Xviii-xx asr boshlarida Afg`oniston Reja
Download 35.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqAfg\'oniston
- Bu sahifa navigatsiya:
- AFG`ONISTON MILLIY DAVLATINING TASHKIL TOPISHI.
XVIII-XX asr boshlarida Afg`oniston Reja: 1. Afg`oniston milliy davlatining tashkil topishi. 2. Afg`onistonning xorijiy davlatlar bilan munosabatlari . 3. Birinchi ingliz –afg`on urushi. 4. Ikkinchi ingliz –afg`on urushi. 5. XX asr boshlarida Afg`oniston. AFG`ONISTON MILLIY DAVLATINING TASHKIL TOPISHI. XVII asrning ikkinchi choragidan boshlab Afg`oniston Boboriylar sulolasi hukumronlik qilayotgan hindiston davlati tarkibiga kirar edi. Hirot va Sandahor esa safaiylar sulolasiga qarashli Eronning mulklariga aylangan edi. XVIII asr boshlarida Boburiylar imperiyasi parchalanib ketayotgan bir paytda afg`onlarning ko`chmanchi ikki qabilasi gizoiylar va durroniylar safaviylarga qarshi urush boshladilar. 1722 yilda bu qabilalar Janubiy- Sharqiy Eronga bostirib kirib safaviylarni taxtdan ag`dardilar. 1736 yilda Turkmanlarning afshor qabilasidan bo`lgan Nodirqul “Nodirshoh” nomi bilan Eron taxtiga o`tirdi va 1738 yili Afg`on qabilalarini Erondan haydab chiqarishga muvaffaq bo`ldi. Nodirshoh o`z qo`shinlari safini Afg`onistonda yangi kuch (otryad) lar bilan to`ldirib Hindistonga yurish uyushtirdi. 1747 yil nodirshoh qatl etilgandan so`ng , uning imperiyasi inqirozga yuz tutib , parchalanib keta boshladi. 1747 yilda Afg`oniston tarixida birinchi marta milliy mustaqil davlat vujudga keldi. Mazkur davlatning asoschisi durroniylar qabilsining yo`lboshchisi , iste`dodli harbiy qo`mondon Ahmadshoh bo`ldi. Bu davlat tarkibida Afg`onistondan tashqari Xuroson 1748-1761 yillarda bosib olingan Kashmir , Sind va Panjob kiradi. 1773 yili Ahmadshoh Durroniy vafot etgach, uning taxt vorisi , o`g`li Temur va nevarasi Zamon hukumronligi davrida Afg`on davlatining tushkunlikka yuz tutishi boshlandi. XIX asr boshida o`zaro urushlar va dehqonlar qo`zg`alonlari natijasida Afg`oniston davlati ancha zaiflashdi. Bu paytda mamalakatni Ahmadshohning nevaralaridan biri Shujoumulkelliklar kirib kela boshladilar. Ingliz- rus arqobati ham mamalakat taraqqiyotiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. 1800 yil so`ngida rus podshohi Pavel I napaleonga maktub bildirdi. Napaleon ham bunga javoban o`zining Hindistonga yurishini O`rta Osiyo orqali, quruqlikdan o`tish haqidagi rejalarini ma`lum qildi. Bu rejaga ko`ra fransuz-rus qo`shinlari Afg`oniston yerlaridan o`tib, Hindistoga hujum qilish lozim edi. Ammo 1801 yilda rus podshohi Pavel I ning o`ldirilishi va uning o`rniga taxtga o`tirgan Aleksandr I ning tutgan siyosati tufayli bu rejalar amalgam oshmay qoldi. Aleksandr I Napaleon bilan Til`zitda uchrashgandan keyin (1807 yil) bu masala yana ko`tarildi. 1808 yilda napoleon Eronga geniral Gordonni jo`natdi. Bundan hadiksiragan ingliz maxsus missiya yuborildi. 1809 yili yozida (17 iyul) Ingliz va Afg`on hukumatlari Napaleonga qarshi o`zaro hamkorlik to`g`risida shartnoma imzoladilar. “Doimiy tinchlik va do`stlik to`g`risida” gi bu o`ziga xos bitimni tasdiqlagan Afg`oniston hukumdori Shujoumulk keyinchalik tarix taqozosi bilan mamlakatdan quvildi va “Ost-Ind” komissiyasidan panoh topdi. Bu davrda taxti uchun kurash olib brogan hukumdor orasida Do`stmuhammadhon o`z idorasi , tadbirkorligi va jasurligi bilan shuhrat qozondi. Qobul amri Do`stmuhammadhon (1826-1863) Uzoq kurashdan so`ng , ikkinchi bora 1826 yili Qobulni qo`lga kiritdi va shu yili Afg`on amiri tojini kiydi. Ingliz mustamlakachilari Do`stmuhammadhon davlatiga qarshi sikxlarni, so`ngra Eronliklarni gij- gijladi. Lekin,shunga qaramay Do`stmuhammadhon Afg`on yerlarini katta qismini o`z amirligiga qo`shib olishga muvaffaq bo`ldi. BIRINCHI INGLIZ - AFG`ON URUSHI. Buyuk Britaniya va Afg`oniston o`rtasida ziddiyatlar birinchi ingliz-afg`on (1838-1842) urushini keltirib chiqaradi. O`z navbatida inglizlar amir Do`stmuhammadhonning o`rniga o`z “odamlari Shujoulmulkni taxtga ko`tarib Afg`onistonni shu yo`l bilan qaram qilib olmoqchi edilar. Inglizlarning bosqinchilik intilishlari amir Do`stmuhammadhonni tashvishga soldi va u bu intilishlarga zarba berishda Rossiya va Eronda yordam olishga umid bog`lab, ular bilan deplomatik aloqalar o`rnatdi. Ammo Rossiya yaqin Sharq masalalari bilan band bo`lganligi tufayli Afg`oniston masalasida Angliyaga yon bosdiva Afg`oniston bilan diplomatic aloqalar o`rnatishga to`sqinlik qildi. Birinchi inliz-afg`on urushida Angliya harbiy jihatdan ancha ustun ekanligiga qaramay, muvaffaqiyat qozonolmadi. Chunki Afg`onlar Ingliz bosqinchilariga qarshi milliy mustaqillik, umumxalq urushini olib bordilar. 1841 yili Shujoulmulk o`ldirildi. Inglizlar tor-mor qilindi. Pirovardida Angliya Afg`oniston bilan sulh bitimini imzolashga va bu davlatning milliy mustaqilligini tan olishga majbur bo`ldi. Amir Do`stmuhammadhon 1840-1860 yillar davomida Afg`oniston hududini Qndahor, Hirot,Balx, Qunduz, Andxoy va Hilm muzofotlarini bosib olish hisobiga ancha kengaytirildi. Uning vafotidan so`ng taxtga o`g`li Sheralixon (1863-1879) o`tirdi. Rossiyaning O`rta Osiyoni bosib olishi , Angliyaing O`rta Sharq jumladan, Afg`onistonga suqilib kirishi xalqaro vaziyatni ancha keskinlashtirdi. Rossiya va Angliya o`rtasidagi mustaqil Afg`oniston hukumati qatnashtirilmagan muzokaralar (1869-1873) natijasida Afg`oniston va chor Rossiyasi chegaralari Amudaryo sohillari bo`ylab belgilanadi. IKKINCHI INGLIZ - AFG`ON URUSHI. 1878 yilda inglizlar Afg`onistonga yana hujum qildi. Sheralixonning o`g`li yoqubxon (1878-18800 taslimchilikdan iborat Gandamak bitimini imzoladi. Unga ko`ra Afg`onistonning tashqi siyosati Angliya nazorati ostida bo`lishi lozim edi. Bunga qarshi Qobulga Afg`on qoshinlari va aholi 1879 yilda qo`zg`alon ko`tardi. Ingliz rezindensiyasi egallandi. Inglizlar qaytadan Qobulga hujum qildilar. Amir Yoqubxon ularga asir tushdi. G`azablangan xalq va qo`shinlar undan yuz o`girdilar va partizanlik urushi boshlandi. 1880 yil boshida qo`zg`alonchilarga bosh bo`lgan Dostmuhammadhonning nabirasi Sardor Abdurahmon qo`shinlari Qobulni o`rab oldilar. Abdurahmon inglizlari yengib, Shimoliy Afg`onistonda (Afg`on Turkistonda) hukumron bo;ib oldi. Shu asnoda, siyosat maydoniga Sheralixonning o`g`li Ayubxon chiqdi. U 1880 yil yozida Mayband yonida inglizlarni tor-mor qilib Qandahorni egalladi. Shundan so`ng inflizlar asosiy kuchlarini olib kelib janga tashladilar. Ayubxon yengilib Hirotga chekindi. Ammo Abdurahmon boshliq aholi va Afg`on qo`shinlari inglizlarni ham chekinishga majbur qildi. Ular Qandahorni tashlab chiqdilar. Shunday qilib ikkinchi ingliz-afg`on urushi inglizlarning mag`lubiyati bilan tugadi. Endi Abdurahmon Ayubxon bilan “hisob-kitob” qilishi kerak edi. 1880 yil kuzida Hirot yaqinida bo`lib o`tgan jangda Abdurahmonning qo`li baland keladi. Amir Abdurahmon (1880-1901) Afg`oniston hukumdori bo`lib qoldi. Ammo Amir Abdurahmon ham ba`zi masalalarda inglizlarga yon berishga majbur bo`lgan, masalan 1893 yildagi Dyurand bitimi bilan u Afg`oniston janubida inglizlar ustunligini tan olgan. XX ASR BOSHLARIDA AFG`ONISTON. 1901 yilda Amir Abdurahmon vafot etgach , o`rniga uning o`g`li Habibullo (1901-1919) amir bo`ldi. U Angliya bilan yaqinlashish tarafdori edi. 1904 yilda Angliya Qobulga Den missiyasini yubordi va aAfg`onistonga savdo nazoratini berishni taklif qildi. Bundan tashqari Afg`onistonga temir yo`l qurish masalasini qo`ydi. 1907 yilda bu bitim imzolandi va Afg`oniston Angliya manfaatlari mintaqasi deb e`lon qilindi. XX asr boshida garchi zavod-fabrikalar bo`lmasada qishloq xo`jaligi mamalakati bo`lib qolayotgan Afg`onistonda savdo rivojlandi. Qishloq xo`jaligida “ixtisoslashuv” ro`y berdi. Shaharlarda aholi ko`payib kengaydi. Biroq, nochorlik shunday darajada ediki soliqlarni pul bilan olishning iloji bo`lmaganidan, natura –mahsulot tarzida soliq to`lanardi. Temir yo`l haqidagi rejalar amalgam oshmadi. Afg`oniston qoloq, agrar, yarim mustamlaka mamakatligicha qolaverdi. Boshqaruv va madaniy o`zgarishlar ro`y berdi. Jumladan, ma`muriy va harbiy xodimlar maktabi ochildi. Kitob chop etish yo`lga qo`yildi . gazeta (“Siroj ul axbori Af`oniya”- Afg`on xabarlari chirog`i) chiqa boshladi. Bularga Muhammad Tarziy boshchilik qildi. Muhammad Tarziy “Yosh afg`onlar” harakatining boshlig`i bo`lib, mamlakatda respublika tuziminm uchun kurash olib bordi. Ularning dasturida maktab- maorif , madaniyat, fan, texnika sohalarini rivojlantirish asosida mamlakatni qoloqlikdan olib chiqish, konsititutsiya qabul qilish, mahsulot solig`ini bekor qilish, ichki to`lovlarni yo`qotish, qabilalar tengligiga erishish va boshqa ilg`or qarashlar ilgari surilgan edi. “Yosh Afg`onlar” butun umidlarini amir Habibullohning o`g`li Omonullohonga bog`ladilar, chunki u “Yosh Afg`on” lar ro`hida tarbiyalangan edi. Keyinchalik 1919-1929 yillar amir bo`lgan Omonullahon Sovet Rossiyasi bilan yaqinlashib, inglizlarga qarshi siyosat yurgazdi. U Afg`onistonda G`arb avvolo Rossiyadagi yangiliklarni qo`llamoqchi bo`lib, muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Natijada 1929 yilda Afg`on qabilalari boshliqlarining Bachai Saqqo rahbarligidagi qo`zg`aloni bilan yosh Afg`onlar hukumati ag`darib tashlandi. Download 35.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling