Xvi XIX asrning birinchi yarmi


Qo 'qon va Xitoy munosabatlari


Download 460 Kb.
bet89/93
Sana23.02.2023
Hajmi460 Kb.
#1223658
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
Bog'liq
8 O\'zbek

Qo 'qon va Xitoy munosabatlari. O'rta Osiyo xonliklaridan Qo'qon xonligining Xitoy bilan munosabatlari ham do'stona emas.edi. Bir tomondan, Sin imperiyasi 1755—1759- yillar mobaynida Sharqiy Turkistonni o'ziga bo'ysundirib, Qo'qon xonligini kuchsizlantirishga urinardi. Ikkinchi tomondan, Qo'qon xonligi Sharqiy Turkistonda o'z hokimiyatini o'rnatishga intilib, Sharqiy Turkiston sari o'z chegarasini tobora kengaytirib borayotgan edi. Ayniqsa, XIX asrning 20- yillarida Qo'qon — Xitoy munosabatlari yanada keskinlashdi. Bunga Qo'qon xoni Muhammad Alixonning sharqiy turkistonliklarning Jahongirxo'ja boshchiligida Sin imperiyasiga qarshi 1825- yilda boshlangan milliy-ozodlik kurashiga aralashuvi sabab bo'ldi.
Xitoy hukumati 1829- yilda Qo'q'onning Sharqiy Turkistonda yuritadigan savdo ishlarini taqiqladi, o'rta osiyolik savdogarlarning aksariyat qismini haydab, ularning mulklarini musodara qildi.
Bunga javoban Qo'qon xoni Muhammad Ali sharqiy tur­kistonliklarning Xitoyga qarshi ozodlik kurashi rahbari Jahongirxo'ja va uning ukasi Yusufxo'ja ixtiyoriga Haqquli boshchiligida qo'shin jo'natadi. Natijada, Yusufxo'ja Qashg'arni egallaydi va Yorkentni egallash uchun harbiy harakatni davom ettiradi. Bu hol Xitoy hukumatini qattiq tashvishga solib qo'yadi va Yusufxo'jaga qarshi katta qo'shin yuboradi.
Qo'zg'olonchilarning safida mustahkam birlik yo'qligi hamda Buxoro — Qo'qon munosabatlari yomonlashuvi oqibatida Qo'qon xonining Sharqiy Turkistonga yuborgan qo'shinini chaqirib olishi tufayli Yusufxo'ja mag'lubiyatga uchraydi.
Oqibatda, Yusufxo'ja Sharqiy Turkistonni tashlab chiqadi.U bilan 70 ming uyg'ur oilasi Farg'ona vodiysiga ko'chib keladi.
Qo'qon xonligi o'z chegaralarini tobora Sharqiy Turkiston tomon kengaytirish siyosatini davom ettirgan. Ayni paytda Sin imperiyasi moliyaviy qiyinchiliklar tufayli Qo'qon xonligiga qarshi ochiqdan ochiq urush harakatlari olib borishga qodir emas edi. Natijada, 1832- yilda Pekinda Xitoy-Qo'qon shartnomasi imzolangan. Unga ko'ra, Qo'qon Jahongirxo'ja avlodlarini Sharqiy Turkistonga o'tkazmaslik majburiyatini olgan.
Xitoy esa Sharqiy Turkistonda qo'qonlik savdogarlar faoliyatini taqiqlashni bekor qilgan. Ikkinchidan, Qo'qon savdogarlariga Sharqiy Turkistonda boj to'lamasdan savdo qilish huquqi berilgan. Uchinchidan, Sharqiy Turkistondan Qo'qon savdogarlari chiqarib yuborilganda ulardan tortib olingan mol-muiklari evaziga Qo'qon xoniga tovon to'langan. To'rtinchidan, Sharqiy Turkistonda savdo qiluvchi o'rta osiyolik savdogarlar to'laydigan to'lovlarni yig'ib olish huquqi Qo'qon xonligiga berilgan.
Savollar
1. Qanday omillar Buxoro xonligi bilan Hindiston o'rtasidagi elchilik va savdo munosabatlarining faollashuviga sabab bo'lgan?
2. Xonliklarning Afg'oniston bilan munosabatlari haqida so'zlab bering.
3. Qo'qon va Xitoy munosabatlari haqida nimalarni bilib oldingiz?
4. 1832- yilgi Xitoy — Qo'qon shartnomasida qanday shartlar qo'yilgan edi?

Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling