Xvvi-xx asr boshlarida Hindiston


Hindiston xalqining milliy-ozodlik kurashi


Download 42.53 Kb.
bet3/8
Sana26.02.2023
Hajmi42.53 Kb.
#1232072
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xvvi-xx asr boshlarida Hindiston

Hindiston xalqining milliy-ozodlik kurashi
va sipohiylar qo`zg`oloni.
Inglizlar bosib olgan hududlarda dastlabki davrlardayoq hind xalqining mustamlakachilarga qarshi kurashi boshlandi. Biroq u XIX asrda uzluksiz tus oldi. 1816-yil Shimoliy Hindiston xalqning kuchli norozilik chiqishi bo`idi. Bareyli aholisi mahalliy politsiya la`minoti uchun inglizlar joriy etgan soliqni tulashdan bosh tortdilar.
XTX-asrning 20-yillarida Shimoliy Hindistonning musulmonlardan iborat aholisi orasida vahhobiylar harakati paydo bo`idi. Bu harakatga Muhammad Ismoil va Said Ahmad Barelvilar rahnomolik qildilar. Ular nafaqat sof islomga qaytishni balki, musulmon dehqonlari hunarmand va savdogarlarini g`ayridin inglizlar tomonidan asoratga solinishtga qarshi targibot ishlarini olib borish, xalqni muqaddas urush-jihodga chorlaganlar.
XlX-asrning 30-50-yillarida Bombcy, Madras va Bengaliya viloyatlari aholisining ozodlik va antifeodal qo`zg`olonlari davom etdi. Bu qo`zg`olonlarni eng yirik 1855-1857 yillardagi Santal qabilalarining qo`zg`oloni edi. Soliqlarni to`lay olmagan santallarning yerlari inglizlar tomonidan tortib olinib bengaliyalik zadogonlar va sudxo`rlarga xususiy mulk" sifatida sotilgan. Inglizlarning soliq talonchiligi va politsiyaning zo`ravonligi oqibatida mazkur qo`zg`olon boshlangan. Birok UK-yoy va nayza Bilan kurollangan qo`zg`olonchilar Bombeydan chaqirilgan inglizlarning yaxshi qurollangan muntazam qo`shini tomonidan shafqatsiz ravishda tor-mor etilgan.
1839-1842 yillardagi anglo-afgon urushi munosabati bilan ingliz qo`shinlari Sind amirligi hududiga kiritildi. Biroq urush tugagandan keyin ham ingliz qushinlari Sind hududiga qolaverdi. Sind amirining ingliz qushinlarini Sinddan olib ketish haqidagi talabi 1843 yil Sind va "Ost-Hindiston" kompaniyasi o`rtasidagi urushga sabab bo`ldi. Inglizlarning harbiy ustunligi amirni mag`lubiyatiga va Sindni kompaniya mulkfariga qo`shib olinishiga olib keldi.,
Endi inglizlar Panjobdagi Sikx feodal davlatini bosib olishga kirishdilar. 1845-1846-yillardagi birinchi va 1848-1849 yillardagi ikkinchi anglo-sikx urushlarida sikx qushinlarining mag`lubiyati oqibatida Panjob ham inglizlarga bo`ysindiriladi. 1849 yilda Panjobni va 1856 yilda Aud knyazligini "Ost-Hindiston" kompaniyasi mulklariga qo`shib olinishi bilan amalda butun Hindiston xududi ingiizlarga tobe ettirildi.
Ingliz mustamlakachililarining yuz yillik talonchiligi oqibati Hindistonda 1857 - 1859 yillardagi xalq ko`zgaloni kutarildi. Ingliz manbalarining guvoxlik berishicha mazkur ko`zg`alon arafasida utgan besh yil davomida ingizlar ikki mingdan ziyod in`om va jigarlarini tortib oldilar. Aud, Nagpur, Jxansi va boshqa bir qator yirik hind kinyazlarini bosib oldilar. Natijada nafaqat dehqonlar va xunarmandlar, balki soliqni tulay olmaslik oqibatida yer mulklaridan mahrum qilingan zamindorlar, maosh tulanadigan politsiya va sinohiylar harbiy qushini tashkil qilinishi oqibatida xizmatlari uchun berilgan yer mulklaridan ayrilgan jagirdorlar ham ingliz mutsamlakachilik tuzumidan aziyat ehekmoqda edilar. Hullas, Hindistonda inglizlarning talonchilik va zuravonliklari xalq kuzg`alonini keltirib chikardi. Kuzg`alon 1857 yilda 140 ming kishidan iborat bo`lgan Bengaliya sipoxiylar qushinida boshlandi. Bengaliya armiyasi asosan musilmonlar, braxmanlar va rejputlar kabi hukumron tabaka vaqillaridan iborat bo`lib. ular kuzg`alon arafasida o`zlarining iqtisodiy va ijtimoiy hukumronlik makomini yuqotgan va inglizlarning soliq talonchiligiga duchor bo`lgan edilar. Kuzg`alonnning muhim markazlaridan bo`lgan Kanpurda ingiiz mutsamlakachiligi urnatilgandan to 1840 yilgacha merosiy yer mulklari 35% ga kamaydi, savdo-sudxurlik katsasi bo`lgan - baniya vakllarining yer mulklari esa 43%ga ko`paydi.
Bundan tashqari Bengal sipohiylari noroziligining bir katoq boshka sabablari ham mavjud edi. Masalan, Bengaliya provino`iyasidan o`zga xududlarda xizmat uchun sipohiylarning maoshiga qo`shib berilgan "bitta" deb nomlanuvchi kushimcha maoshni bckor qilinishi, armiyaga yollanuvchilar uchun Hindislondan tashkarida va xalto dengizda xizmat qilish majburiyatini joriy qilinishi, sipohiylarni ingliz ofltsyerlari tomonidan taxkirlanishi va boshka shular jumlasidandir.
Ingliz qumondonligi sipohiylar armiyasini ut otar miltiqlar bilan qurollantira boshladi. Sipohiylar orasida miltiq patronlari uralgan kogozlarni chuchqa va sigir yog`lariga. botirganligi tug`risida mish-mish tarqaldi. Sipohiylar patronlarni miltiqqa joylash uchun kog`ozlarni tish bilan yirtar va gunoxga botgan sanalar edilar. Bengaliya sipohiylarining chiqishlariga ayni voqelik baxona bo`ldi.
Kuzg`alon 1857 yil 10 mayda Dexli yaqinidagi Mirut harbiy garnizon joylashgan shaharchada boshlandi. Sipohiylar shahar kambag`allari va shahar atrofidagi qishloqlarning dchqonlari yordamida ingliz amaldorlari va ofitsycrlarini qirib tashlab, xibsdagilarni ozod qildilar. Ko`zgalonchitar Dcbliga yo`l olib, 11 may kuni Dehlini egallashga muaffaq bo`ldilar.
Sipohiylar Boburiylar davlatining hukmdori ingliz ma`muriyalining nafaqaxuri Baxodirshoxdan inglizlarga qarshi xalqni umumiy kurashga chakirishni va bu kurashga rahbarlik qilishni talab qildilar. Bir oy davomida Dehlidan Patnagacha bo`lgan hududlar deyarli ko`zg`alonchilar quliga o`tdi. Panjobdagi Bengal armiyasi qurolsizlantirildi, ayrim quzg`alon kutargan polklar esa aholi tomonidan qullab quvvatlandi.
Madras va Bombeydagi sipohiylar armiyasi Bengal sipohiylaridan farqli xolda ingliz ma`muriyatiga sodiq qoldilar. Buning bosh sababi mazkur hudud sipohiylarning quyi kastalardan chiqqanligi edi. Chunki harbiy xizmat uchun beriladigan maosh ularning ochlikdan o`lmasliklarining yakkayu-yagona katblati va yashash manbai edi. Madras va Bombey sipohiyiarini qo`zg`alon ko`tarmaganligi o!z navbatida Dekan aholisini umumxalq kurashigajalb qilmadi.
Shunday qilib mazkur quzg`alonda feodal asilzodalar ham ishtirok etdilar . Ular ko`zg`alonda o`zlarining siyosiy hokimiyatini tiklash vositasini ko`rib, inglizlardan ozod qilingan hududlarda o`zlarini hokimiyatini urnaldilar yoki urnatishga harakat qildilar. Shu tariqa Dehli, Kanpur va Audda milliy ozodlik kurashining mutsaqil markazlari shakllandi.
Dehlida Bahodirshoh hokimyati tiklangach, ta`bib Hakim Axsanul vazirligida-hukumat to`zildi, shahzoda Mirza Mo`g`ol bosh qumondon qilib tayinlandL Bengal armiyasining tajribali ofitsyerlari Baxtixon raisligida ma`muriy palata (parlament) luzildi.
Kanpur qo`zg`aloniga Maratx knyazligining merosxo`ri bo`lgan Pana Sohib boshchilik qildi. Kanpur qo`zg`alonchilari armtyasiga esa braxman oilasidan chiqqan ajoyib sarkarda Tantiya Topi qo`rnondonlik qildi.
Aud milliy-ozodlik urushiga Ahmad shoh nomi bilan mashhur bo`lgan Mavlaviy Axmadulla qumondonlik qildi. Uning harbiyotryadi Poxlkxanga xujum qilgan ingliz qo`shiniga qarshi muvaffaqiyatli ravishda partisan urushini olib bordi. Ingliz qushinlarining bosh qo`mondoni bo`lgan Qolen Kempbell uning boshi uchun 50 ming rupiya mukofot e`lon qildi. Aud feodallaridan biri mukofotni olish maqsadida 1858 yil 5 iyunda Ahmad shohga xiyonat qilib uni uldirdi.
1857 yil iyun oyida Jxansi knyazligida ham sipohiylar ko`zg`aloni kutarilib, knyazltk inglizlardan ozod qilindi. Kinyaginiya Lakishmi Bay o`zini Jxansi hukmdori deb c`lon qildi. Qo`zg`alonni botsirish maqsadida yuborilgan ingliz qo`shinlariga Lakishmi Bay markaziy, Hindiston hududlarida partisan urusblarini olib bordi. Tantiya Topi ham bir hind zamindorining xiyonati oqibatida 1859 yilning aprelida osib ushlab olindi va o`ldirildi.
1857-1859 yillarda ingliz mulsamlakachiligiga karshi Hindistonda ko`tarilgan sipohiylar qo`zg`aloni shafqatsizlarcha botsirildi. Biroq ingliz mustamlakachilari hind xalqiga ayrim yon berishlarga majbur bo`ldi. 1858 yilda "Ots-Hindiston" savdo kompaniyasi tugatildi, soliq asorati yumshatildi, ayrim soliqlar qisqartirildi. Sipohiylar qo`zg`aloni mag`lubiyatga uchrashiga qaramasdan Hindiston xalqining ingliz muslamlakachilik zulmidan ozod bo`lishidagi muhim voqelik sifatida ahamiyatlidir.

Download 42.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling