Xvvi-xx asr boshlarida Hindiston


XX asr boshlarida Hindistonning ijtimoiy -


Download 42.53 Kb.
bet6/8
Sana26.02.2023
Hajmi42.53 Kb.
#1232072
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xvvi-xx asr boshlarida Hindiston

XX asr boshlarida Hindistonning ijtimoiy -
iqtisodiy ahvoli.
XX asr boshida Hindistonda kapitalizm yanada o`sdi. 1910 yilda kanop-tola fabrikalari ikki barobar ko`paydi. Paxta xom-ashyosidan surp mato ishlab chiqish o`sdi. Korxonalar soni 215 taga. ishchilar soni 1 mlnga yetdi. Yangi ijtimoiy qatlam bo`lgan bu sinfning soni ko`payib bordi. Inglizlar Hindistonni boshqarishni agentlikiar va banklar qo`liga topshirib qo`ygan edi. Agentlikiar ingliz kapitalini Hindistonga joylashtirish uchun dallollik qilar edilar. Shunday yo`l bilan mustamlakachilar barcha tarmoqlarni, masalan, ko`mir havzalari, kanop sanoali, choy plantatsiyalari, transport, savdo, sug`urta jamiyatlarini o`z qo`llariga oldilar va bu bilan butun Hindistonda ishlab chiqarish, iqtisodiyot ustidan nazorat o`rnatdilar.
Angliyaning sharqda mustamlakalar orasida eng rivojlangani Hindiston edi. Shu sababli bu yyerda Angliya kapitali tez o`sib bordi. Ular 1893-1907 yillarda temir yo`l 53%,, xususiy kompaniyalarda 23, banklarda 95 foizga oshdi. 1905 yilda Hindistonda 165 ta chet el Aktsionyerlik kompanitlari mavjud bo`lib, ular mamlakatni taladilar, xalqning ahvoli og`irlashdi. 1896-1906 yilda 10 mln odam ochlikdan o`Idi. 1904 yilda 1 mln odam vabodan qirildi. 1899-1900 yilda markaziy viloyallarda dchqonlar qo`zg`oloni bo`lib o`tdi. Inglizlar bu qo`zg`olonni kuch bilan bostirdilar. O`z manfaatlari uchun yangi-yangi qonunlar chiqardilar.
1901 yil Kyerzonning «Kon qonunlari» e`lon qilindi. Unga muvofiq 20 fut chuqurlikdagi yyer osti boyliklari Angliyaniki deb e`lon qilindi. Bu hind mulkini lalon-taroj qilish edi. Soliq tizirni murakkablashdi. 44 funt sterling yig`imlarining 37 mini oylik va nafaqalarga va politsiya uchun sarflandi. 1905 yil Kerzon univyersitetlariga kirish haqini 2 barobar oshirdi, ulardagi huquqshunoslik fakultetlari «yopib» qo`yildi. Xalqchil, demokratik, mustaqillik, vatanparvarHk ruhidagi tatabalarga Oliy o`quv yurt eshiklari yopildi. Bu qonun irqchilik va milliy kamsitish ruhi bilan sug`orilgan bo`lib, u xalq nafratini oshirdi.
Mustamlakachilikda milliy ozodlik harakatini bo`lib tashlash maqsadida, Hindiston hududini parchalab yuborish siyosatini tutdilar. 1905 yili Bengaliya ikkiga bo`lib tashlandi, chunki bu o`lka mustaqillik markazlaridan biri edi, kalkuttaliklardan 100 ming kishi namoyishga chiqdi. Ular «Bande mataram» (Salom senga Vatanim-onam) qo`shig`ini aytib bordilar.
Norozilikning yana bir ko`rinishi xorij mollaridan yo`z o`girish-baykot qilish bo`ldi, bundan ingliz kompaniyalari katta zarar ko`rdi.



Download 42.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling