Xvvi-xx asr boshlarida Hindiston


XIX ASR OXIRIDA HINDISTON


Download 42.53 Kb.
bet4/8
Sana26.02.2023
Hajmi42.53 Kb.
#1232072
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xvvi-xx asr boshlarida Hindiston

XIX ASR OXIRIDA HINDISTON.
Hindistonning bu davr tarixi jahonda mustamlakachilik harakatining yangi bosqichi, Angliya tomonidan hind xalqini ekspluatatsiya qilishning kuchayishi va milliy-ozodlik harakatining umum IHndiston miqyosida keng tarqalishi bilan bog`liq kechdi.
Hindiston buyuk Britaniyaning mustamlakasiga aylangan edi. Inglizlar Hindislonni vitse-qirol boshchiligidagi amaldorlar va politsiya apparati yordamida boshqarar edilar.
Ingliz mustamlakachilik istibdodi sharoitiga qaramay, Hindistonda ham sarmoyadorlikka asoslangan mahalliy ishlab chiqarish tizimi yo`zaga kela boshladi. Yirik sanoat korxonalari qurishga kirishildi. 1886 yilda to`qimachilikning 95 ta fabrikasi bor edi, konlar soni 1880-1900 yillarda 56 tadan 286 taga yetdi. Temir yo`l tarmoqlari 1900 yilda salkam 40.000 kmni tashkil qildi. Bu xom-ashyo tayyorlash va tashishda ham muhim ahamiyatga ega boTdi. Hindistonda sanoatni Angtiya o`ziga qulay qilib joylashtirishga harakat qildi. Asosiy sanoat korxonalari dengiz bo`yi port shaharlari yaqinida edi. maqsad Hindiston boyliklarini arzon va oson olib chiqib ketish edi. 1873 yildan 1883 yilgacha Hindiston bilan Angliya savdosi 60 foizga o`sdi. Hindiston ingliz burjuaziyasining kapital kiritish zonasiga aylanib qoldi. Ingliz banklaridan Hindistondagi boshqaruv apparati katta miqdorda zayomlar olib turadi. Bu summa 1856 yildagi 4 mln. funt sterlingdan 1900 yilga kelib 133 mln. funt sterlingga ko`tarildi. Britaniya banklari juda katta foiz olardilar. Sanoalga biryoqlama zo`r berilishi qishloq xo`jatigini qiyin ahvolga solib qo`ydi. Dehqonchilikda agrotexnika rnadaniyati past edi. Mustamlakachilik harakati bilan ochilgan sug`orish inshoatlari bor-yo`g`i 20 foiz yerni sug`orishga yetar edi. Bu daraja Boburiylar (1526-1858) davrdagidan ham kam edi. Qishloqda eski feodal mulkchiligi, yarim qaram dehqonlarni ekspluatatsiya qilish davom etdi. Yerni 60-70 foiz hosilni to`lash sharti bilan dehqonlarga ijraga berildi. Qarz hisobiga ishlab berishga majbur qilish odamlar toifasi tobora kupaya bordi.
Qishloq xo`jaligining eng syerdaromad tarmoqlariga (choy, kanop, paxta) sarmoya solish katta foyda keltirar edi. Bu sohada ingliz ishbilarmonlari ishchilar yollar va ular qul deb atalar edi. Ularni ezishning barcha usullaridan foydalanilardi. Shunday qilib Hindiston XIX, asr oxirida dunyo bozoriga katta miqdorda sanoat va qishloq xo`jaligi mollari chiqara boshladi. Lekin olingan daromad ingliz mustamlakachilarini boyitdi, xolos. Mehnatkashlar ahvoii esa tobora yomonlashdi, qishloq xo`jaligida monokultura vujudga keldi. Bengaliya kanop, Assom choy, Bombay va Markaziy Hindiston paxta, Panjob bug`doy yetishtirishga ixtisoslashdi. Lekin texnik ta`minotda hech narsa o`zgarmadi. Dehqon yanada qattiq czildi. Zamindorlar, bank cgalari, sudxo`rlar dehqonlarni qarzga botirib, oxirgi parcha nonini ham qoldirmas edi. 1870-1890 yillar davomida Hindistonda 20 martadan ko`p ocharchilik bo`lib, unda 18 million odam ochlikdan qirildi.
Sunday ahvot Hindislonda milliy ozodlik va ijtimoiy harkatlarga olib keldi. Dastlab Kalkutta, Bombay, Madras kabi shaharlarda bu harakat uch oqim bo`lib shakllandi. Jumladan, Bombeyda burjua-zamindorlarining konsyervativ «Britaniya-Hindiston assotsiatsiyasi» to`zildi. So`ng nisbatan ilg`or g`oyalar bilan bogMiq (liberal) «Hindiston assotsiatsiya» paydo bo`ldi. Ilg`or (radikal) oqimlar ham bor edi. lekin bu harakatlar keng ommani yetaklashda yirik zamindorlarga xizrnat qilardi.
Dehqonlarning stixiyali harakatlari kuchaygan sari Britaniya mustamlakachilari Hindistonda reaktsion kuchlar-knyazlar, pomeshchiklar, kompradorlar bilan yaqinlashib. musulmonlar bilan hindlar o`rtasida dushmanlik, nizo «urug`ini» socha boshladilar.
1870-1880 yillarda ingliz mustamlakachilariga, mahalliy zamindorlarga va sudxo`rlar zulmiga qarshi dehqonlar qo`zg`olonlari boshlanib ketdi. Panjobda Baba Ram Singx boshliq yarim harbiy tashkilot qo`zg`olon ko`tardi. 1872-1873 yillarda Patna, Bogra, Sharqiy Bengaliya dehqonlari, 1875 yili Barod hokimligida, Puna, Ahmadnazar rayonlarida qo`zg`olon boshlandi,
1871 yil 1-yanvarda Angliya qirolichasi Viktoriya Hindiston qirolichasi deb e`lon qilindi. Bu tadbir reaktsiya kuchiarini bir yyerda to`plashga qaratilgan edi. Mustamlaka ma`murlari turli soliqlarni yanada oshirish, ochlarga yordam fondini qisqartirish, davlal xizmatchilariga beriladigan maoshlar miqdorini kamaytirish yo`lidan bordi. Yangi-yangi qo`zg`olon va g`alayonlar boshlandi. 1871-yili Bombay, Madras, Puna, Suratda ish tashlashlar, 1879 yili Marath dehqonlarining qo`zg`olonlari bo`ldi. Lining boshlig`i Vasudev Phadke mustaqii marath davlati to`zish shiorini qo`ydi. Bir yildan so`ng, 1880-yili inglizlar bu qo`zg`olonni bostirishdi. Phandke osib o`ldirildi, 70 kishi badarg`a qilindi.
1877 yitda Dehlida qirolicha Viktoriyani Hindiston qircfichasi qilib ko`tarish marosirni bo`lib o`tdi. Hindistonning turli burchaklaridan kelgan knyazlar Viktoriyaga sodiqlik haqida qasamyod qildilar. Bu narsa knyazlar bilan ingliz mustamlakachilarini yaqinlashtirish lozim edi. 1878 yilda ingliz ma`muriyati «vitse-qirol» deb atalardi. Hindistondagi milliy tillarda chiqadigan matbuot haqida qonun qabul qilindi va bu qonun bo`yicha barcha gazetalar inglizlar nazoratiga o.`tdi. Oradan bir yil o`tgach, o`q otar qurollarni saqlamaslik haqida akt-qabul qilindi va barcha aholining o`q otar qurol saqlashi man qilindi. Ammo, bu narsa yovvoyi hayvonlar ko`p bo`lgan o`rmonlar yaqinida yashovchi dehqonlarning noroziligiga sabab bo`ldi.
Inglizlar shu bilan bir vaqtda o`zlarini mahalliy burjuaziyaga «yon berganday» qilib ko`rsatishga harakat qildilar. Shahar ma`muriyatiga boy hindlar saylansa-da, amalga hokimiyat shahar boshlig`i-ingliz qo`lida edi.
Ingliz vitse-qiroli Kyerzon Hindistonda zo`ravonlik siyosati o`tkaza boshladi. 1883 yili u kumush rupiya pul zarb qilishni taqiqladi. Rupiyaning valyuta qiymatini sun`iy ravishda ko`tarib qo`yib, yangi qiymatga «mos» keluvchi oltin rupiya chiqardi. Shu yo`l bilan Hindistondagi tarixiy pul to`zimiga barham berdi. Uning chet mamlakatlar bilan an`anaviy savdo aloqalariga zarba berdi. Hindistonni faqat Angliya orqali savdo qilishga majbur etdi.
1885 yili Broche viloyatida Lakx boshchiligida qo`zg`olon bo`lib o`tdi. Lakx inglizlar hukmronligiga barham berdi. Hindiston mustaqil podsholik deb e`lon qilindi. Inglizlar kuch, bilan qo`zg`olonni bostirib, Lakx va uning ikki safdoshni osib o`ldirdi, 57 kishi surgun qilindi.

Download 42.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling