Xvii asr o`rtalari va XIX asrlarda aqsh
Mustaqillik urushining boshlanishi
Download 198 Kb.
|
AQSHDA XIX-XIX ASRLARDA GEOGRAFIYANING RIVOJLANISHI
Mustaqillik urushining boshlanishi
1775 yil 19 aprelida ingliz generafi Geyj Konkorddagi zambaraklar, porox, musbket o`qlari va un zahiralarini egallash maqsadida Bostondan 1700 kishidan iborat harbiy korpusni jo`natdi. Boshqa mustamlakalardan kelgan aholi Boston shahrida lager lashkil qilib, uni "Ozodlik lageri" deb atadilar. Tezda Bostinda amerikaliklarning 20 ming kishilik qo`shini tashkil topdi. 1775 yil 17 iyunda Boston yaqinida mustamlakalarning qo`shini Angliyaning Bostondagi harbiy garnizonini mag`lubiyatga uchratdi. Shundan so`ng boshqa rayonlarda ham harbiy harakatlar boshlanib ketdi. 1775 yil may oyida Filadelfiyada kongress chaqirildi va u ikkinchi kontinental kongress deb nom oldi. 15 iyunda Yangi Angliya dcputatlarining taklifi bilan kongress poikovnik Jorj Vashingtonni oliy bosh qo`mondon qilib sayladi. Vashington jangovar qo`shin tashkil qiHshga kirishdi. 1776 yil mart oyida Vashington qo`shini Bostonni egalladi. Jon Adamsning aytishicha, urush davrida Amerika aholisining uchdan biri mustaqillik tarafdori. biri qarshi, uchinchisi betaraf bo`lgan Amerikada bu davrda qurol ko`tarishga qurbi etadigan 2 million 200 ming kishilik oq tanli aholi bo`lgan. Ammo Vashington qo`shinining soni 22 ming kishidan oshmagan. Bu vaqtda 50 mingdan ziyod amerikalik ingliz qo`shinlari tarkibida xizmat qilgan. Hammasi bo`lib Shimoliy Amerikaga Angliyadan 90 ming kishilik qo`shin yuborilib, ularning 30 minggi yollangan nemis qo`shinidan iborat bo` Igan. Urush harakatlarining borishi yana shu bilan qiyinlashdiki, mustamlakalarning mahalliy aholisi orasida ko`plab torilar - Angliya tarafdorlari mavjud edi. Mustamlakalar aholisi vigilarning ko`pchiligi ham xoinlik va qo`poruvchilik faoliyati bilan shug`ullanadilar. Amerikada torilar va bigilar siyosiy partlya sifatida rasmiylashmagan edi. Ularning na dasturi, na Nizomi, na partiyaviy tashkiloti mavjud edi. Aholining Joyyalchilari - torilar deb, inqilob tarafdorlari esa vigilar deb atalgan. Torilar ingliz qirolidan yerga egalik qilish uchun maxsus yorliq olgan asizoda yer egalari edi. Vigilarning asosiy kuchi fermerlik bo`iib, ular g`arbdagi yerlarga erkin ko`chib borish huquqini talab qilayotgan edilar. Vigilarga manufaktura ishchilari, hunarmandlar va shaharlarning mayda burjuaziyasi kabi ingliz ma`muriyatidan aziyat chekayotgan ijtimoiy guruhlar ham qo`shildilar. Download 198 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling