Xvi-xixasrning birinchi yarmida Qoraqalpoqlar Bexistun yozuvlarida miloddan avvlgi VI asrda hozirgi Qoraqalpogiston hududida saka tigraxauda (cho‘qqi kigiz qalpoqli)qabilalari yashab o'tganligi haqida ma'lumot beriladi


Download 17.69 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi17.69 Kb.
#1552880
Bog'liq
referat tarix


XVI-XIXasrning birinchi yarmida Qoraqalpoqlar Bexistun yozuvlarida miloddan avvlgi VI asrda hozirgi Qoraqalpogiston hududida saka tigraxauda (cho‘qqi kigiz qalpoqli)qabilalari yashab o'tganligi haqida ma'lumot beriladi. VI -VIII asrlarda Orol dengizi atroflarida bijanak va o guz etnik guruhlari shakllandi. Ana shu bijanaklar qoraqalpoqlarning ajdodi hisoblanadi. VIII-X asrlarda qoraqalpoq halqi tashkil topa boshlagan davrda, Orol atrofi Kerder viloyati deb atalgan. 1221 yilda Chingizxon qo'shinlari Urganchni egallab, Amudaryo to gonini buzib tashladi. Endi Amudaryo Kerder viloyati tomon emas, garb tarafga oqa boshlagan: ekin yerlarining qurib qolishi sababli qoraqalpoqlarning bir bo lagi Volga va Yoyiq daryolari bo‘ylariga, Qora dengiz qirg‘oqlari, Sirdaryo yoqalari sari kuchayib ketganlar. XII-XIII asr rus yilnomalarida qoraqalpoqlar ‘‘cherniye klobuki‘‘sharq manbalarida ‘‘qora bo'rkli‘‘ tarzida tilga olinadi. XIV asr oxirlarida qoraqalpoqlar Volga va Yoyiq daryolari oraligida tashkil topgan No goy (Mangit) xonligi tarkibida bo'lganlar. No‘g‘oy xoni Idigu (Yedigey) 1419 yilda o'Idirilgach, taxt talashishlar natijasida xonlik kuchsizlandi. No‘gpoy xonligida mangitlar tarkibida yashagan qoraqalpoqlar o'troq va yarim ko chmanchi xalq edi. No‘goy xonligini qoraqalpoqlar boshqargan.
XVIasr oxirida No‘gpoy xoni Ismoil avlodlari o'rtasida hokimiyat uchun kurash kuchaydi. Shu kurash davomida O'rmambetbiy o'ldirilgach, XVII asrboshlarida Tinaxmadning avlodi Eshtarak Mirzo hokimiyat tepasiga keladi. Uning davrida ham o'zaro urushlar to‘xtamadi. Ulug‘ No‘g‘oy o'rdasi Azov va Kuban, Kaspiy va Terek daryolari oraligida ko‘chib, o'troqlashib turadi. 1613 yili No‘goylar Urluk boshchiligidagi qalmoqlarning hujumiga duchor bo ladi. XVII asrning 30 yillarida qalmoqlar Volga va Orol daryolari quyi oqimlarini egallagach yaylovlaridan ajralgan no g‘oylar g‘arbga Qrim tarafga kopchishga majbur bo‘ladi.
No‘g‘oylarning Olti ulusi Sharqqa, Orol dengizi bo ylariga kelib o'rnashadi. XVIIasr oxirida qoraqalpoqlar Sirdaryo bo'yiga kopchib kelganlar.
1714 yilda Sirdaryo bo'ylarida qoraqalpoqlar Eshimxon(EshMuhammad) ni xon ko targanlar. Bu davlat Sirdaryoning quyi oqimi, Volga bo'yi qalmoqlari, Boshqirt ulusi va qozoq xonlari bilan chegaradosh bo'lgan .
1714 yilda Sirdaryo bo‘ylarida qoraqalpoqlar Eshimxon

(EshMuhammad) ni xon ko‘targanlar. Bu davlat Sirdaryoning quyi oqimi, Volga bo'yi qalmoqlari, Boshkurt ulusi va qozoq xonlari bilan chegaradosh bo Igan. 1722 yilda qoraqalpoqlar Jungor qalmoqlari hujumiga duchor bo Idilar. 1723 yili Jungor qalmoqlari qozoqlar yurtiga bostirib kirdilar. Qozoqlar uch tarafga bo‘linib ko chib ketdilar. Sirdaryo qoraqalpoqlari ham qozoqlarga qo shilib, bir guruhi Orol tarafga, ikkinchi bo‘lagi Sirdaryo bo'ylab yuqoriga Toshkent tarafga siljilishga majbur bo'ladi: Fargona vodiysiga kelib o‘troqlashdi. Qoraqalpoq xonligiga Orol bo‘ylari ham qaragan. Eshimxon Qorao zak tumanida Eshimyop kanalini qazdirgan. 1715 yili Xiva taxtiga Shergozi o'tirgach, Orol bo'ylarini o'ziga bo'ysundiradi. 1723 yili qoraqalpoqlar Shohtemir boshchiligida xonga qarshi qo'zg‘olon ko‘taradilar va shunda Shergozi o'Idiriladi. XVIII-XIX asrlarda Amudaryoning sharqiy tarafidan oqib, Orol dengiziga quyilgan Ko ko zak daryosi bo yidagi ko psonli qoraqalpoqlar bilan orollik o'zbeklarda dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik gullab yashnagan. Mazkur daryo bo'yida Oqyoqish nomli qabilalar uyushmasi vujudga keladi. Oqyoqish oti bilan mashhur bo lgan hozirgi Taxtako‘prik tumani hududida saqlanib qolgan qal'ani halq Oydo‘st qal'a deb ataydi. Hujjatlarda XVII-XVIII asrlardagi qoraqalpoq xonlari orasida Kuchukxon, Taburchak sulton bo Igani eslatiladi. 1709 yili Taburchak sultonning o'gli Toyib sulton Iris Muhammad qoraqalpoq hukmdori bo‘lgan.


1747-1748 yillari Abulxayrxon qoraqalpoqlar ustiga chopovul yasagan: ularning bir qismini Talas daryosining bo'yiga ko chirib keltirib, dehqonchilik bilan shugullanishga majbur qilgan. Qoraqalpoqlarning asosiy qismi Yangidaryo va Quvondaryo bo'ylarida dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik qilib kun kechirishgan. Muhammad Rahimxon I Xiva xonligini markazlashgan, iqtisodiy kuchli davlatga aylantirish maqsadida Yangidaryo bo'yidagi qoraqalpoqlar ustiga qo‘shin tortgan, qoraqalpoq zodagonlarini o'ztarafiga og‘dirishga harakat qilgan. Shuningdek natijasi o'laroq qoraqalpoq biyi Oydo‘stbiyning Yangidaryo bo‘yidagi qoraqalpoqlarni Orol bo yiga ko chirib keltirishga yordam bergan. Amudaryo etaklarida yashovchi qoraqalpoqlar ham Xiva xonligi qaramog‘iga o'tgan.
XIXasrningbirinchi yarmida qoraqalpoqlarning ijtimoiy-siyosiy hayotida jiddiy o'zgarishlar yuz bera bordi. Bu o'zgarish avvalo ularning endi ko proq dehqonchilik bilan shugullana boshlashida namoyon bo‘ldi
Qoraqalpoqlar hayotida baliqchilik muhim ahamiyat kasb etadi. Endilikda baliqchilarning qishloqlari vujudga keldi. Sol ustiga qurilgan suzib yuruvchi uylar paydo bo Idi. Bu davrda hunarmandchilik ma'lum darajada qaddini rostlab bormoqda edi. Qoraqalpoqlar endilikda olacha, dagal ip gazlama mato, gilam to qiy boshladilar, yogochdan turli buyumlar yasay boshladilar, teri pishirdilar, egar, yugan, ayil, kigiz tayyorlash bilan shugullandilar.
XIX asrning o'rtalarida bir boy qoraqalpoqning qo'rgoni atrofida bozor paydo bo Idi, keyinchalik bu yerda Chimboy shahri barpo etildi. O'zining qulay geografik holati tufayli shahar ma'muriy markazga aylandi. Qoraqalpoqlar ijtimoiy hayotida urug-qabilachilik an'analari ustun edi. Yerga jamoa egaligi hukmron edi.
XIX asr boshlarida qoraqalpoq yerida yangi-yangi uruglar vujudga keldi. Masalan, 1810 yilda el qabilasidan chiqqan kiyotli qoraqalpoqlar biyi Ekinlikning 400-500 o'toviga ko'nqirot va mangitlardan200 o'tov qo'shilgan. Bunday holat boshqa o'tovlardaham sodir bo Igan. Natijada 14 ulus deb nom olgan yirik uruglararo birlashma tashkil topgan.
XIX asr o'rtalaridan boshlab qoraqalpoq yerida ham urug qabilachilik munosabatlarida o'zgarish boshlandi. Ayni paytda yerga jamoa bo lib egalik qilish ham barham topa boshladi. Endilikda uning o'rnida yirik zamindorlik qaror topdi. Ular orasida 15 ming tanobgacha yerga egalik qiluvchilar ham bor edi
XIX asr boshlaridan boshlab Xiva xonligi qoraqalpoqlarni o'ziga tobe etish uchun kurash boshladi. 1803 yilda xon Eltuzar qabilalararo nizodan foydalandi va qoraqalpoqlarning xitoy qabilasini bo'ysundirdi.
1811 yilda qoraqalpoqlar Xiva xonligi tarkibiga kirganlar. Xon qoraqalpoqlar yerida qal'alar qurdira boshladi. Qoraqalpoqlar endi xon uchun harbiy majburiyat o'taydigan bo‘Idilar. Urush davrida qoraqalpoqlar 1000 nafardan 2000 nafargacha navkar yetkazib berish majburiyatini oldilar. Bundan tashqari, urush paytida har bir xo jalik qozon soligi degan soliq to lashga, sugorish inshootlarini qurish va ta'mirlash ishida ishtirok etishgan .
1811 yilda qoraqalpoqlar Xiva xonligi tarkibiga kirganlar. Xon qoraqalpoqlar yerida qal'alar qurdira boshladi. Qoraqalpoqlar endi xon uchun harbiy majburiyat o'taydigan bo‘Idilar. Urush davrida qoraqalpoqlar 1000 nafardan 2000 nafargacha navkar yetkazib berish majburiyatini oldilar. Bundan tashqari, urush paytida har bir xo jalik qozon solig‘i degan soliq to‘lashga, sugorish inshootlarini qurish va ta'mirlash ishida ishtirok etishga duchor etilganlar. Qoraqalpoqlar 1827 yilda xonga qarshi qo'zgolon ko tardilar. Qo'zgolonga qoraqalpoqlarning eng badavlat toifalariga mansub Oydo‘stbiy rahbarlik qilgan. Muhammad Rahimxon I davri (1806-1825) da Oydo‘stbiy yuqori mansabga ko‘tarilib, saroyga yaqinlashgan. Muhammad
Rahimxon taxtga o'tirgan kuni unga zarbof to'n, oltin sopli xanjar sovga qilingan.U barcha qoraqalpoq halqining biyi darajasiga ko tarilgan. O'shanda Orol, Qo'ngirot eli To'ramurod so'fi boshchiligida mustaqil bo‘lishga harakat qilgan. Bu harakat oldidan Oydo stbiy xondan yordam so'ragan. Xiva xoni yordamida Oydo stbiy Oqyoqish bo yida (Hozirda Taxtako'prik tumanida) ulkan qo'rgon qurdirgan.
Qo'zgolon oldidan qoraqalpoqlar orasida soliq yigish uchun Gadoyniyoz mahram yuborilgan. U qoraqalpoqlarning xitoy qabilasi boshligi Bekpo‘latbiydan qo'zgolon tayyorlanayotgani to grisida eshitadi. Shundan keyin mahram qo'ngirot qabilasi boshligi Cho‘nqorabiyning o‘g‘li Qobilbiy huzuriga keladi. Uning uyidaqolib,odamlarini Xivaga jo natadi. 1827 yil 25 iyul kuni xon Oydo'stbiy boshchiligidagi tayyorlanayotgan qo'zgolon haqida eshitadi. Xon Oydo'stbiy qo'zgolonchilarini yo‘qotish uchun mahsus qo'shin to‘plab, unga Muhammad Nazarbiy inoqni qo'mondon tayinlaydi va Xo jayli shahriga jo‘natadi. Shahar atrofida askarlar o'rnashadi. Oydo‘stbiy qoraqalpoq kadxudo va biylarni to‘plab, Orol dengizi bo yida Sori atov degan mavzuda mashvarat qiladi. Yig‘ilganlar maslahati bilan qoraqalpoq ovullariga otliq choparlar jo‘natib, shunday buyruq beradi. Hamma bola-chaqasi bilan qo'zgolonga yigilsin. Kimda-kim bosh tortsa, u dushman hisoblanadi . Natijada barcha qoraqalpoqlar to‘planib qulay yerda xandak qazib, shoh-shabbalar va aravalar bilan mudofaa to sigi qurishgan. 29 iyulda Oydo'stbiy o'zining ikki o'gli Rizo va To'rani 300 botirga bosh qilib, Qo'ngirot qorg‘oniga chopovulga yuboradi.
O'shanda Qo'ngirot hokimi Muhammad Ya'kub Mushrif qo'rgon mudofaasini uyushtirgan. Urush peshingacha davom etgan. Oydo‘stbiy askarlarining bir qanchasi nobud bo lgan. Ba'zilari dengiz tomon qochgan. Rizo ham, To'ra ham bor imkoniyatni ishga solsalarda, yengilganlar. Xo‘jayli shahri atrofida turgan Muhammad Nazar inoq hamda Muhammad Rizo qushbegi uchun ham xonning qo'zgolonchilariga qarshi qo'shin yuborish haqidagi farmoni keladi. Ular yovmut va shavdor qabilalaridan askar to plab, Suyinbiy, Do simbiy, Muhammad Niyoz yasovulboshilar boshchiligida qo'zgolonchilarga qarshi jo natadi. Bular orasida qoraqalpoqlardan yigilgan odamlar ham bor edi. Jumladan, Davlatnazarbiy boshchiligida askarlar Oydo‘stbiy odamlarining yengilganini yeshitib, o'ziga yaqin odamlari bilan Sori otovni tashlab ketishga majbur bo ladi va Qo qon tarafga yo l oladi. Muhammad Nazar inoq uning habarini eshitib, Oydo stbiy odamlari orasidan saralangan qo shin jo natadi. Qo'shin ikki kun deganda Chirikrabot mavzeida Oydopstbiy odamlarini o'rab oladilar. Natijada qo'zgolonchilar maglubiyatga uchradilar. Qoraqalpoq halqining madaniyati. Chimboy, Qo'ngirot, Xo'jayli shaharlarida qoraqalpoq hunarmandlari ko pchilikni tashkil qilgan. Masalan, temirchi, duradgor, kigiz bosuvchilar, zargarlar, bo yoqchi, kulolchi, to qimachi kabilar. Ustaxonada 3-4 odam ishlagan. Shogirdlar 12-13 yoshdan qabul qilingan. Oroldengizi bo'yi Terbenbes ovulida Arzimbet zargarning ishlari tarixiy asarlarda ta'kidlanadi. U qoraqalpoq ayollarining sevimli bezagi savkalani moxirona ishlagan. Sirga, bilaguzuk, uzuk, haykal, o'ngirmunchoq, zebigardon tumorchalar ham yasagan. Ayniqsa, qoraqalpoq yigitlari qiyadigan cho‘girmalarini tikish yuksak mahorat talab etgan.
Yana bo'rk tikib kiyishgan. Uni qoraqalpoqlar quroch deb atashadi. Ayollar, qizlar kiyimlari orasida ham asrlar osha qadri tushmay kelayotganlari bor. Qoraqalpoqlar Nukus, Qiyot, Qo'ngirot, Qipchoq kabi shaharlarda yashaganlar. Zarafshon vodiysida XIX asrning birinchi yarmida qoraqalpoqlarning 37 ovuli mavjud bo'lgan. Mazkur shaharlarning eng yirigi Qo'ngirot bo lib, u Orolliklar markazi bo'Igan. Xo‘jayli Orol birlashmasi bilan Xiva orasidagi savdo markazi bo‘lib, bojxona shu shaharda joylashgan.
Yana Mangit, Chimboy, Janga qal'a, Oydo's qal'a, Ernazar qal'a, Ko'k o'zak, Eshon qal'a shaharlari qoraqalpoq halqi tomonidan yaratilgan madaniy va me'morchilik yodgorligi markazlari hisoblanadi. Qoraqalpoq yoshlari Buxoro va Xiva shaharlarida o'qiganlar.
Qoraqalpoqlar yurtida XIX asr boshlarida 318 ta maktab, Qoraqum Eshon, Qalila oxun, Egambergan oxun, Oybit eshon, Eshonqal'a va boshqa mavzelarda madrasalar bo lgan. Qoraqalpoqlar o'z to y-ma'rakalarini qo‘shiqsiz, dostonlarsiz, tarixiy xangomalarsiz o'tkazmaydilar. Ularning halq ogzaki ijodi juda boy. Qoraqalpoq folklor namunalari 20 jildligining nashr etilgani fikrimizning dalilidir. Ular o'z so'z ustalari bo lgan chechanlarni, jirov-baxshilarini qattiq sevdi. El oqsoqollari, rahbarlari yonidan qissaxonlar arimagan.
O'zbeklarning afandisi bo Isa, ularning O'mirbek laqqasi bor. Qoraqalpoqlarning qaxramonlik dostonlari qadimdan ma'lum. Ulardan , Qirqqiz, Alpomish , Ko'blan ,Mastpodsho dostonlarida qoraqalpoqlarning voqealarga boy tarixi kuylanadi. Qoraqalpoqlarning halq qo shiqlarida el yo lboshchilari, qahramonlari Maman botir, Esangeldi mahram, Oydo'stbiy, Ernazar biylar ulug‘lanadi. Qozoq ma'rifatparvar olimi Cho‘qon Valixonovaning
Qoraqalpoqlar sahrodagi birinchi shoir ham qo'shiqchilar, shundan keyin qirgizlar ham turkmanlar degan so'zlari bejiz aytilmagan. Qoraqalpoq halqi ogzaki ijodi janr jihatidan lirik va epik asarlarga bo‘linadi.
Qoraqalpoq adabiyotida XVII-XVIII asrlardagi tarixiy voqealarni badiiy shaklda aks ettirgan "Qirqqiz" dostoni alohida o'rin tutadi.
Bu asar qoraqalpoq xalq qaxramonlik eposidir. Asar erksevarlik, vatanparvarlik va insonparvarlik goyalari bilan sug‘orilgan. Asarning bosh qaxramoni Guloyim o'zining qirq nafar dugonasi va o'z sevgilisi Arslon bilan birga Eron shohi Nodirshoh hamda qalmoq xoni Surtoysha hujumidan yurtini himoya qilishga otlanadi. Guloyim Xorazmni ozod qilib, u yerda qoraqalpoq, turkman, o'zbek va qozoq xalqlari vakillarini birlashtirgan davlat tuzadi. Asarda Guloyim bilan bir qatorda jang qilgan Oltinoy, O'tbosgan, Arslon, Sarvinoz kabilar timsolida mardlik, jasurlik, vatanparvarlik,insoniylik, ayni paytda dushmanga nisbatan shafqatsizlik xislatlari o'z ifodasini topgan. Qoraqalpoq yozma adabiyoti. XVIII asrdan boshlab qoraqalpoq yozma adabiyoti shakllandi va rivojlana boshladi.
XVIII-XIX asrning birinchi yarmida qor qoraqalpoq adabiyotining ko'zga ko‘ringan qator namoyandalari qalam tebratganlarki, ularning nomlari bugungi kunda ham ardoqlanadi. Ulardan biri Jiyen Jirov (1730-1784) edi. U mashhur baxshi sifatida kamol topdi.Ayni paytda she'rlar ham bitdi. Xayr endi,do'stlar ‘‘Yuragimda kop dog‘im, kabi she'rlarida jamiyatdagi noxaqliklardan noliydi. Jiyen Jirav xajviy asarning ham ustasi edi. U ‘‘Xoy xonimiz, xonimiz‘‘ kabi xajviy she'rlarini yaratgan. Ma'lumki, qozoq xoni Abulxayrga qarshi olib borilgan urushda qoraqalpoqlar yengilgan edi. Bu mag‘lubiyat natijasida ular azob uqubatlarga duchor etilgan. Hususan, Sirdaryo bo‘ylaridagi qoraqalpoqlar har yoqqa tarqab ketganlar. Ularning bir qismi esa Toshkent atrofiga ( Chirchiq bo'ylariga), boshqa bir qismi esa Qizilqum orqali Xorazmga ( Orol dengizining janubiy sohillariga) ko‘chib ketganlar. Mana shu mashaqqatli ko‘chishlarning guvohi bo'lgan Jiyen Jirov o'zining ‘‘ Darbadar el ‘‘nomli dostonini yaratgan edi.
Qoraqalpoq adabiyotining ko'zga ko‘ringan vakillaridan yana biri Kunxo‘ja Ibrohim o'gli (1799-1830 yy) edi. Uning butun umri Muhtojlikda o'tgan. Shoirning ‘‘O'roqchilar‘‘

‘‘Oq qamish‘‘ ‘‘Cho‘ponlar‘‘ kabi she'rlari diqqatga sazovordir. Ajiniyoz Kasibay o'gli (1811-1878 yy) qoraqalpoq xalqining atoqli shoirlaridan biri. Mo‘ynoqdagi eski maktabda o'qigan. Keyin Xivadagi Sherg‘ozixon madrasasida ilm olgan. Shoirning ‘‘Bo'zatov" dostonida qorqalpoq halqining boshqa yurtlarga ko‘chib ketishiga majbur etilganligi, katta mahorat bilan bayon etilgan. Ajiniyoz shoir she'rlarida vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalari ustun turadi. Shoir Ajiniyozni butun O'rta Osiyoda tanitgan asari ‘‘Qiz Mengash" bilan aytishuv asari edi. Qoraqalpoq halqi adabiyoti uning asoschisi Berdaq (1827-1900 y) nomi bilan mashhurdir. Berdimurod Qarg‘aboy o‘gli Berdaq yoshligidan ota-onasidan yetim qolib, bir burda non uchun ovulma-ovul ish qidirishga majbur bo‘lgan. U ijodini 18-19 yoshlarida do‘mbira chertib she'r aytishdan boshlangan. 25 yoshida iste'dodli shoir sifatida xalq orasida tanildi. Uning she'rlarida halqning hayotida aks ettirilgan. Berdaq tarixiy mavzularida ham qalam tebratgan. Uning avlodlari ,,Omongeldi ",,Oydosbiy" ,,Ernazarbiy" kabi asarlarida halq qaxramonlari faxr bilan kuylanadi.
Download 17.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling