Balet san’ati. Ushbu janrga taalluqli, muvaffaqiyatga erishgan asarlar quyidagi kompozitorlar ijodiga mansub edi: Georgiy Mushelning “Raqqosa”, “Baxt guli”, “Kashmir afsonasi”, Boris Zeydmanning “Kulayotgan odam”, “Ajdar va quyosh”, Ikrom Akbarovning “Orzu”, Doni Zokirov va Boris Gienkolar hamkorligida yozilgan “Oynisa” baletlari.
60-yillarga kelib O‘zbekiston kompozitorlarining balet janrida yaratgan asarlari (U.Musaevning “Индийская поэма” va “To‘maris”, M.Ashrafiyning “Matonat”) jahonning boshqa mamlakatlarida muvaffaqiyat bilan namoyish etildi.
60-yillarning oxirida opera va balet teatri sahnasida M.Leviyevning ikkinchi tahriri ostida “Suhayl va Mehri”, I.Akbarovning “Layli va Majnun”, M.Ashrafiyning “Sevgi tumori”, 70-yillarda A.Kozlovskiyning “Tanovar”, M.Ashrafiyning “Sevgi va qilich”, 80-yillarda I.Akbarovning “Navro‘z” kabi baletlarining premyeralari bo‘lib o‘tdi[3].
Do'stlaringiz bilan baham: |