Xvvi-xx asr boshlarida Hindiston


Download 42.53 Kb.
bet7/8
Sana26.02.2023
Hajmi42.53 Kb.
#1232072
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xvvi-xx asr boshlarida Hindiston

Inqilobiy harakat. «Svaraj» va «svadeshi» shiorlari.
Tilak va tilakchilar harakati.
1906 yil dckabrida Tilakchilar talabi bilan HMK qaror qabul qilib, unda uch narsa ilgari surildi:
Birinchisi - «Svaryaji» (o`z hokimiyatimiz), ikkinchisi - Svadeshi» (o`z ishlab chiqarishimiz) va Uchinchisi - ingliz mollariga boyqot e`lon qilish.
Tilak nafaqat ingliz mollaridan, balki ingliz boshqaruvidan ham voz kechishga chaqirdi. «Paysa fond» jamiyalini lo`zib, hind sanoati ko`rgazmasini tashkil qildi.
1905 yilda Angliyada hokimiyat tepasiga kelganda ingliz hukumali mustamlakachilik siyosatini davom ettirdi. 1907 yili qurg`oqchilik va o`latdan 1,5 mln kishi o`ldi. Bengaliya, Ravalpindi, Panjobda qo`zg`olonlar bo`ldi. 1905 yil Bombay da HMK qurultoyi bo`lib o`tdi. Unda «Mo"tadil» oqim bilan «radikal» oqim o`rlasida qattiq lortishuv bo`ldi. «Mo"tadillar» koloniya bo`lib mamlakatni o`zlari Jdora qilmoqchi, Tilak boshliq radikallar mustamlakachilikka qarshi edilar. Radikallar zaldan haydab chiqarildi. Shunday qilib, HMK ikkiga bo`linib ketdi. Qurultoy mustamlakachilarga yon bosuvchi qaror qabul qildi. Asta-sekin boruvchi islohotlar yo`lini tanladi. Tilak va lining izdoshlari «Millatparvar» partiya to`zganliklarini e`lon qilib, ko`plab varaqalar chiqardilar. Ularni butun htnd xalqi quvvatladilar, asosan ishchilar ular tarafida bo`ldilar.
1905 yilda Bombay ishchilari ish tashladilar, martda ularga aloqachilar qo`shildi. Kalkuttada, Madrasda ish tashlashlar boshlanib ketdi. Tijevelli shahrida «Svaraj» harakati tarafdorlari qamaldi.
1908 yil 24 jyunda Tilak qamoqqa olindi va sud qilindi. Sudda so`zlagan nutqida Tilak inglizlarning mustamlakachilik qiyofasini fosh qildi, o`sha nutqi boshdan oyoq mustaqillik ruhi bilan sug`orilgan edi. U 6 yil katorga ishlariga hukm qilindi. Bombay mehnatkashlari bunga qarshi bosh ko`tardilar, dokyer va boshqa 100 minglab ishchilar Tilakni ozod qilishni, talab qildilar. Ma`murlar yon berishga majbur bo`ldilar, biroq jazoning katorga qismigina olindi-yu, u qamoq bilan almashtirildi, xolos. Xalq kurashi davomi ettirdi, qurollana boshladi.
1906-1908 yiilardagi inqilobiy harakat HMK va inglizlarni cho`chitib yubordi. HMK dagi o`ng qanot kelishuvchilari dominionlitkni (o`z-o`zini boshqarish huquqini) berishni talab qildilar. Tilak va uning tarafdorlari to`la mustaqillik nuqtai nazarida turdilar.
Panjob xalqi ham ularni quvvatladi, ayniqsa, ishchilar, dchqonlar ular taratida edifar. HMK Tilakchilarni partiya safidan chiqardilar. Hind zamindorlari, rajalar va yirik moliyachilar bu qo`zg`olonlarni bostirishni talab qildilar va qo`zg`olon bostirildi. Inglizlar hindlar o`rtasidagi bu kelishmovchiliklardan ustalik bilan foydalandilar, ularni bir-biriga qarshi qo`yib, adovat o`tini yoqdilar. Shu bilan birga hindilar va musulmonlar o`rtasida nizo chiqarib, mustaqillik kuchlarini zaiflashtirdilar. Inqilobiy harakat so`ndi. Inglizlarning hukmronligi ta`minlandi va ular Hindistonni talab, boyliklarini tashib ketdilar.
SHunday qilib, birinchi jahon urushi arafasida Hindiston amalda ingliz mustamlakasi sifatida Angliyani zarur xom-ashyo bilan ta`minlovchi o`lka bo`lib qolaverdi. 1909 yil noyabrda «Hindiston kengashlari haqida qonun» qabul qilindi. Unga muvofiq joylardagi kengashlarning a`zolari soni oshirildi, aholining yarim foizi saylov huquqini oidi, xolos. Saylovlar diniy jamoaga qarab o`tkaziladigan bo`ldi. Bu biian ular o`rtasiga nifoq solindi.
1912 yilda mustamlaka ma`muriyati 12 soatli ish kunini joriy qildi, ilgari u 13-19 soat edi. Bu qonun yirik korxonalarni ko`zda tutgan bo`lib, amalda kichik korxonalari ko`p bo`lgan Hindiston ishchilariga hech bir naf bermadi.
Ishchilar harakati o`sib bordi, mustaqillik masalasi nihoyatda o`lkir, ahvol esa tangligicha qoldi.
Bundan cho`chigan mustamlaka ma`murlari hind xalqini chalg`itadigan (ovutadigan) tadbirlarni o`ylab topdilar, masalan, Bengaliya 3911 yilda birlashtirildK lord Kerzon poytaxtni Dchliga ko`chirdi, chunki Kalkutta ozodlik markazi edi.
XX asr boshlarida Hindiston ana shunday murakkab ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy vaziyatlar girdobida o`z taraqqiyot yo`lidan ilgaritab borar edi. Milliy ozodlik harakatida muvaffaqiyatsizliklar, orqaga ketish ro`y berdi.
Sarmoyadorlar, savdo, sanoat va moliyachilar har qanday sharoitdan o`z manfaatlari yo`lida foydalandilar.
Hindiston MK, uning ilg`or qanoati shakllanishi ijtimoiy, milliy ozodlik harakatiga kalta ta`sir qildi. Shu yo`Harda Hindislonda mustamlakachilarga qarshi kurashda o`ziga xos kurash usullariga asos solingan edi.
Foydalanilgan adabiyotlar:




  1. Download 42.53 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling