Xx- asr oxiri xx-asr boshlarida angliya
-1914 YILLARDA ANGLIYANING TASHQI SIYOSATI
Download 0.71 Mb.
|
xix asr xx asr angliya
4. 1898 -1914 YILLARDA ANGLIYANING TASHQI SIYOSATI .
Imperializm davri boshlanganligi hamda bozorlar va mustamlakalar uchun davlatlarning raqobati keskinlashib ketganligi bilan Angliyaning xalqaro ahvoli yomonlasha bordi. Angliya eng katta mustamlakachi davlat edi, shu sababli jahondagi mustamlakalar va bozorlar faqat Angliya roziligi bilan qayta taqsimlanishi mumkin edi. Ana shu zaminda Angliya bilan Germaniya o`rtasidagi ziddiyatlar juda keskinlashdi, chunki Germaniya imperializmi kuchaya borib, jahonni o`z foydasiga qayta taqsimlashni talab qilmoqda edi. Angliya bilan Germaniya o`rtasidagi kurash iqtisodiy sohada ham, xom ashyo, tovar sotish va kapitalni chetga chiqarish bozorlari uchun kurash tariqasida Shuningdek siyosiy sohada ham davom etmoqda edi. Germaniya bilan ziddiyatlar juda keskinlashib ketganligi sababli Angliya hukumati boshqa davlatlar bilan o`zining munosabatlarini bartaraf qilish yo`lini tutishga majbur bo`ldi. 1901-yilda Angliya Panama bo`yini orqali kanal qurishga.bo`lgan o`zining da`vosidan Qo`shma Shtatlar foydasiga voz kechdi, o`z flotini G’arbiy yarim shardan chaqirib oldi va AQSH bilan Kanada o`rtasidagi chegara masalarlarini, jumladan, Alyaskadagi nizom chegara masalasini bartaraf qildi. Germaniya bilan bo`lgan ziddiyatlar Angliya-Fransiya ziddiyatlarini garchi yo`qotmagan bo`lsa ham, bu ziddiyatlarni ikkinchi o`ringa chiqardi. 1904-yil 8-aprelda ikkala davlat o`rtasida bitim tuzildi, bu bitimga muvofiq, Angliya bilan Fransiya Misrdagi va Marokashdagi o`zaro da`volarini tugatdilar. Angliya Fransiya bitimi kabi, 1907-yil 31- avgustda tuzilgan Angliya Rossiya bitimi ham, mustamlakachilarning tipik til biriktirishi bo`ldi. Bu bitim o`rta Sharqda va Eronda Angliya bilan Chor Rossiyasi o`rtasidagi keskin ziddiyatlarni susaytirib, ularning Germaniyaga qarshi kurashda bir-birlari bilan hamkorlik qilishlariga zamin yaratdi. Fransiya va Rossiya bilan o`z munosabatlarini bartaraf qilganligiga va Germaniyaga qarshi kurashda shu davlatlar bilan manfaatlari birligi mavjudligiga qaramay, Angliya ittifoq to`g’risida Fransiya va Rossiya bilan rasmiy shartnoma tuzishdan bosh tortaverdi. Faqat 1912 yildagina Angliya tashqi ishlar ministri A.E.Grey bilan Fransiyaning Londondagi elchisi P.Kambon bir-birlariga yuborgan maktublar tariqasida Fransiya bilan Angliya o`rtasida bitim rasmiylashtirildi. Bu maktublarda Yevropada urush xavfi ro`y bergan taqdirda mazkur davlatlarning bir-biri bilan maslahatlashib ishlashi ko`zda tutilgan edi. O’sha yilning kuzda Angliya bilan Fransiya o`rtasidagi tuzilgan bitimga muvofiq, Angliya floti Shimoliy dengizda, Fransiya floti esa O`rta dengizda to`plandi. Urush bo`lib qolgan taqdirda qilinadigan harakatlarning rejalarini kelishib olish maqsadida har ikkala davlatning bosh shtablari o`rtasida ham muzokaralar boshlandi. Biroq to urush boshlanguncha Angliya bilan Rossiya o`rtasida hech qanday harbiy bitim imzolanmadi. 12 XULOSA Angliya siyosatining rahbarlari biror konkret majburiyatlar bilan o`z qo`llarini bog’lab qo`ymaslikni afzal ko`rdilar. Angliya imperialistlari Angliya-Germaniya yaxshi tushunib, urushga tayyorlandilar. 1914 yilga qadar o`tgan o`n yil mobaynida armiya va flotga qilinayotgan harajatlar taxminan uch barovar ko`paydi. 1903 yilda Angliya orollarining Shimolida yangi katta harbiy dengiz bazasi vujudga keltirildi. Mamlakatdagi vaziyat Angliya hukumati rahbarlarini urushga ko`rilayotgan tayyorgarlikni ingliz xalqidan yashirishga majbur qilmoqda edi. Ular fosh bo`lib qolishdan cho`chib, parlamentda tashqi siyosat masalalarini muhokama etmaslikka harakat qildilar. Fransiya bilan tuzilgan bitim va harbiy to`qnashuv bo`lib qolgan taqdirda Angliyaning o`z zimmasiga olishi lozim bo`lgan majburiyatlar parlamentdan yashirildi va urush boshlanguncha hatto ministrlarning ko`pchiligiga ham ma`lum bo`lmadi. Mana shu faktning o`zi Angliyada parlamentning roli pasayib ketganligini yaqqol ko`rsatdi. Bundan tashqari, yosh rivojlanayotgan davlatlar ingliz tovarlariga katta boj to’lovlari joriy etgan edilar. Angliya esa hamon bojsiz savdo an’anasiga sodiq bo’lib qolaverdi. Ikkinchidan, xalqaro maydonda bo’lingan dunyoni qayta bo’lish uchun kurash kuchaygan bir sharoitda Angliya harbiy xarajatlarni ko’paytirishga majbur bo’ldi. 1900—1914- yillar oralig’ida bu xarajat 3 marta ko’paydi. Shunday bo’lsa-da, Angliya iqtisodiy jihatdan hamon qudratli edi. London hamon jahon moliya markazi edi. Jahon savdosida hisob-kitob hamon Angliya pul birligi (funt-sterling) asosida amalga oshirilardi. Ingliz kapitalizmi sanoat sohasidagi oldingi birinchiligidan mahrum bo’lgan bo’lsa ham, juda katta foyda olish imkoniyatini saqlab qoldi. Bunga ko’pdan-ko’p mustamlakalaridagi juda katta bozorlarni o’z qo’lida saqlab qolish orqali erishdi. Bundan tashqari, Angliyaning sanoat ustunligi asta-sekin qo’ldan ketgani bilan, u boshqa monopoliyalardan -- jahon vositachilik savdosidan, sug’urta, bank, kemasozlik sohasidagi monopoliyalaridan mahrum bo’lganicha yo’q edi. Angliya burjuaziyasi bu mo-nopoliyalarni avvalo o’zining mustamlaka imperiyasi tufayli uzoq vaqt saqlab qola oldi. Angliya hamon kapital eksport qilishni davom ettirdi. 1910- yilda uning chetga chiqargan kapitali 3,7 mlrd. funt-sterlingni tashkil etdi. Bu kapital Angliyaga juda katta foyda keltirardi. Chetdan kelayotgan daromadlar 1912- yilda 176 mln. ftmt-sterlingni tashkil etdi. Bu davr-da 12 ta bank barcha bank kapitalining 70 foizini o’z qo’liga oldi.13 Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling