Xvii asr o`rtalari va XIX asrlarda aqsh


Fuqarolar urushining boshlanishi


Download 198 Kb.
bet10/13
Sana15.06.2023
Hajmi198 Kb.
#1478189
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
AQSHDA XIX-XIX ASRLARDA GEOGRAFIYANING RIVOJLANISHI

Fuqarolar urushining boshlanishi.
Quldorlar butun AQSh hududida qulchilikni yoyishga, yangi yerlarni plantatsiyalarga aylanlirishga harakat qilib, qullarni Shimol va G`arbga qochishlarini oldini olmoqchi edilar 1850- yilda AQSh kongrcssi Yangi Meksika va Yutning keng viloyatlari aholisiga mazkur hududda qulchilikni joriy qilish yoki ma`n qilish masalasini o`zlari hal qilishi huquqini berdi. 1854-yilda AQSh tarkibida ikkita yangi shtatlar Kanzas va Nebraska shtatlari paydo bo`ldi. Kongress bu shtatlarning aholisiga ham qulchilik masalasini o`zlari hal qilishi haqida qaror chiqardi. 1850- yil qonuni va 1854-yilgi Konzas -Nebraska qonuni Kanzasda fuqarolar urushini boshlanishiga turtki bo`ldi. Quldorlar zudlik bilan Kanzasda qulchilikni joriy qilish maqsadida, qurolli guruhlarni Kanzasga keltira boshladilar. Bunga javoban minglab fermerlar va hunarmandlar bo`sh yerlarni egallash va qulchilikni yoyilishiga yo`l qo`ymaslik uchun Kanzasga kela boshladilar. Kanzas aholisining aksariyati qulchilikka qarshi bo`Iishiga qaramasdan, federal hukumat Kanzasni quldorlik shtati deb e`lon qildi.
Kanzas voqealarining ta`siri ostida quldorlar bilan demokratlar partiyasi tarkibida bo`Igan fermerlar bu partiyadan chiqib, qulchilikka qarshi bo`Igan burjuaziya, abolitsionistlar va frisoylerlar -1854-yilda respublikachilar partiyasiga asos soldilar.
1859-yilda Virjiniya shtatida inqilobiy inqirozni yetilishida Jon Braun boshchiligidagi qulchilikka qarshi ko`larilgan qo`zg`olon katta ahamiyatga ega bo`ldi. J. Braun o`zining 32 kishilik harbiy otryadi bilan 1859-yil 17- oktyabrda katta qurol-yarog` • omborini egallash uchun qurolli hujum uyushtirdi. J.Braun ommaviy ravishda ularni qo`llab-quvvatlovchi qullar qo`zg`oloni ko`tariladi, deb umid qilgan edi, lekin bunday qo`zg`olon ko`tarilmadi, yakkalanib qolgan Jon Braun otryadi quldorlar qo`shini tomonidan tor-mor etildi.
1860 yilgi prezident saylovlarida respublikachilar partiyasi advokat Avraam Linkoln nomzodini ko`tarib chiqdi va saylovda g`alaba qildi.
Plantatorlar saylovda boy berganligi va prezidentlik hokimiyalidan mahrum bo`lganliklaridan norozi bo`lib, saylovdan bir necha hafta o`tgach, ya`ni 1860- yil, 20 dekabrda Janubiy Karolina, 1861 yil yanvar-fevral oylarida AQShning yana 7 ta shtati-Florida, Jorjiya, Alabama, Luiziana, Texas, Tenessi va Missisipi itiifoqlari chiqqanligini elon qildi. Bu shtatlar markazi Richmond shaxri bo`Igan janubiy konfederasiya tuzdildi va D. Devisni prezident qilib sayladilar.
D.Devis elon qilgan dcklaratsiya konfederatsiyaning asosiy maqsadi, deb alohida shtatlarning erkinliklarini, ularni ajralib chiqishi huquqini himoya qilish, erkin savdo uchun, ko`rashish deb, belgilandi. Shuningdek, deklaratsiya Shimolni qochoq qullarga homiylik qilayotganlikda va yangi yerlarga qullikni yoyishga yo`l qo`ymayotganlikda aybladi.
Linkoln prezidentlik lavozimini qabul qilgandan keyin (1861 yil 4 mart), konfediratsiya qo`shini 12-13 aprel kunlari Chariston yaqinidagi Samter portini egallab oldi. Bunga javoban Linkoln 15 aprel kuni 75 ming kishilik xalq lashkari to`zish uchun safarbarlik e`lon qildi.



Download 198 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling