Xvii-xix asrning birinchi yarmida tarbiya maktab va pedaog fikarlari


Download 43.5 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi43.5 Kb.
#1550314
Bog'liq
XVII


XVII-XIX asrning birinchi yarmida tarbiya maktab va pedaog fikarlari.
XVII-XIX asrlarda О‘rta Osiyoda bir nechta turdagi ta’lim muassasalari (maktab, madrasa, qorixona, daloilxona, otinoyilar maktablari) mavjud edi. Ayniqsa Qо‘qon, Toshkent, Buxoro kabi shaharlarda ularning soni tez kо‘paygan.
Maktablar boshlang‘ich ta’lim muassasasi hisoblanib, unda bolalarga yozish va о‘qish о‘rgatilgan, din haqida dastlabki ma’lumotlar berilgan. Madrasalar yuqori turuvchi о‘quv muassasasi hisoblangan, qorixona va daloilxona («Daloil al-xayrot») quyi diniy xizmatchilarni tayyorlagan.
XIX asrdagi Qо‘qon xonlari arxivlarida beklar va xonlar saroylarida sag‘ir (yetim)lar uchun ochilgan maktablar haqidagi ma’lumotlar saqlanib qolgan. Bunday maktablar davlat mablag‘lari hisobiga faoliyat yuritgan.
Maktab va madrasalarda ta’lim mazmuni
Maktablardagi ta’lim tizimi bir qancha bosqichli va puxta tashkil etilgani bois savod о‘rganish kо‘p vaqtni olar edi. Chunonchi, faqatgina alifboni о‘rganishga 3-4 oydan bir yilgacha, ba’zida undan ham kо‘p vaqt sarflanar edi. О‘quvchilar dastlabki о‘qish kо‘nikmalarini egallaganlaridan sо‘ng «Haftiyak»ni (fors. “Qur’onning yettidan bir qismi”) о‘qishni boshlaganlar
О‘quvchilar «Haftiyak»ni tugatganlaridan sо‘ng «Chor-kitob» (Tо‘rt kitob)ni о‘qishga kirishganlar. «Chor-kitob» fors-tojik tilida yozilgan bо‘lib, uning birinchi qismida diniy marosimlar (tahorat olish, namoz о‘qish, rо‘za tutish va h.q.) she’riy usulda bayon etilgan, ikkinchi qismida yuqoridagi masalalar katexizis (izoh) shaklda ancha keng yoritilgan parchalar о‘rin olgan. “Chor-kitob”ning “Musulmonlikning muhim masalalari” deb nomlangan uchinchi qismi о‘quvchilarni shariatning asosiy ustuni -musulmon diniy huquqlari bilan tanishtirgan. Kitobning “Pandnoma” (Nasihat kitobi) deb nomlangan va XIII asrda yozilgan tо‘rtinchi qismida Qur’oni karimdan olingan odob-axloq masalalariga oid qoidalar she’riy shaklda bayon etilgan.
Shundan sо‘ng о‘quvchilar mutlaq din masalalariga bag‘ishlangan “Sabotul ojizin” kitobini о‘qishni boshlaganlar. Ushbu asar kо‘pincha uning muallifining nomi bilan, ya’ni – “Sо‘fi Olloyor” deb yuritiladi. Bu sof diniy asar bо‘lib, unda diniy masalalar she’riy usulda bayon qilingan.
Maktabni tamomlagan о‘quvchilar ta’limni davom ettirish uchun madrasalarga kirganlar.
Madrasa odatda ikki bо‘limdan, ya’ni: quyi (ibādat al-’islām) va yuqori (mas’ola) bо‘limlardan iborat bо‘lgan. Lekin barcha madrasalarda ham bо‘limlar shunday nomlanmaganini qayd etish lozim. Masalan, Buxoro madrasalarida quyi bо‘lim «mushkulāt» deb yuritilgan.
Birinchi bо‘limda talabalar din ahkomlarini о‘rganganlar. Ikkinchi bо‘limda esa – Qur’oni karimga muvofiq holda bayon etilgan islomning asosiy qonunlari о‘qitilgan. Bundan tashqari, arab tilshunosligi, mantiq, tarix, she’r yozish ilmi, metafizika va boshqa fanlar ham о‘qitilgan. Madrasalarda barcha mashg‘ulotlar arab tilida olib borilgan.
Madrasa talabalarini shartli ravishda uchta kursga bо‘lish mumkin.
Birinchi, ya’ni boshlang‘ich kurs adnā (quyi), ikkinchi kurs – avsat (о‘rta) va uchinchi kurs – a‘lo (yuqori) deb nomlangan. Biroq, kurslarning nomlari hamma madrasalarda ham bir xil bо‘lmagan. Shu о‘rinda bunday kurslarga ajratish faqat yirik madrasalarda mavjud bо‘lgani, talabalar soni 20 kishiga yetmagan kichik madrasalarda esa talabalarning barchasi faqat bitta mudarrisga mashg‘ulotga qatnaganlarini qayd etish lozim.
Madrasada darsni tashkil etish tartibi quyidagicha bо‘lgan: bitta darslikdagi aynan bir bobni о‘rganayotgan 10-15 nafar talaba bir sinf xonasiga tо‘planishgan va о‘zlariga oqsoqol (sardor) saylab olishgan. Bu guruh «jamoa», uning oqsoqoli esa «qori jamoa» deb nomlangan. Darsni boshlash uchun oqsoqol mudarrisning huzuriga borar va undan mazkur guruh bilan mashg‘ulot о‘tkazish uchun izn sо‘rardi.
Qizlar maktabi va unda ta’lim mazmuni
Masjid va xonaqohlar qoshida ochilgan maktablarda faqat о‘g‘il bolalar о‘qitilgan. Qiz bolalar о‘z davrining о‘qimishli ayollari tomonidan uylarida ochilgan maktablarda о‘qitilgan. Ayol muallimani о‘lkaning turli hududlarida “otinoyi”, “otinbibi”, “bibiotin”, “bibixalifa” deb ataganlar. Qizlar maktabi о‘g‘il bolalar maktablariga nisbatan ancha kam bо‘lgan, kо‘p hollarda maktabdorlarning, imomlarning xotinlari maktabdorlik qilgan. Qizlar maktabi haqida K.YE.Bendrikov “Turkistonda xalq maorifi tarixidan ocherklar” asarida quyidagilarni yozadi: “Qizlar ishqiy maktublarga berilmasinlar deb, qizlar maktabida yozuvga о‘rgatilmagan”. Professor U.Dolimovning fikricha, bu sо‘zlar haqiqatdan ancha yiroq. О‘zbek xalqi – о‘tmishda eng kо‘p shoiralar yetishtirgan xalq, agar yozuvga о‘rgatilmaganida edi, podshohlar saroyiga mansub bо‘lgan Gulbadanbegim, Zebunisobegim, Nodirabegimlarni qо‘ya bering, XIX asrning о‘zida Uvaysiy, Mahzuna, Dilshodi Barno, Muazzamxon, Muattarxon, Anbar otin, Qamarniso, Nozimaxon kabi о‘nlab mashhur shoiralar qayerdan yetishib chiqqan?!
О‘rta Osiyoda faoliyat yuritgan qizlar maktabining yirik namoyondalaridan biri – Jahon Otin Uvaysiydir. О‘zining butun faoliyati davomida xalqimiz orzu-umidlarini rо‘yobga chiqarishga harakat qilgan Jahon otin xalqimizning oqila qizlarini tarbiyalash, gо‘zal hayotga erishishning birdan-bir yо‘li deb о‘ylab, о‘zining butun umrini yosh qizlarga ta’lim-tarbiya berish bag‘ishladi.
Download 43.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling