Xviii –xix asrlarda Fransiya
Napoleon Bonapartning hokimiyat tepasiga kciishi
Download 169.5 Kb.
|
Napoleon Bonapartning hokimiyat tepasiga kciishi
Napoleon Bonapart 1769 yilda Korsika orolida kambag`allashgan dvoryan oilasida dunyoga keldi. Bonapart oilasida 8 farzand bo`lib, ular 5 o`gil va 3 qiz - Jozef, Napoleon, Lyusen, Eliza, Lui, Polina, Karolina va Jeromdan iborat edi. Napoleon oilada ikkinchi farzand bo`lib. oifasi uni harbiy bilim yurtiga o`qishga berdi. Napoleon bilim yurtini tugatib, 24 yoshidanoq general unvonini oldi. Napoleon Avstriya qo`shinlari egallab turgan Shimoliy Italiyaga yurushga tayyorlanayotgan armiyaga qo`mondon etib tayinlandi. Bonapart arrniyasi Shimoliy Italiyaga bostirib kirib, Avstriya qo`shinlarini tor-mor etdi. 1797 yilda Napoleon Bonaparl Avstriyani taslim bo`lish sulhini imzolashga va Fransiyaning g`alabasini tan olishga majbur etdi. Shundan so`ng Italiya Fransiyaga qaram bo`lgan bir necha kichik respublikalarga bo`linib ko`di. 1798 yilning may oyida Napoleon 30 mingdan ortiq kishilik armiya bilan 350 ta kemada Misrga yo`l oldi. Quruqlikda franlsuz qo`shinlari Misr otliq armiyasi ustidan g`alaba qozondilar. Ammo, tezda ingliz floti Misr sohillariga yetib kclib, frantsuz kemalarini yondirib yubordi. Napoleon qo`shinlari Fransiyadan ajratib qo`yilib, halokatga mahkum etildi. Suriyaga qilingan hujum arablar bilan turk qo`sinlarining qattiq qarshiligiga dueh keldi. Shu paytning o`zida Suvorov qo`mondonligidagi rus armiyasi Shimoliy Italiyada frantsuz qo`shinlarini mag`lubiyatga uchratdi. Napoleon Bonapart o`z armiyasini tashlab, poytaxt Parijga shoshildi; u hokimiyat uchun kurashda asosiy da`vogarlardan biri edi. Napoleon Fransiyaga qaytgan paytda mamiakatda vaziuat og`ir edi. Direktoriya o`z obro`sini yo`qotib, ko`pchilik Napoleon Bonapart shaxsida o`z najotkorini izlayotgan edi. U armiya va xalq o`rtasida katta obro`ga ega edi. Napoleon Fransiyaga qaytib kelgach, oradan bir oy o`tar-o`tmas, 1799 yilning 9 noyabrida Direktoriya a`zolarining iste`fo berishlariga erishdi. Ertasi kuni o`z ukasi, deputat Lyusen Bonapart yordamida sadoqatli qo`shinlar bilan qonun chiqaruvchi korpusini qurshab oldi. Deputatlarga hokimiyatni Napoleon boshchilidagi uch konsulga topshirish to`g`risidagi talab taqdim etildi. Tez orada yangi Konstitutsiya loyihasi ishlab chiqildi va konsullar ichida Napoleon keng vakolatlarga cga bo`lib, u 10 yillik muddat davomida shu lavozimni egallab turishi kerak edi. Konstitutsiya va Napoleonning birinchi konsullikka tayinianishi umumxalq ovoziga qo`yildi va deyarli ko`pchilik, ya`ni, 3,5 mln. kishi uni yoqlab ovoz berdi. Konsullik davrida davlat tizimi ancha mustahkamlandi, harbiy diktatura siyosati davom ettirildi. 1804 yilda Senat Napoleon Bonapartni Napoleon 1 nomi bilan Fransiya imperatori deb e`lon qildi. Mamlakalda monarxiya tuzumi qaytadan tiklandi. Biroq. mazkur monarxiya feodallar, dvoryanlar, ruhoniylar manfaatini emas, balki. yangidan rivojlanib kelayotgan O`rta tabaqalar, bankirlar, zodagonlar, armiya va amaldorlarga tayanuvchi hariy-byurokratik monarxiya cdi. Mulk, oila, savdo to`g`risidagi qonunlarning rnajmualari, jinoyat kodeksi tuzib chiqildi. "Napoleon kodeksi" deb nom olgan "Fuqarolar kodeksi" ularning eng muhirai edi. Har qanday miqdordagi xususiy mulkka ega bo`lish huquqini mustahkamlab bcrish bu kodeksning asosiy vazifasi bo`ldi. Xususiy mulkka ozgina bo`lsa ham, tajovuz qiluvchilargajuda qattiq jazojoriy qilindi. Napoleon tezda yangi armiya tashkil qilib, yashirin ravishda Alp orqali Italiyaga yurish qildi va 1800 yil 14 iyunda Avstriya qo`shinlarini tor-mor etdi. General Mcro qo`mondonligidagi frantsuz armiyasi shu yili 3-noyabrda Bavariya va Avstriya qo`shinlarini tor-mor etdi. 1801 yil 9 fevralda Avstriya-Fransiya o`rtasida Lyunevil shahrida shartnoma imzolandi. Unga ko`ra Reynning so`l qirg`og`i va Belgiya Fransiyaga qo`shib olindi. Italiyada Bonapart Fransiyaga tobc bo`lgan qo`g`irchoq Italiya respublikasini tuzdi. Angliya va Rossiya o`rtasidagi ziddiyatlardan xabar topgan Bonapart Pavel 1 bilan ittifoq tuzish to`g`risida muzokaralar boshladi. Bonapart Turkiyani bo`Iib olishini va Angliyaga qarshi Hindistonga yurish qilishni taklif qildi. Hatto rus imperatorining buyrug`i bilan kazaklardan iborat harbiy otryad Hindistondan inglizlarni haydash uchun O`rta Osiyoga yurish qildi.Bir vaqtda Pavel 1 Prussiya,Daniya va Shveisiya bilan Angliyaga qarshi qaratilgan "Qurolli BetarafUk ligasi"ni tuzish haqida bitim imzolandi.Angliya bilan savdo aloqalarining to`xtatilishi dvoryanlar va gvardiyaning noroziligiga sabab bo`ldi. Natijada 1801 yil 12 martda Pavel I fitnachilar tomonidan o`ldirildi. Taxtga uning o`g`li Aleksandr o`tirdi. 1801-yil 14-martda Aleksandr Angliya bilan diplomatik munosabatlarni tiklab,O`rta Osiyoga jo`natilgan kazak otryadini ortga qaytardi. 1801-yil oktabrda Fransiya bilan Rossiya o`rtasida sulh shartnomasi imzolandi.Shu bilan birga bu ikki davlat Germaniya va Italiya davlatlahning taqdiriga daxlli maxfiy bitim ham imzoladllar.Yakkalanib qolgan Angliya 1802-yil 27-martda Fransiya bilan sulh shartnomasi imzolashga majbur bo`ldi.Unga ko`ra Angliya qo`shinlari Misr va Maltadan chiqariladigan,Yevropada mavjud tartibni saqlab qolish majburiyatini olgan cdi, Fransiya esa Angliya bilan savdo shartnomasini luzadigan bo`ldi.Ammo, Amen sulh shartnomasidan har ikki davlat nafasni rosllab olish uchun foydalandi,undagi shartlami amalda bajarmadilar.Bonapart qo`shni davlatlar hududini bosib olish siyosatini davom etlirdi. yil Fransiya bilan Angliya o`rtasida urush boshlandi. Ispaniya Fransiyaga itlifoqchilik qildi. Napoleon frantsuz va ispan flotlarini yordarni bilan Angliya qirqoqlariga 30 ming kishilik korpusni desant qilib tushirishni rejalashtirdi. Buning uchun 1,5 mingdan ko`proq kemalar tayyorlandi. Bulonda Angliyaga quruqlikdan hujum qilish uchun katta harbiy lager tuzildi. Bonapart avval Angliyani tor-mor qilib, uni mustamlakalarini egallashi va keyin Italiya va Germaniyani zabt elishni rejalashtirgan edi. yil fevralida N.Bonapartga uyushtirilayotgan suiqasd fosh qilingach, Napoleon o`zining hokimiyatini nasldan-naslga meros o`tadigan deb, o`zini esa Fransiya imperatori deb e`lon qildi. Download 169.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling