Xvvi-xx asr boshlarida Hindiston


Hindiston milliy kongress partiyasining tuzilishi. Tilak va


Download 42.53 Kb.
bet5/8
Sana26.02.2023
Hajmi42.53 Kb.
#1232072
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xvvi-xx asr boshlarida Hindiston

Hindiston milliy kongress partiyasining tuzilishi. Tilak va uning inqilobiy faoliyati.
Xalq harakatiga boshchilik qiladigan darajada kuchga ega bo`lgan, muayyan dasturi bor siyosiy partiya Hindiston Milliy Kongressi 1885 yilda Bombay shahrida to`zildi. Keyinroq «Musulmonlar ligasi» ham to`zildi va shundan e`tiboran inglizlar hind-musulmon raqobatini kuchaytirib yubordilar. Unga Kalkuttada 1884 yili to`zilgan «Hindiston Milliy ittifoqi» tashkiloti ham qo`shilib ketdi. Delegetlarning yarimi hind yuqori tabaqa ziyolilaridan bo`lsa, yarmi sanoatchilar, savdogarlar va katla yyer egalari edi. O`sha davrda qabul qilingan nizomda mamlakatda O`z-o`zini boshqarishda hindlar bilan inglizlarning lengligi aytilgan edi. Yana bir bandi Hindiston sanoatehilari manfaatlarini ko`zlab, chet eldan keltirilgan mollarga bojxona larifi joriy qilishga bag`ishlaridi.
Dastlabki vaqtlarda Hindiston Milliy Kongressiga ingliz mustamlaka ma`muriyati qarshilik qilmadi. Bunday munosabatni Angliyaning Hindislondagi vitse-qiroli lord Datfyerin: «Milliy Kongress inqilobdan arzonroq» deb izohlagan edi. Chindan ham 1880 yillarda Hindistonda milliy ruh kuchaygan edi. Xalq mustamlaka zulmi azobidan holdan toygan. hukmron doiralari vaziyatni nazorat qilib turishlari qiyin bo`lib qolgan edi. Shuning uchun ham HMK partiyasi to`zilishini inglizlar xayri hoh bo`lib, ular bu liberial tashkilot vaziyatni yumshatib turadi, deb hisoblar edilar. Lekin ingliz ma`murlari biroz vaqt o`tgach, HMK partiyasi tutgan yo`ldan dahshatga tushib, uni parchalab, zaiflantirib qo`yishga harakat qila boshladilar.
HMK partiyasining talablan dastlabki paytlarda juda mo`tadil edi. bu talablar Buyuk Britaniya hukmronligini saqlab qolib, ba`zi islohallarnigina ko`zda lutardi. Masalan, ehetdan keltiriladigan gazlama (tovar)larga bojlarni belgilash, mahalliy vakillik muassasalarining vakolatlarini kengaytirish, hindlarni boshqaruv ishiga jalb etish, texnik ta`limni uyushlirish va-boshqalar edi. Lekin mamlakatda kapitalistik munosabatlar rivojlanib borgan sari metropoliya bilan koloniya o`rtasida kurash, ziddiyat kuchayib hordi. Hind xalqining esa mustaqillikka intilish harakati ham yetilib, ular inglizlarning hiy la-nay ran glarini tushunib yetdilar. Tilak va uning inqilobiy faoliyatida, dastlab HMK ning tepasiga turadigan loyiq kuch topilmadi. Nihoyat 1890 yillarda HMK da ilg`or, xalq chil, so`l radikal-demokratik oqim shakklandi uning rahbari Bal Gandrthara Tilak (1856-1920) edi. Maratxlik, ijtimoiy (til, tarix. huquqiy) bilimlar bilan yaxshi qurollangan Tilak mustamlakachilik to`zumi bilan kelishuvchi HMK dan yo`z o`girdi. U Hind xalqining milliy ongini uyg`otish, milliy g`ururini ko`tarish yo`lidan borib, ayni vaqtda dinga va uning onimani birlashtiruvchi kuchga katta baho bcrdi.
Uning sevgan qahramonlari Garibaldi va Madzini edilar. Kollejni tugallash paytida butun kuchini, vatan mastaqilligiga sarflashga, sadoqatli bo`lishga qasarayod qildi. Tezda u Puna shahrida maktab tashkil qilib, unda o`quvchilarga mustaqillik g`oyalarini singdira boshladi. 1880 yilda «Kesari» (Shyer) gazetasini tashkil etdi, yoshlar o`rlasida vatanparvarlik g`oyalarini targ`ib o`di. Ayniqsa, maratxlar qahramoni, chet ellik bosqinchilarga qarshi mardonavor kurash olib borgan Shivaji xotirasiga bag`ishlab xalq bayramlarini tashkil qildi, «Xudo Hindistonni xorijiy mamlakatlarga hech qachon hadya qilgan emas», -degan edi Tilak, bu harakat katta ta`sirga ega bo`lib, mustamlakachilar undan qo`rqib qoldilar, hatto 1897 yilda Tilak qamoqqa olindi. Biroq xalq talabi bilan u tezda ozod qilindi. Bu voqeamng o`zi Hindistonda mustaqillik harakati jadal rivojlanayotganidan dalolat berar edi.

Download 42.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling