Xvvi-xx asr boshlarida Hindiston
Download 42.53 Kb.
|
Xvvi-xx asr boshlarida Hindiston
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hindistonning ijtimoty-iqtisodiy ahvoli va davlat tuzumi
XVII asr o’rtalari - XX asr boshlarida Hindiston Reja: Kirish Hindistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va davlat tuzumi. Ingliz mustamlakachiligining o`rnatilishi va uning oqibatlari. Hindislon xalqining milliy-ozodlik kurashi, Sipohiylar qo`zg`oloni. XIX asr oxirida Hindiston. 5. Hindiston Milliy Kongressi partiyasining tuzilishi. Tilak va uning inqilobiy faoliyati. 6. XX asr boshlarida Hindistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Hindistonning ijtimoty-iqtisodiy ahvoli va davlat tuzumi XVIII-asr o`rtalarida shimoliy va markaziy Hindiston hududlari Boburiylar yoki «Buyuk mo`g`ullar» (Yevropaliklar noto`g`ri ravishda Boburning kelib chiqishi mo`gullardan deb u asos solgan davlatni «Buyuk mo`g`ullar» davlati deb nomlaganlar) davlati tarkibiga birlashtirilgan bo`lib, bu davlatda Hindislon aholisining 2/3 qismi yashar edi. Shuningdek Boburiylar davlati janubida musulmon sulolalarining hukumronligida bo`lgan Bidjopur va Golkonda sultonliklari bilan shimoliy-sharq va sharqdan Nepal knyazliklari, Tibet va Assam bilan chegaradosh edi. Boburiylar davlatida yashovchi bengallar, maratxlar, gujaratlar, panjobilarda asta-sekin bo`lsa ham o`nlik-madaniy jamoaalar shakillanayotgan edi. Biroq hindlardagi kastachitik tizimi va mamlakat aholisligini 1/10 qismini musulmonlardan iborat ckanligi umumdavlat miqiyosida aholining diniy va siyosiy hamjihatligiga to’sqinlik qilmoqda edi. Boburiylar davlati harbiy-feodal davlat bo`lib, uning hukumdori «podshoh» deb yuritilgan. Mamlakatning soliq, ma`muriy, harbiy va sud hokimiyati podshoh qo`lida jamlangan. Podshoh xazina ishlari bo’yicha-devon, harbiy boshliq qilishi va oliy sudga rahbarlik qiluvchi-qoziga tayangan holda davlatni boshqargan. Sud ishlari islom shariati asosida yuritilgan. Podshoh Avrangzeb (1658-1707) hukumronligi davrida davlat 19-ta viloyat-sublarga bo`linib, ularni podsho tomonidan tayinlanadigan noyiblar-subadorlar boshqargan. Har bir viloyatlardagi ma`muriy, harbiy va sud hokimiyati subadorlarga tegishli bo`lgan. Ular ixtiyoridagi ma`lum mikdorda harbiy qo'shin bo`lib, bu qo`shin yordamida subadorlar viloyat aholisini podshohga tobeylikda saqlagan. Viloyat devonlariga yer solig`i va boshqa to`lovlarni yigishda yordam bergan. Mazkur viloyatlarda sud hukmlarining ijrosini ta`minlagan, okruglarning (viloyat okruglariga, okruglar esa volostlarga bo`lingan) boshqaruvchilari bo`lgan-laksillar, volosllarning boshqaruvchilari bufgan-parkanalari tayinlangan va ularni nazorat qilgan. Deyarli barcha oliy lavozimlar musulmonlar qo`lida bo`lib, ularni ijtimoiy va etnik kelib chiqishi turli xil bo`lgan. Hukmdorlar, harbiy boshliqlar va bir qism oddiy harbiy askarlar turkiylardan, qo`shin askarlarining ko`pchiligi afg’onlardan iborat bo`lib, ma`muriyatda shia mazhabiga e`tiqod etuvchi eroniylar va ruhoniylar orasida esa arablar ko`pchilikni tashkil qilgan. Podshoh mamlakatdagi barcha yerlarning oliy feodal mulkdori bo`lgan. Shu sababli ishlov beriladigan hamma yerlardan davlat foydasiga soliq va majburiyatlar yig`ilgan. Yerlarning katta qismi jogir, zamindor, in`om vavakqf kabi feodal yer mulklaridan iborat bo`lgan. Jogirlarning egalari-jagirdorlar deb atalgan, ular feodallarning hukumron qatlamini tashkil qilganlar. Bular harbiy boshliqlar bo`lib, davlat oldidagi xizmatlari uchun unvon va mansabining katta va kichikligiga qarab ma`lum bir hududdagi yer soliqlarini o`zlashtirish xuquqiga ega bo`lganlar. Avrangzeb hukmronligi vaqtida mamlakatda jogirdorlarni soni 4 ming kishiga etgan. Jogirdorlar daromadining bir qismini harbiy unvonga mos ravishda ma`lum maqsadda to`plangan qo`shinni ta`minlashga sarflangan. Jagirdorlik naslidan nasliga meros o`tgan. Jagirdorlarning aksariyat qismi musurmonlardan iborat bo`lgan jagirdorlardan farqli ravishda zamindorlar yollanma harbiy harajatlarni ta`minlash majburiyatidan xoli bo`lganlar. Ular ma`lum bir hududdagi dehqonlardan podsho xazinasiga yer soliqilarini yig’ish bilan shug’ullanib yig’ilgan soliqning 10%ni xizmat uchun o`zlashtirganlar. Zamindorlar o`zlariga tegishli yer mulkni meros qoldirish huquqiga ega bo`lganlar. Ba`zan zamindorlarga yer solig’idan ozod etilgan yer mulklari ham berilgan. Zamindorlar asosan hind feodal aslzodalaridan iborat bo`lgan. Xizmatlari uchun yoki iltifoti ramzi sifatida ayrim kishilarga in`om qilingan yer in`om mulklari deb atalgan. Ko`pincha podsholar musulmon ruhoniylarga ana shunday yer-mulklarini in`om etganlar, bu feodal mulklardan olinadigan yer solig`i to`liq ravishda in`omdor ixtiyorida qoldirilgan in`om yerlari ham nasldan-naslga meros bo`lgan. Vakf yerlari bu musulmon dini masalalariga tegishli yer mulklari bo`lib ulardan olinadigan daromad masjid va madrasa va hokazolar ta`minotiga ishlalilgan. Hindistonning so`ngi o`rta asr va mustamlaka davriga agrar tizimning ijtimoiy iqtisodiy asosini qishloq jamoaasi tashkil qilar edi. Yerga jamoa bo`lib egalik qilish jamoa ichida dehqonchilik bilan hunarmandchilik uyg’unlashivi jamoa doirasida mehnatni o`zaro taksimlashini dehqonchilik va hunarmandchilik kabi ishlab chiqarish sohalarini bir biridan mustaqilligi va ularni tovar almashuvidagi o`zaro munosabati, asosan, natural soliqlarni olishi turli ko`rinishlagi kasta jamoalarini mavjudligi, jamoa nazorati ostidagi xizmat ko’rsatish va hunarmandchilik tizimini bog'liqligi bu hind qishlog`i jamoasini asosiy belgilari edi. Hind qishloq jamoalarining ijtimoiy tarkibi bir xil emas edi. Ularning har birida turli huquq va majburiyatlarga ega bo`lgan eng kamida 3 xil toifadagi aholi mavjud bo`lgan ularning orqasida oila toifani jamoa yerlari va boshqa mulklarga egalik qilgan oilalar guruhi tashkil qilgan. Teng huquqli jamoachi oilalarni har biri me`ros uchun ishlov beriladigan yer uchastkalariga ega bo`lgan jamoaga solingan davlatning yer va boshqa feodal soliqlari jamoachi dehqonlar tomonidan umumiy kafillik asosida to`langan jamoa panchaya,-deb nomlangan. Qishloq kengashi boshqargan panchayatga jamoaning yer solig`ini to’lovchi dehqonlar kirgan va unga ishlovchi oqsaqoli «patel» rahbarlik qilgan Jamoa ma`muriyatining boshqa bir vakillik va boshliq mirzasi-«patvapi» edi. U jamoa yerlari bilan bog`lik bo`lgan hisob kilob ishlarini yuritgan. Oqsoqol (patel) va mirzo (kotib) (patvariy) mansablari avloddan avlodga meros o`tgan. Hind qishloq jamoaasining tarkibiy qismlaridan birini jamoachi hunarmandlar va xizmatkorlar tashkil etgan. Ular temirchi, duradgor, etikdo`z, cho`pon va x.k kabi kasbiy kastalarga kirganlar ular xizmatlar evaziga belgilangan miqdorida hosilning bir qismiga. ba`zan esa xatto yer mulklariga ega bo`lganlar unda yer uchastkasiga egalik qilish va hunarmandchilikning mazkur turi bilan shug`ullanish huquqi ham meros o`tgan. Qishloq jamoasi davrasida jamoa yerlarini vaqtincha merosiy ijaraga olib mehnat qiluvchi ijtimoiy qatlam ham mavjud edi. Mazkur qatlam vakillarining eng quyi kastalarga tegishli ckanligi jamoada ularning yarim qul holatini ta`minlagan. Jamoaalar yetishtirayotgan hosilning teng yarimi yer solig`i sifatida davlat xazinasiga to`lanlar. Bundan tashqari jamoa davlal foydasiga turli xil mehnat majburiyatlarini ham o`tagan. Download 42.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling