Toshkentda ham muhtasham me'moriy-diniy inshootlar qurilishi, eskilarini ta'mirlash ishlari keng ko'lamda olib borildi. Baroqxon va Ko'kaldosh madrasalari qayta ta'mirlandi. Shayx Xovondu Tohur me'moriy majmuasi hozirgi ko'rinishda shakllantirildi. Zayniddin bobo uchun yangi maqbara qad ko'tardi. Yunusxo'ja qarorgohi Eski O'rda buzilgani sababli yangi markaz — Qo'qon O'rdasi bunyod etildi.
Savollar
1. Qanday tarixiy asarlar yozilgan? Ularni daftaringizga qayd eting.
2. Qo'qonda qanday me'moriy binolar bunyod etilgan?
3. Nima sababdan Toshkentda yangi o'rda — Qo'qon O'rdasi barpo etildi?

VIII BOB. O'RTA OSIYO DAVLATLARINING XALQARO MUNOSABATLARI
Mavzu: XVI—XVIII asrlarda xalqaro munosabatlar
Xuroson raqobat maydoni. XVI asrda Osiyoning bir-biriga tutash qismida uch siyosiy kuch kurash maydoniga chiqqan edi. Bular — Movarounnahrda shayboniylar, Eronda safaviylar va Hindistonda boburiylar edi. Xalqaro va o'zaro munosabatlarda bu uch sulola manfaatlari to'qnashib, raqobatchilik kuchayib bordi.
Ularning manfaatlari to'qnashgan nuqta Xuroson edi. Chunki Xuroson ham harbiy-siyosiy, ham savdo-iqtisodiy jihatdan muhim o'rin tutar edi. Bundan tashqari, Xuroson — Movarounnahr, Eron va Hindiston yo'nalishida o'ziga xos darvoza vazifasini ham o'tar edi. Xurosonni nazorat qilish masalasida shayboniylar va safaviylar o'rtasida keskin kurash ketgan.
Bu masalada Muhammad Shayboniyxon, Ubaydullaxon va Abdullaxonlar davrida shayboniylar ustunlik qilganlar. Keyinchalik safaviylarning qo'li baland kelgan va oxir-oqibatda, ular Xurosonni Movarounnahrdan ajratib tashlashga muvaffaq bo'lganlar.

Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling