Xx asr insoniyat hayoti va faoliyati tarzi tarovatining hamma sohalariga ulkan o‘zgarishlarni olib kеldi
Download 198.27 Kb.
|
Kurs Ishi 1
Boshqaruv vazifalari
Boshqaruv vazifalari menejerlar mehnatining natijasi bo‘lib, buning vazifaviy taqsimlanishi ilmiy menejment maktabida yaratilgan. Uning asoschisi fransuz olimi A.Fayol bo‘lib, u barcha vazifalarni quyidagi oltita guruhga taqsimladi: -ishlab chiqarish; -moliya; -nazorat; -hisob-kitob; -ma’muriyat; -texnika xavfsizligi. Biroq, g‘arb menejmentining zamonaviy nazariyasida boshqaruv vazifalarini taqsimlash turkumlarida boshqaruvni umumiy va universal vazifalari ajratib ko‘rsatiladi. Ular har qanday turistik tashkilotda boshqaruv jarayonining mazmunini aks ettiradi va subyekt boshqaruvi uning xususiyatga bog‘liq emas, deb qaraladi. Ushbu guruh vazifalariga quyidagi vazifalar kiritildi: -rejalashtirish; -tashkil qilish; -muvofiqlashtirish; -tartibga solish; -nazorat; -rag‘batlantirish. Menejment funksiyasining asosiy mazmuni boshqarish bo‘yicha belgilangan masalalar echimidagi yo‘nalish va ishlar ko‘rinishining majmuini ifodalaydi. 2-rasm . Boshqaruv yo’nalishlari . Natijada, vaqt o‘tishi bilan bajargan ishlari va ilgari oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalar bilan solishtiradi. Demak, biron-bir oddiy ishni bajarish uchun oqibatda qanday natija kutilayotganligi, ishni tashkil qilish, ishni bajarilishiga qiziqtirish va nazorat qilish kerak bo‘ladi. Bularning barchasi bevosita boshqaruv funksiyalari bo‘lib, uning eng muhim va katta bo‘g‘ini rejalashtirish funksiyalari bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi. Ya’ni, turizmning boshqaruvi tizimidagi barcha boshqaruv funksiyalari bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan va bir butun jarayon bo‘lib hisoblanadi. Shunday qilib, boshqaruv funksiyalari boshqarilayotgan obyektga ta’sir o‘tkazuvchi boshqaruvchilik mehnatining turlari, deb talqin qilinadi. 2.Boshqaruv funksiyalarining tasnifi Turizm va mehmonxona xo‘jaligida menejmentning jarayon sifatidagi mohiyati uning vazifalarida aks etadi. Menejment vazifalari deganda boshqarish bo‘yicha ma’lum masalalarni hal etishga qaratilgan harakat yig‘indisi tushuniladi. Menejment vazifalari boshqaruv tashkilotlari, bajaruvchilar va boshqaruv apparati vazifalarini belgilab beradi. Boshqaruv funksiyalari bir necha yondashuvlar asosida tasniflanadi. Xususan, bunda turistik industriya uchun rejalashtirish, tashkillashtirish, motivatsiya va nazorat funksiyalari alohida ko‘rib chiqiladi. 3-rasm . Menejment . Download 198.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling