Xvi-xvii asrlar kishilik tarixida yangi bir bosqichni boshlab berdi va tarix solnomasiga «Yangi davr» nomi bilan kirdi. Bu davr о‘ziga xos xususiyatlarga EGA
Download 57 Kb.
|
11 mavzu
XVI-XVII asrlar kishilik tarixida yangi bir bosqichni boshlab berdi va tarix solnomasiga «Yangi davr» nomi bilan kirdi. Bu davr о‘ziga xos xususiyatlarga ega. 1. Bu davrdagi inqiloblar va xalq harakatlari natijasida bir qator Yevropa mamlakatlarida juda katta ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy о‘zgarishlar bо‘ldi. Buning qonuniy yakuni о‘laroq, Angliya, Gollandiya va Fransiya kabi davlatlarda XVI-XVII asrlarda feodal munosabatlar bag‘rida shakllana boshlagan kapitalistik ishlab chiqarish qaror topdi. 2. Geografik va ilmiy kashfiyotlar tufayli axborot kо‘lami juda kengaydi. Bu davrdagi axborot, miqdoriga kо‘ra, XX asrdagiga teng kelsa- kelganu, undan kam bо‘lmagan. 3. Bular (kapitalizm taraqqiyoti va axborotning kо‘payishi) о‘z navbatida fan rivojini taqozo etdi. Oldingi «Fan fan uchun» shiori «fan inson xizmati uchun» shiori bilan almashdi. Tabiatshunoslikda yangidan-yangi yutuqlar qо‘lga kiritildi (Nyuton, Leybnits, Torichelli va boshqalar). 4. Bu davrda adabiyot, san’at va madaniyatda ham tengi yо‘q asarlar yaratildi (Shekspir,Rembrant va boshqalar). Ularda inson muammosi, uning qudrati va gо‘zalligi kabi masalalar aks ettirilgan.5. Jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida va ma’naviyatida bо‘lgan bu burilishlar, tabiiyki, yangi davrdagi falsafiy fikrga ham ta’sir etadi.XVI-XVII asrlar falsafasining asosiy xususiyatlari shulardan iborat. G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridagi inqiloblar Niderlandiyada XVI asrning 60-70 yillarida, Angliyada XVII asrning 40-80 yillarida bо‘lib о‘tdi. Bu davrga kelib о‘rta asr davridagi jamiyat, eski tuzum chuqur iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy iiqirozga uchradi. Burjua millatiniig shakllanishi yuz bera boshladi. Endi eski ishlab chiqarish munosabatlari va monarxiya tuzumi jamiyati о‘z umrini yashagan bо‘lib kо‘rinmasdan, balki g‘ayritabiiy. g‘ayriaqliy, inson tabiati uchun zid bо‘lib kо‘rina boshladi. Yangi davr mafkurachilari tan olmagan insoning tabiiy masalasini о‘rtaga qо‘yaboshladilar. Ular ijtimoiy munosabatlar insoning cheksiz taraqqiyotga erishuviga ishonch hosil qilib, uning asosiy kuchi ma’rifat, fan va inson akli deb hisoblaydilar. Bu davrda mafkurada juda kо‘p ilmiy jihatdan isbotlanmagan jihatlar mavjud edi. Lekin ana shu hayoliy, sodda, ba’zan diniy shaklga о‘ralgan tasavvurlarda kо‘pincha xalq ommasining orzu-umidlari yotardi. О‘sha davrning ilg‘or olimlari va mutafakkirlari sanoat rivojlanishining ehtiyoji va manfaatlarini aks ettirganlar. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va u bilan bog‘liq bо‘lgan ilmiy kashfiyotlar yangi jamiyatning ma’naviy nufuzini yana ham oshirdi. Tabiatshunoslikning rivojlanishi о‘sha tarixiy davrda sanoat ishlab chiqarish taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda tabiatshunoslik oldiga о‘zi tomonidan erishilgan materialni, tabiiy boyliklar, hayvonot va о‘simlik dunyosini tahlil qilish vazifasini qо‘yardi.Yangi davr falsafasi oldingi davrga nisbatan katta qadam tashladi. Masalan, о‘sha davr buyuk faylasuflaridan biri Frensis Bekon shunday degan edi: «Moddiy dunyo, mamlakatlar dengizlar, sayyoralar juda kengaygan holda insonlarning ma’naviy dunyosi eski chegaralar bilan о‘ralib qolishi sharmandaliklir». Bu davrda sanoat, texnika rivojlanadi. U bilan mustahkam aloqada tajribaviy tabiatshunoslik ham rivojlanadi. О‘sha davr tabaqalari faylasuflarining dunyoqarashlari nisbatan ilmiy xarakterda bо‘lishi asosan shunga bog‘liq bо‘lgan. Bu burjuaziya uchun zarur edi. Texnikaning nazariy asosi bо‘lgan tabiatshunoslikni quvvatlash va rivojlantirish bilan jamiyatning hukmdorlari bunday dunyoqarashni quvvatlardi. Lekin о‘sha davrdagi antifeodal qarashlar kо‘pincha diniy qobiqqa о‘ralgan edi, chunki aholining asosiy qismi, jumladan, burjuaziya ham din va diniy islohot natijalari bilan qoniqardi. Bu diniy islohotlar natijasida lyuteranchilik, puritanizm, kalvinizm va boshqa mazhablar kelib chiqqan. XVII— XVIII asr falsafasi oldida yangi vazifalar turardi. Bu vazifalardan biri — falsafaning boshqa fanlar bilan munosabatidan iboratdir. Agar avval falsafa va tabiatshunoslik о‘rtasida aniq farq bо‘lmagan bо‘lsa, endilikda falsafa bilan birgalikda, tabiiy fanlar ham rivojlandi. Ular tabiat hodisalarini alohida tekshirish usullarini ishlab chiqa boshladilar. Yagona fandan ayrim, tabiiy-ilmiy fanlarning (mexanika, astronomiya, fizika) ajralib chiqishi tabiatshunoslikning ham, falsafaning ham rivojlanishi uchun katta ahamiyatta ega edi. Yangi davr faylasuflari bilishning umumiy usulini ishlab chiqish masalasiga katta ahamiyat berdilar. Ulardan biri matematik xulosa va isbot usullarini umumlashtirishga harakat qilsa, ikkinchisi tabiatshunoslikdagi empirik tekshirish usulini falsafaga tatbiq qilishga harakat qilgan. Shu munosabat bilan falsafa oldida hissiy va aqliy bilish munosabatini ishlab chiqish vazifasi turardi. Shunday qilib, yangi davr fanida turli an’analarni falsafiy ifodalovchi sensualizm va ratsionalizm bir-biriga qarshi chiqadi va shu bilan birga bir-birini tо‘ldiradi. Ilk inqiloblar davrida hatto eng ilg‘or mutafakkirlarning dunyoqarashi ham chegaralangan edi. Bu davr falsafasi tabiatni tо‘g‘ri talqin qilgan bо‘lsa ham, ijtimoiy hayotni ilmiy tushunishga qodir bо‘lmagan metafizik, mexanistik falsafa edi. XVII-XVIII asr falsafasining gnoseologik ildizlaridan biri shu ediki, о‘sha davr tabiatshunosligi asosan mexanistik xarakterda edi, ikkinchidan, tabiat haqidagi fanlar yetarli darajada rivojlaimagan edi, tabiatdagi juda kо‘p aloqa va qonunlar hali tekshirilmagan edi. XVII-XVIII asr falsafasining ma’lum darajada ilohiyot qobig‘iga о‘ralganligi va noizchilligi shu bilan bog‘liq ediki, hali feodal munosabatlar yer sharining kо‘pchilik qismida hukmronlik qilib, rivojlangan mamlakatlarda muhim о‘rinni egallardi. Bir necha mamlakatlarda burjuaziya hali zaif edi. О‘z kuchiga ishonmagan, kо‘pincha turli murosalar bilan о‘z mavqeini mustahkamlashga urinardi.Shu bilan birga XVII-XVIII asr falsafasi qanchalik cheklangan va noizchil bо‘lmasin u insoniyat ma’naviy taraqqiyotida katta rol о‘ynadi. Bu hol R.Dekartning kosmologik fizikasi va F.Bekonning issiqlik materiya bо‘lakchalari haqidagi ta’limotlarida о‘z ifodasini topgan. О‘sha davr tabiatshunosligining asosiy e’tiborida fazoviy jismlar va yer massasi mexanikasi turar edi. Bu davrga kelib, mexanika ham matematika singari keng rivojlangan edi. Natijada butun tabiatshunoslikka mexanik xarakter beradi. Tabiatshunoslikda mexanikaning rivojlanishiga sabab asosan texnika talabi bо‘lgan. Harakatning mexanik shakli о‘sha davrda mavjud bо‘lgan harakat shakllarining eng oddiysi edi. Shu davrga kelib tabiatshunoslikning boshqa sohalari ham rivojlana boshladi. XVII asrning boshida bir nechta magnitizmga oid ilmiy asarlar dunyoga keldi. Yorug‘likning taxminiy tezligi aniqlandi. Umuman XVII asrga kelib fizika mustaqil fan sifatida shakllana boshladi. Endi alximiklarning falsafiy ta’limotlari orqa о‘ringa о‘ta boshladi. Ximiklarning e’tibori kо‘proq amaliy vazifalarga, xususan tibbiyot va metallurgiya tomonidan ilgari surilgan vazifalarga qaratilgan edi. Ximiyanint rivojlanishida ayniqsa, Angliya fizigi va ximigi Boylning xizmati katga bо‘lgan. Tabiatshunoslikning mexanistik xarakteri falsafaga katga ta’sir kо‘rsatdi. Natijada XVII asr falsafasi asosan mexanistik xarakterda bо‘lib qoldi. XVII asr oxirida I.Nyuton boshchilik qilgan yangi mexanistik oqim paydo bо‘ldi. Nyuton mexanikasining asosiy tushunchalari shunday yuzaga kelgan. Nyuton ta’limotida zamon va makon faqat materiya va harakatdan ajralib qolmasdan, balki bir-biridan ham ajratib qо‘yiladi. Bu materiya borliqning asosiy shakllari hisoblanib, Nyuton tomonidan obyektiv mavjud deb tushuntiriladi. Umuman Nyuton tomonidan ishlab chiqilgan dunyoning tuzilishi haqidagi ta’limot shunday: koinot ayrim bir-biridan ajralgan, о‘zaro bir-biriga intiluvchi jismlardan iborat, ular mexanik bir-biriga ta’sirda bо‘ladilar. Bu jismlarning harakati mustahkam mexanik sababiylik xarakterda va mutlaq bо‘sh makonda sodir bо‘ladi. Nyuton ta’limoticha, dunyo tarixiy jihatdan о‘zgarmas, fizik dunyo tuzilishida rivojlanish g‘oyasiga hech qanday о‘rin yо‘q. Dunyo tugallangan mexanik xarakterga ega. Nyuton Quyosh atrofidagi planetalarning harakatini analiz qilib, Quyoshni о‘zgarmas deb hisoblab, shunday savol qо‘yadi? Quyosh sistsmasi qanday qilib harakatga kelgan? Planetalarning elipsoid harakatini u murakkab hisoblagan va shuning uchun oddiy harakatlarga bо‘linuvchi deb hisoblagan. Ulardan biri orbitaga oid. Nyuton ta’limoticha, bu ajraluvchi ta’limotning har biri maxsus kuch tufayli sodir bо‘ladi. Nyutonning butun mexanik konsepsiyasidan kelib chiquvchi birinchi turtki haqidagi falsafiy xulosa metafizik tabiatshunoslikning cheklanganligini, qarama-qarshiligini kо‘rsatib beradi. Lekin bu chegaralanganlikka qaramasdan u tomondan yaratilgan mexanika tabiatshunoslikning katta yutug‘i bо‘lgan. XVII asrda bir qancha G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida ilk inqiloblari bо‘lib о‘tadi, Burjua ishlab chiqarish munosabatlari о‘rnatila boshlandi. Sanoat ehtiyoji bilan ilm-fan, tabiatshunoslikning turli tarmoqlari rivojlana bordi. Ilgari bir butun deb hisoblangan tabiatshunoslikdan fanning turli sohalari ajralib, mustaqil rivojlanish bosqichiga о‘tdi. Shuning uchun ham bu davr ijtimoiy hayotning hamma sohalarida yangi davr deb ataladi. Mana shunday mavjud sharoitlarga mos ravishda falsafiy fikrlar taraqqiyoti yuz beradi. Tabiatshunoslik bilan bog‘liq bо‘lgan falsafaning rivojlanishi va ular о‘rtasidagi aloqani aniqlashga katta e’tibor berildi. Shu bilan bir vaqtda tabiatni о‘rganishning ikki usuldi – tajribaviy eksperimental usul va matematika yutuqlariga asoslangan ratsional-deduktiv usul yuzaga keldi. Bu usullar tabiatshunoslikdan falsafaga tatbiq qilinadi. Natijada falsafada sensualizm va ratsionalizm oqimlari vujudga keladi. Bu oqimlar о‘rtasidagi о‘zaro munozara va bahslar har ikkalasining ham mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Bu davrda tabiatshunoslikning eng rivojlangan sohasi mexanika bо‘lganligi uchun о‘sha davr faylasuflari hamma sohalarni mexanik harakat asosida tushuntirardilar. Shuning uchun bu davr falsafasi asosan mexanik ruhdagi falsafa edi. Lekin ayrim faylasuflar (Dekart, Spinoza, Leybnits) dunyoqarashida dialektik g‘oyalar ham mavjud edi. Renessans, ya’ni antik madaniyatning tiklanishi, eksperimental fanlarning rivojlanishi uchun ulkan ahamiyatga ega bo‘ldi. Sharqiy Rim impyeriyasi qulaganidan keyin (1453) ko‘pgina intellektuallar g‘arbga yo‘l oldilar. Xuddi bundan bir necha asr muqaddam arablar o‘zlari bilan Aristotel falsafasi haqidagi bilimni olib kelganlari singari, bu intellektuallar ham o‘zlari bilan antik yunon falsafasi, ayniqsa, Platon haqidagi Yangi bilimni olib keldilar. Yunon nazariyalarining XV asrga olib o‘tilishi eksperimental fanning yuzaga kelishini mumkin qilgan shart-sharoitlar uyg‘unligini Yaratishga yordam berdi, aynan: bir tomondan, yunon falsafasidan olingan adekvat tushunchalar va nazariyalar hamda O‘rta asrlar sxolastik falsafasi bilan shug‘ullanish jarayonida egallangan nazariy olimlik mavjud edi. Ikkinchi tomondan, Renessans uchun xos bilim sekulyarizatsiyasining ifodasi o‘laroq, yana tabiatdan foydalanish, uni o‘zgartirish va nazorat qilishga qiziqish uyg‘ondi. Tugab borayotgan O‘rta asrlarda konseptual realizmdan nominalizmga o‘tish ro‘y berganini avval qayd etib o‘tgan edik. Ma’lum ma’noda u konkret narsalarga burilishning bir qismi ediki, bu ham eksperimental fanlarning yuzaga kelishiga ko‘maklashdi. Ammo spekulyativ yunon nazariyalari — Demokritning mexanistik atomistik nazariyasi va, eng avvalo, konseptual-realistik neoplatonistik matematika falsafasining ahamiyati katta bo‘ldi. Keyingi nazariya, shu jumladan, Renessans vakili Nikolay Kuzanskiy (Nichola of Cusa, 1401—1464 yillar)ga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Ammo bu har xil omillar qanday o‘rin tutgan bo‘lmasin, tabiatni o‘rganishda aynan nazariy va amaliy qiziqishning uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb etdi. Renessans davrida bu uyg‘unlik tarixda birinchi marta unda mavjud bo‘lgan imkoniyatlarni to‘liq aktuallashtirdi. Aksar madaniyatlarda tabiatga bo‘lgan qiziqish ko‘pincha adekvat nazariyalar (va ijtimoiy shart-sharoitlar) bilan qo‘llab-quvvatlanmas edi. Natijada tabiatshunoslik va texnologiya emas, balki tabiblik san’ati va magiya yuzaga kelardi. Antik yunonlar ko‘p jihatdan bundan istisno edi. Qo‘pol qilib aytganda, ular nazariyalarga ega edilar, ammo tabiatdan foydalanishga amaliy qiziqish bildirmasdilar. Yunon faylasuflari uchun nazariyalar o‘z holicha qimmatga ega edi. Albatta, bu aytilganlar katta jo‘nlashtirish emas, Renessans davrida tabiiy fanlarning yuzaga kelishi unga qadar kechgan uzoq jarayonning natijasi bo‘lib, bu jarayon davomida ham O‘rta asrlar falsafasi bag‘rida tabiiy-ilmiy tushunchalarning, ham hunarmandchilik va qishloq xo‘jaligi doirasida texnik bilimlarning rivojlanishi ro‘y berdi. Binobarin, tabiatshunoslik faqat nazariyadan yoki faqat amaliy qiziqishdan yuzaga kelmadi, deb aytish mumkin. Ikkala omil ham bir vaqtda mavjud bo‘lishi lozim ediki, Renessans davrida bu ro‘y berdi. XVII asrda eksperimental matematika fanlarining asosi hisoblangan klassik mexanika yuzaga keldi. Shu damdan e’tiboran haqiqatga O‘rta asarlarda bo‘lgani singari faqat falsafa va teologiya emas, balki uch intellektual soha – teologiya, falsafa, va tabiatshunoslik taalluqli bo‘lib hisoblana boshladi. Shu tufayli falsafa uchun o‘zining fanga nisbatan o‘rnini topishi muhim bo‘ldi. Yangi davrning ko‘pgina faylasuflari – masalan, ratsionalistlar Dekart va Leybnits, empiritistlar Lokk va Yum, transsendentalist Kant – falsafa va tabiatshunoslik o‘rtasidagi chegaralarni demarkatsiya qilish bilan mashg‘ul bo‘ldilar. Ammo falsafa teologiyani tashlab, faqat tabiatshunoslikka yuz burdi, deb aytish noto‘g‘ri bo‘lardi. Xristian teologiyasi yana uzoq vaqt ko‘pgina faylasuflar uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qildi. Renessans davrida hatto O‘rta asrlar nazariy olimligi, falsafasining adekvat nazariya va tushunchalari hamda tabiatdan foydalanishga amaliy qiziqishning mavjudligiga ham qaramay, tabiiy fanlarning yuzaga kelishi oson kechmadi. O‘rta asr kishisi bahslashar va juda qoyil bahslashar edi. Intellektual nuqtai nazardan O‘rta asrlarning ravnaqi davri ratsionalistik davr hisoblanadi. Ammo dalillar asosan boshqa dalillarga qarshi qaratilardi va tabiat bilan bog‘liq bo‘lmasdi. Inson bahslashar edi va qanday dalillar bahs qatnashchilariga samarali ta’sir qilishni bilardi. Ammo endi gap tabiatdan foydalanish, uni munozara qatshanchisiga aylantirish haqida borardi. Xo‘sh, tabiatni qanday so‘roqqa tutish, uni munozaraga qanday jalb qilish mumkin? O‘sha davrda tabiat haqida fikr aytish oson bo‘lmagan. To‘g‘ri savollar, to‘g‘ri tushuncha va metodlar topilguniga qadar kamida ikki asr vaqt o‘tdi. Intellektual nuqtai nazardan, bu davr (XV-XVI asrlar)ni “metod atrofidagi kurash” davri deb aytish mumkin. Bu ko‘p jihatdan chalkashlik va noaniqlik davri edi. Bu alximiya, Faust davri, tabiat ustidan hukmronlik qilish, oddiy metallardan tilla olish, abadiy navqironlik eleksirini tayyorlashga qiziqish qizg‘in bo‘lgan davr edi. Ammo bularning barchasiga yerishish imkonini beruvchi bilim mavjud emasdi. XVII asr mobaynida eksperimental fanlar shakllana boshladi. Bu nuqtai nazardan Renessansning “notinchligi” Yangi intellektual hayotni boshlash uchun zarur o‘tish fazasi bo‘lib xizmat qildi. Demokritning atom nazariyasi singari yunon ta’limotlariga qiziqishning tiklanishi ayniqsa samarali bo‘ldi: tabiat bo‘shliqda harakatlantiruvchi mayda moddiy zarralardan tashkil topgan. Platon bilan pifagorchilarning matematika falsafasi ham muhim ahamiyat kasb etdi. Matematika tabiiy hodisalarning kaliti demakdir. Hozir biz matematik til (formula, xulosa va modellar) hamda klassik mexanikadan ma’lum miqdoriy tushunchalar (massa, kuch, tezlanish va h.k.)ni qo‘llovchi fanga egamiz. Bu fan sof deduktiv ham, sof induktiv ham emas, gipotetik-deduktiv hisoblanadi. Renessans davrida metod atrofida kechgan bahslar davomida O‘rta asrlar sxolastik falsafasida (ammo yunon falsafasida emas) ko‘p jihatdan hukm surgan deduktiv ilmiy idealdan xalos bo‘lish strategik jihatdan muhim bo‘lib qoldi. Gap shundaki, sof deduktsiya Yangi bilimga olib bormaydi. Uning yordamida olinuvchi da’vo dalillarda noaniq tarzda mavjud bo‘ladi. Deduktiv xulosalar to‘g‘ri, ammo Yangi bilimga nisbatan steril hisoblanadi. Biroq Uyg‘onish davrida aynan Yangi bilimga intilganlar. Shuning uchun deduktiv metod noto‘g‘ri deb emas, balki samarasiz deb tanqid qilindi. 2) oldin о‘tgan butun bilimga nisbatan Bekon skeptik pozitsiya tutishni talab qiladi. Biroq Bekon ishonchli bilim bо‘lishi mumkinligini e’tirof qiladi, ammo haqiqatga yetish uchun metodni reforma qilish zarur deb hisoblaydi. Bu reformaning birinchi qadami aqlni unga doimo xavf solib turuvchi yanglishlardan (“idollar”dan) tozalashdan iborat bо‘lmog‘i lozim. Bu yanglishlarning bir qismi butun odamzodga xos bо‘lgan aql moyilliklaridan, bir qismi olimlarning ayrim gruppalariga va hatto ayrim shaxslarga xos bо‘lgan moyilliklardan tug‘iladi, bir qismi tilning nomukammalligi va noaniqligidan kelib chiqadi, nihoyat, bir qismi birovlarning fikrlarini notanqidiy о‘zlashtirishdan paydo bо‘ladi. Soxta qarashlar bartaraf qilingandan keyin yangi fanning haqiqiy metodiga о‘tish mumkin. Bekonning fikricha, fan tajriba faktlarini ratsional qayta ishlashdan paydo bо‘lmog‘i lozim. Metodik umumlashtirish yoki induksiya vositasi bilan hosil qilingan tushunchalarga suyangan qoidalar mazkur fan xulosalarining asoslari (о‘rtacha aksiomalar) bо‘ladi. Eskperimentni analitik tushunish induksiyaning asosini tashkil etadi. Bir tomonlama rivojlantirilgan bu analitik tushunish, Engels sо‘zlari bilan aytilganda, shunga olib keladiki, Bekon (undan keyin esa Lokk) XV-XVI asrlarda tarkib topgan metafizik tafakkur metodini tibbiyotda falsafaga kо‘chirdi. О‘z induksiya nazariyasida Bekon “salbiy instansiyalar”ning, ya’ni umumlashtirishga zid keladigan va shu bilan uni, yetarli bо‘lmagan asos sifatida, qayta qarashni talab etadigan hollarni tanlashning ahamiyatini birinchi bо‘lib kо‘rsatib о‘tgan edi. 3) Bekon ta’limoticha, harakatdan ajralmas materiya faoldir. Materiyada ichki kuch, ichki faollik mavjuddir. Materiya harakatning sifatliligini, kо‘pqirraligini tan olish bilan birga qо‘shilib, falsafani boshqa mexanistik falsafadan farqlantiradi. Bekon falsafasining metafizikligi shunda kо‘rinadiki, u harakatni abadiy shakllar keltirib chiqaruvchi jarayon sifatida talqin qiladi, Bu shakllar 19 ta. Bekon insonni moddiy, jismiy mohiyat deb biladi. Inson miyasidagi sezuvchi jon va asablar, arteriyalar bо‘ylab harakat qiluvchi jon jismiy substansiyadir, «haqiqiy materiyadir». U olov va havoga о‘xshaydi. Bekon ta’limoticha, haqiqiy bilish sababiy aloqalarni topish bilan amalga oshadi. Tо‘g‘ri bilish bu sabablar orqali bilishdir. Bilish nazariyasi bо‘yicha bilishning birinchi bosqichi tajribadir, ikkinchi bosqichi esa akldir. U tajriba yetkazib berish ma’lumotlarni aql-farosat vositasida qayta ishlaydi va umumlashtiradi. Haqiqiy olim chumoliga о‘xshab, faqat yig‘ish va yig‘ilganlar bilan kifoyalanmasligi lozim. О‘rgimchakka о‘xshab hayotdan ajrab, faqat shaxsiy aqli bilan о‘zining makrli falsafasini tо‘qimasligi kerak. Bekon ta’limoticha, olim asalariga о‘xshab, gullardan ozuqa olib, keyin ularni asalga aylantirishi kerak. 4) Uning asosiy asarlari jumlasiga “Metod haqida mulohazalar” (“Discours de la methode” 1637) va “Metafizik fikr-mulohazalar” (“Meditations metaphysiques” 1647)3 kiradi. Boshqa asarlaridan “Falsafa asoslari” (“Principes de la philosophie”) va “Aqlni boshqarish qoidalari” (“Regles poir la direction de l’esprit”) qayd etish mumkin. “Metod haqida mulohazalar” fransuz tilida yozilgan dastlabki falsafiy asarlardan biri hisoblanadi. Dekart ham lotin, ham fransuz tilida ijod qilgan. Falsafiy fikr rivojida ham uning hissasi katta bo‘lgan. Dekart, falsafiy termin bilan aytganda, dualist. Uning fikricha, ikki narsa – nomoddiy va moddiy substansiya birlamchi asos sifatida mavjud. Har ikkisini oliy substansiya – Xudo boshqaradi. Bilish masalasida Dekart quyidagicha fikrlaydi: bilish shubhadan boshlanishi kerak, chunki shubha danakni qum va tuproqdan tozalaydi. Hamma narsaga shubha bilan qarash falsafiy fikrning asosi bo‘lishi kerak. Dekart bilishda sezgi bilan bir qatorda inson aqliga yuqori baho beradi, natijada ratsionalizmni rivojlantiradi. U Bekonga qarama-qarshi o‘laroq deduktiv uslub tarafdori. Bilishning vazifasi, Dekart o‘qitishicha, insonning tabiat kuchlari ustidan hukmronligini ta’minlashdan, inson tabiatini yanada takomillashtirishdan iborat. 5) Angliyada Yangi davr falsafasining vakillaridan biri Tomas Gobbs (1588—1679 yillar) edi. U falsafiy qarashlari nuqtai-nazaridan Bekonning davomchisi edi. Gobbs ruhoniy oilasida tug‘ilgan. Ma’lumotini Oksford universitetida oladi. Bir qancha vaqt Frensis Bekonning kotibi sifatida xizmat qiladi. Gobbs Galiley, Gassendi va boshqa ilg‘or mutafakkirlar bilan shaxsan tanishishga musharraf bo‘ladi. Angliya inqilobining dastlabki paytida Gobbs Fransiyaga ketadi. Xorijda u qirol tarafdorlari bilan aloqada bo‘ladi. Kromvel davrida vataniga qaytib keladi. Qirollikni qayta tiklash davrida esa, u o‘sha qirol tarafdorlari va klyerikallar tomonidan ta’qibga uchraydi. Gobbs falsafiy trilogiya yozgan. U «Tana haqida» (1653), «Odam haqida» (1658), «Fuqaro haqida» (1672) kabi asarlardan tashkil topgan. Uning uchinchi kitobiga o‘z mavzusi jihatidai Gobbsning davlat va ijtimoiy tuzumga bag‘ishlagan «Leviafan» (1677) asari ham kiradi. 88 yoshida u Gomyerni ingliz tiliga tarjima qiladi1.Gobbs o‘z falsafiy talimotini ilohiyotga, sxolastikaga va o‘rta asrchilik turli soxta fanlariga qarama-qarshi qo‘yadi. Uniig ta’limoticha, falsafa ilohiyotni, ya’ni xudo va uning atributlari haqidagi ta’limotni inkor qiladi. Falsafa, shuningdek, astrologiya va shunga o‘xshash soxta fanlarni ham inkor qiladi. Falsafaga xudojo‘ylik maqbul ko‘rinmaydi, chunki uning manbai tabiiy aql emas, balki cherkov otaxonlarining nufuzidir. Shuning uchun bu masalalar fanga emas, din sohasiga taalluqlidir. Gobbs sxolastikaga keskin qarshi chiqish bilan birga qadimgi dunyo idealistik falsafasiga nisbatan ham salbiy munosabatda bo‘ladi. U bir tomondan, o‘rta asr sxolastikasiga qarshi kurash olib borsa, ikkinchi tomondan, o‘z davridagi idealistik ta’limotlarga, jumlalan, Dekart metafizikasiga qarshi kurashga otlanadi. Masalan, Gobbs shunday deb yozadi: «Men fikr-mulohaza yuritar ekanman, demak, men tirikman» degan xulosa bilan kelishish qiyin yoki men qandaydir tushunuvchiman, demak men aqlman degan xulosa bilan ham xuddi shundaydir. Aynan shu usul bilan, men qandaydir sayr qiluvchiman, demak, men sayyorman, deyishim mumkin. Dekart o‘zining bu usuli bilan tushuniladigan narsani tushunish qobiliyati bo‘lgan aql bilan bir xil qilib qo‘yadi. Download 57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling