Xvi–xviii asrlarda Germaniya Reja
Download 1.21 Mb.
|
XVI-XVIII-asrlarda germaniya
XVI–XVIII asrlarda GermaniyaReja:
Germaniya iqtisodiy taraqqiyotda Angliya, Gollandiya va Fransiya kabi davlatlardan orqada edi. Hatto XVI-asrning ikkinchi yarmidan boshlab iqtisodiy tushkunlik ham boshlandi. Bu, avvalo, Germaniyaning 300 dan ortiq mayda-mayda knyazlik(davlat)larga bo‘linib ketganligi oqibati edi. Siyosiy tarqoqlik yagona ichki bozorning vujudga kelishiga imkon bermadi. Iqtisodiy ahvol Bundan tashqari, bu davrda dengiz savdo yo‘llarining Atlantika okeaniga ko‘chganligi oqibatida Germaniya orqali o‘tadigan dengiz savdo yo‘llari o‘z ahamiyatini ham yo‘qotdi. Holbuki, XVI asr o‘rtalarigacha Shimoliy Italiya va uning vositachiligida butun Sharqning G‘arbiy Yevropa bozorlari bilan aloqalari Germaniya yerlaridan o‘tardi. Germaniyaning xalqaro miqyosdagi iqtisodiy roli — uning mis ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallab kelganligi bilan belgilanar edi. Mis savdoda asosiy vosita hisoblanardi. Biroq Amerikadan Yevropaga oltin va kumushning katta miqdorda keltirilishi Germaniya misining ahamiyatiga jiddiy putur yetkazdi. Shimoliy German ittifoqi tarkibidagi maydoni Shuningdek, nemis sanoat mahsulotlari chet davlatlar sanoat mahsulotlari bilan raqobat qila olmadi. Chunki Germaniyada manufaktura ishlab chiqarishi faqat shahar bilan cheklanib qolgan edi. U qishloqqa yoyilmadi, ya’ni natural xo‘jalik munosabatlari hukm surgan qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi sanoat mahsulotlariga nisbatan talabni qondirmadi. 1524—1526-yillarda bo‘lib o‘tgan dehqonlar urushining mag‘lubiyatga uchrashi o‘rta asr feodal munosabatlarining yana uzoq saqlanib qolishi va mamlakatda siyosiy tarqoqlikning davom etaverishiga sabab bo‘ldi. Va nihoyat, Yevropa davlatlari o‘rtasida kelib chiqqan 0‘ttiz yillik urushda (1618—1648) Germaniyaning mag‘lubiyatga uchrashi ham uning qoloqlik botqog‘iga botib qolaverishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. 0‘ttiz yillik urush natijasiga ko‘ra, Yevropada siyosiy gegemonlik Fransiyaga o‘tdi. Germaniya rasman yagona imperiya hisoblanar, uni nomiga bo‘lsa-da, imperator boshqarardi. Aslida esa uning birligi faqat qog‘ozda edi. 1806-yilgacha «Muqaddas Rim imperiyasi» deb atalgan bu imperiyada hatto yagona fuqarolik ham yo‘q edi. Aholi imperiyaning emas, balki knyazliklaming fuqarolari edi. Siyosiy tuzum Gabsburglar sulolasidan bo‘lgan Germaniya imperatori o‘zining Avstriyadagi yerlaridan tashqarida hech qanday real hokimiyatga ega emasdi. Imperiya Reyxstagi esa amalda barcha knyazliklarga majburiy bo'lgan yakuniy qarorlar qabul qila olmasdi. Qabul qilgan taqdirda ham u amalda bajarilmasdi. Bunday sharoitda har bir knyazlik nafaqat ichki ishlarda, balki tashqi siyosatda ham mustaqillikka intilganlar. Ichki siyosiy tarqoqlik XVII asrning ikkinchi yarmida Germaniyani Yevropaning kuchli davlatlari qo‘lida qo‘g‘irchoqqa aylantirib qo‘ydi. Bu davrda Shvetsiya, Fransiya va Turkiya Germaniyaga dushmanlik kayfiyati bilan qarovchi davlatlar edi. Fransiya oxir-oqibatda Strasburg va Reyn daryosining chap qirg'oq yerlariga ega bo‘lib oldi. Germaniyaning xalqaro ahvoli 1683-yilda Germaniya knyazliklari Turkiya bosqiniga qarshi kurashish uchun tarixda birinchi marta yakdil qaror qabul qildilar va milliy ozodlik qo‘shinini tuzdilar. Shu yili Vena ostonalarida usmoniylaming qo‘shini tor-mor keltirildi. Germaniyaning bu g‘alabasi Markaziy Yevropani usmoniylar bosqinidan saqlab qoldi. 1683-yil Vena yaqindagi jang Germaniya knyazliklari ichida Avstriya va Brandenburg eng kuchlilari edi. XVII—asrlar shu ikki knyazlikning Germaniyada gegemonlik uchun kurashi ostida o‘tdi. Avstriyani Gabsburglar sulolasi, Brandenburgni esa Gogensollernlar sulolasi boshqarardi 1701-yilda Branderburg knyazligi o‘rnida Prussiya qirolligi tashkil topdi. Brandenburg knyazi Fridrix III Fridrix nomi bilan Prussiya qiroli deb e’lon qilindi. Shu davrdan boshlab qulay xalqaro sharoitdan va boshqa nemis knyazliklarining kuchsizligidan foydalangan Prussiya qudratli davlatga aylana bordi. Prussiya qudratli qo‘shin ham tuza oldi. Prussiya qirolligining tashkil topishi. Fridrix II hukmronligi davrida (1740—1786) Prussiya mutlaq monarxiyaga aylandi.1740 yil Fridrix II Avstriyaga tegishli Sileziyaga bostirib kirib, bir necha bor urush qilgan.1-Sileziya urushi (1744-45) va 2-Sileziya urushi (1744-45) natijasida muhim iqtisodiy va strategik ahamyatga ega bo‘lgan bu o‘lkani o‘ziga tobe qilgan. 1756-63 yillarda Yetti yillik urushda Avstriya va Fransiya qo‘shinlariga bir necha marta zarba bergan. Fridrix II (1712-1786) Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling